TOSHKENT-ANGREN YO‘NALISHIDAGI TEMIRYO‘L UCHASTKALARIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI 22-sentabr kuni “Toshkent MTU” Filiali rahbariyati boshchiligida 🌍Toshkent-Angren temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik o‘tkazildi. Unda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar, bino va inshootlarning holati atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, ko‘rik davomida stansiya boshliqlari, navbatchilari, yo‘l, aloqa, energiya taʼminoti korxonalari xodimlarining bilim va tajribasini yanada oshirish maqsadida suhbatlar ham o‘tkazildi. Filial rahbariyati tomonidan, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mavjud qurilma va inshootlarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlashni yanada kuchaytirish yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram