“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda ISO 9001:2015 talablariga muvofiq Sifat menejmenti tizimini joriy etish doirasida malaka oshirgan xodimlarga ichki auditor va sifat menejeri sertifikatlari topshirildi. Sertifikatlar Strategik rivojlantirish va sanoat faoliyatini tashkil etish departamenti boshlig‘i K.T. Rashidov va CERT academy Xalqaro trening kompaniyasi xalqaro toifadagi mutaxassis M. Mirzamonov tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Sertifikatga ega mutaxassislar kelgusida ichki auditlarni tashkil etish, jarayonlarni tahlil qilish va takomillashtirishda faol ishtirok etadilar. Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barcha temir yo‘l sohasi xodimlari muborakbod etilib, sifat standartlarini joriy etish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X