SHOXOBCHA TEMIR YO‘LLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH YO‘LIDA 👍👍👍👍👍👍 “Toshkent MTU” Filiali boshlig‘i O.Xudoyqulov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Uzelning 10 ga yaqin stansiyasida o‘tkazilgan kuzgi ko‘rikda, mavjud shoxobcha temir yo‘llari ham ko‘zdan kechirildi. Ishchi guruh, uzel tarkibidagi yirik stansiyalardan biri Toshkent yuk stansiyasida bo‘lganda, korxonalarga qarashli ayrim shoxobcha temir yo‘llarni o‘rganib, harakat xavfsizligini taʼminlashga to‘siq bo‘ladigan kamchiliklarni aniqladi. Uzel boshlig‘i tomonidan Salar temir yo‘l masofasi korxonasi hamda stansiya rahbariyatiga, doimiy ravishda shaxobcha temir yo‘llarini nazorat qilib borish, kamchiliklarni bartaraf qilish borasida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Shuningdek, boshqa stansiyalarda ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar, bino va inshootlarning holati ko‘zdan kechirildi. Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram