"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
repost from Rasmiy axborot

❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladi Joriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda. ❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi? 2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi. ⚡ Eng muhim kafolatlar ✔️Murojaat qilgan xodimning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinadi. Bunday ma’lumotlarning qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. ✔️ Rahbar ustidan murojaat tushsa, masala yuqori turuvchi instansiyaga avtomatik yo‘naltiriladi. Bu manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga xizmat qiladi. ✔️ Murojaat uchun bosim o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. ⛔Qaror materiallarida xodim o‘z huquqlarini himoya qilgani uchun uning ish sharoitlarini yomonlashtirish yoki jazolashga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlangan. 👍 Zarur holatlarda “112” orqali vakolatli organlarga yuborish mexanizmi ham tizimga integratsiya qilinadi. 📌Bu faqat shikoyat tizimi emas 🔷Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari har yili qisqa trening kurslarida o‘qitiladi. Har bir tashkilotda portalni yuritish va profilaktik treninglarni tashkil etish uchun kamida bir nafar mas’ul xodim belgilanadi. 🔷Nodavlat tashkilotlar uchun ham dmi.mehnat.uz tizimida mazkur imkoniyatlardan ixtiyoriy foydalanish sharoiti yaratiladi. ⛔Qarorning asosiy mazmuni bitta: ish joyidagi tazyiq yoki zo‘ravonlikni yashirish emas, uni xavfsiz bildirish, xolis ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilishning aniq mexanizmi yaratilmoqda. ✅ Hurmat — imtiyoz emas. Xavfsiz ish muhiti esa endi alohida talab emas, tizimli vazifaga aylanmoqda. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Views over time

01K2K3K22 Sep 10:2112 Nov 18:562.8K22 Sep 10:21: 0 views12 Nov 18:56: 2,820 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
22 Sep 2026, 10:210
12 Nov 2026, 18:562.8K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.