Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo'lsin, aziz temiryo'lchilar! 🇺🇿 Bugun Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialida katta tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan fidokorona mehnat qilgan, o‘z ishiga sidqidildan yondashgan bir guruh eng yaxshi xodimlarimiz munosib taqdirlandilar. 🎉🏅 Tadbirda uzel filiali boshlig‘i o‘zining tabrik so‘zida temiryo‘lchilarning Vatanimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida ta’kidlab, barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi. 👏 Eng fidoyi va samarali mehnat qilgan xodimlarga "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi. Bu mukofot har bir temiryo‘lchining mehnatiga berilgan yuksak baho va e’tirofdan dalolatdir. Barcha taqdirlangan xodimlarni ushbu yuksak mukofot bilan tabriklaymiz! Keyingi faoliyatlaringizda ham shunday shijoat va fidokorlik bilan ishlashingizga tilakdoshmiz.