"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
repost from "Qarshi MTU" filiali Rasmiy kanali

Qarshi MTU filialida kuzgi ko‘rik yakuni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialiga qarashli korxona va stansiyalarda o‘tkazilgan kuzgi ko‘rik yakunlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish filial boshlig‘i M.X. Mirzayev rahbarligida o‘tkazilib, unda kuzgi ko‘rik davomida korxona va stansiyalarda aniqlangan holatlar, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida harakat xavfsizligi, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holati, mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish intizomi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish, temir yo‘l xo‘jaligi obyektlarining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berildi. Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarning ijrosini qat’iy nazoratga olish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. 🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati. 📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat

Views over time

01K2K3K16 Sep 14:5012 Nov 18:562.9K16 Sep 14:50: 0 views12 Nov 18:56: 2,910 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
16 Sep 2026, 14:500
12 Nov 2026, 18:562.9K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.