"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
repost from BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI

#KUZGI_KO‘RIK Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, temir yo‘l infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash hamda poyezdlar harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash maqsadida Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialida kuzgi ko‘rik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Joriy yilning 16-sentyabr kuni Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbari boshchiligida tegishli bo‘lim boshliqlari, korxona rahbarlari hamda komissiya a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Tinchlik – Uchquduq” temir yo‘l uchastkasi oralig'ida navbatdagi kuzgi ko‘rik o‘tkazildi. Ko‘rik davomida temir yo‘l stansiyalari va korxona bo‘limlaridagi: ▪️ qurilma va inshootlarning texnik sozligi hamda saqlanish holati; ▪️ belgilangan ish texnologiyalariga rioya etilishi; ▪️ xodimlar tomonidan mehnat muhofazasi va xavfsizlik talablarining bajarilishi; ▪️ poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar; ▪️ kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha o‘rganildi. Ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mavjud qurilma va inshootlarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda poyezdlar harakat xavfsizligini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Asosiy maqsad — kuz-qish mavsumida temir yo‘l infratuzilmasining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda poyezdlar harakat xavfsizligini yanada mustahkamlashdan iborat. Kuzgi ko‘rik ishlari belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha izchil davom ettiriladi. Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

Views over time

02K4K16 Sep 16:3612 Nov 18:563.7K16 Sep 16:36: 0 views12 Nov 18:56: 3,730 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
16 Sep 2026, 16:360
12 Nov 2026, 18:563.7K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.