“YOSHLAR E’TIROFIDAGI ENG YAXSHI KORXONA” TANLOVI G‘OLIBI TAQDIRLANDI! Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali yoshlar bilan ishlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini ta’minlash, tashabbus va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi faoliyati munosib e’tirof etildi. “Yoshlar e’tirofidagi eng yaxshi korxona” tanlovida Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Mazkur yutuq munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialga “MINNATDORLIK” bildirildi. Tantanali taqdirlash marosimida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Yoshlar va ijtimoiy loyihalar boshqarmasi boshlig‘i A.A. Umaraliyev faxriy mukofotni Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli boshlig‘i S.S. Asrorovga topshirdi. Ushbu e’tirof — korxonada yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yosh avlod salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilayotgan e’tiborning munosib natijasidir. Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli jamoasini ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz! Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat