"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
repost from "TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

QUMQO‘RG‘ON – QUDUQLI TEMIR YO‘L UCHASTKASIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i G'.O.Mamadaliyevning 2026-yil 8-sentabrdagi 74-sonli ""Temiryo'linfratuzilma" AJ "Termiz mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali korxona va stansiyalarida kuzgi ko'rik o'tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qumqo‘rg‘on - Quduqli temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi. Filial boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev raisligidagi komissiya tomonidan temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab kompleks ko‘rik tashkil etilib, unda: 💬temir yo‘l izlari va uning texnik holati; 💬 strelkali o‘tkazgichlar va yo‘l qurilmalarining sozligi; 💬 sun’iy inshootlar va ko‘priklarning holati; 💬 temir yo‘l kesishmalari hamda yo‘l belgilarining mavjudligi va talab darajasida saqlanishi; 💬 signalizatsiya, aloqa va elektr ta’minoti qurilmalarining holati; 💬 yo‘l bo‘yidagi hududning obodonligi, begona o‘tlar va yong‘in xavfsizligi holati; 💬 kuz-qish mavsumida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi. Komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklar qayd etilib, ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar va mutaxassislarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazoratda ushlab turish, mavsumiy xavflarning oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱 Telegramm |📱 Facebook |📱 Web|

Views over time

01K2K3K24 Sep 06:0712 Nov 18:562.6K24 Sep 06:07: 0 views12 Nov 18:56: 2,570 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
24 Sep 2026, 06:070
12 Nov 2026, 18:562.6K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.