"TOSHKENТ - CHINORKENТ" YO'NALISHIDAGI TEMIR YO'L UCHASTKALARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK 18-sentabr kuni, "Toshkent MTU" Filiali rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan, ushbu yoʼnalishda kuz-qish mavsumi oldidan koʼrik oʼtkazildi. Mavsumni betalofat oʼtkazish, poyezdlar harakat xavfsizligini, mehnat muhofazasini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha oʼrganildi. Shuningdek, koʼrik davomida, stansiya boshliqlari, navbatchilari va boshqa masʼul xodimlarning bilim va tajribalarini yanada oshirish maqsadida, savol javoblar, amaliy sinovlar oʼtkazildi. Bundan tashqari, harakat xavfsizligini taʼminlash, ish samaradorligini yanada oshirish boʼyicha joylardagi xodimlarning takliflari ham oʼrganib borilmoqda Filial rahbariyati tomonidan, aniqlangan kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish, qurilma va inshootlarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash yuzasidan masʼul xodimlarga koʼrsatma va topshiriqlar berildi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram