🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K −10 24h
Reach per post (ERR) 17.7%926 avg views
Posting 2.8/day last 15 hours ago
Reactions per 1K views 12.7 👍 👏 🔥
  1. repost

    Yig‘ilishda Qoraqalpog‘istonni kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi. Qoraqalpog‘istondagi 2 ming tadbirkor uch yilda 2 trillion 145 milliard so‘m kreditni vaqtida qaytarib, banklarning ishonchli mijoziga aylangan. “Mijozni o‘stirish” modeli asosida yana kamida 30-40 ming odamni ishli va daromadli qilish imkoniyati bor. Hududga mas’ul bank ishonchli mijozlar uchun 16 foiz stavkada 300 milliard so‘mlik kredit liniyasini ochmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi 4 foizlik qismini qoplab berishi hisobiga tadbirkor uchun stavka 12 foizga tushadi. Qolgan 8 ta bankka ham bir oyda shunday qulay mahsulotlarni ishlab chiqish topshirildi. Facebook|Instagram|X

  2. repost

    Tarmoq rahbarlariga Qoraqalpog‘istonda “xomashyo – tayyor mahsulot – eksport” zanjiri asosida loyihalar, ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymat bo‘yicha aniq rejalar belgilash topshirildi. Amudaryo, Beruniy, Taxtako‘pir, Kegeyli va To‘rtko‘lda to‘qimachilik hamda charm sanoatida kamida 150 million dollarlik loyihalar amalga oshiriladi. Nukus shahri, Nukus tumani va Qorao‘zakda elektrotexnika sanoatida 200 million dollarlik, Qorao‘zak, Bo‘zatov va Beruniyda energiya tejamkor qurilish materiallari bo‘yicha 100 million dollarlik loyihalar tashkil etiladi. Nukus shahrida avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish bo‘yicha 120 million dollarlik, Nukus shahri, Qonliko‘l, Kegeyli, Chimboy va Bo‘zatovda farmatsevtika sohasida 50 million dollarlik loyihalar yo‘lga qo‘yiladi. Italiyaning “Bonifika Ferrarizi” kompaniyasi bilan Taxtako‘pirda 50 million dollarlik loyiha boshlanmoqda. 2 ming gektarda Italiya texnologiyasi asosida pomidor va g‘alla yetishtirilib, chuqur qayta ishlanadi hamda Yevropaga eksport qilinadi. 15-oktabrgacha har bir tuman bo‘yicha “road show”lar o‘tkaziladi. Viloyat hokimlari o‘z investorlarini jalb qilib, 2-3 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratadigan loyihalarni boshlaydi. Umuman, kelasi yil Qoraqalpog‘istonga 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish vazifasi belgilandi. Facebook|Instagram|X

  3. repost

    Qoraqalpog‘iston hududining atigi 20 foizida geologiya ishlari o‘tkazilgan. Yirik investorlar kelayotgan bir paytda xomashyo zaxiralari bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Xitoylik investor Qorao‘zakdagi “Urusoy” koniga 33 million dollar sarmoya va texnologiya olib kirib, 200 gektarda 4 tonna oltin zaxirasini aniqlagan. Bu yerda 320 ta ish o‘rni yaratilgan. Bir oyda investorlar ko‘targan masalalarni hal qilib, 1 ming ish o‘rniga ega oltin qazib olish va qayta ishlash klasterini tashkil etish, kompleks geologiya-qidiruv dasturini ishlab chiqib, konlar zaxiralarini qayta baholash topshirildi. Qo‘ng‘irotdagi “Borsa kelmas” konidan har yili 1 million tonna texnik tuz qayta ishlanmasdan sotilmoqda. Bo‘zatovdagi “Kuskanatau” konida mirabilitni qayta ishlab, yiliga 45 ming tonna natriy sulfat, astraxanitdan esa magniy sulfat olish mumkin. Germaniya kompaniyasi Beruniydagi kvarsit koniga 30 million dollar kiritib, kristall kremniy ishlab chiqarish va yiliga 25 million dollarlik eksportni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Jahon bozorida bir tonna kristall kremniy 5,5 ming dollar turadi. Kimyo sanoati mutasaddilariga dastlabki 400 million dollarlik rejaga qo‘shimcha 200 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish va 5 ming ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X

  4. repost

    Iqlim o‘zgarishi sharoitida havoga chiqariladigan issiqxona gazlarini kamaytirish dolzarb masala ekani ta’kidlandi. “Yashil” energiyani “karbon kredit”ga aylantirish Qoraqalpog‘istonga yiliga kamida 50-100 million dollar daromad olib kelishi mumkin. Mutasaddilarga bir oyda “karbon kredit” mexanizmini Qoraqalpog‘istonda yo‘lga qo‘yish, Yaponiya, Koreya, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Avstraliya kabi yirik importyor davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazish topshirildi. “Karbon kredit” eksportidan tushadigan mablag‘lar infratuzilma uchun ajratilayotgan mablag‘larga qo‘shimcha bo‘ladi va Qoraqalpog‘istonning o‘zida qoladi. Yirik xorijiy kompaniyalar “o‘rmon karbon krediti” tizimi orqali ekologik vaziyati og‘ir hududlarda daraxt ekishni moliyalashtirish bo‘yicha takliflar bildirmoqda. Yil yakunigacha Orolning 50 ming gektar maydonida “o‘rmon karbon krediti” dasturini boshlash vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X

  5. repost

    Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonda yer, qazilma boyliklar, quyosh va shamol energiyasi, katta yaylovlar mavjudligini qayd etdi. Ana shu imkoniyatlar asosida “resursdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan zanjirni qamrab oladigan yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi. “Qo‘ng‘irot – Qorao‘zak – Taxiatosh” yo‘nalishi Qoraqalpog‘istonning “yashil sanoat yo‘lagi” – “intellektual iqtisodiyot uchburchagi”ga aylanadi. Sun’iy intellekt va data markaz loyihalari uchun tashkil etilgan maxsus zonada 8 milliard dollarlik 6 ta loyiha amalga oshiriladi. Mutasaddilarga 1-oktabrgacha besh yillik dastur ishlab chiqib, investorlar uchun 1 gigavatt quvvatli barqaror elektr ta’minotini yo‘lga qo‘yish topshirildi. Uch yilda Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Taxiatoshda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida yillik eksportni 600 million dollarga yetkazish vazifasi belgilandi. Facebook|Instagram|X

  6. repost

    Qoraqalpog‘istonning har bir tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Bo‘zatovda zamonaviy sanatoriy, Nukusda onkologiya va radiologiya markazi, Qo‘ng‘irotda bolalar shifoxonasi va tug‘uruqxona ishga tushirildi. Amudaryo va To‘rtko‘lda har biri 2 ming o‘rinli amfiteatr, Nukus shahrida gimnastika markazi va Konservatoriya filiali foydalanishga topshirildi. Osiyo taraqqiyot banki bilan 384 million dollar hisobiga A-380 magistral yo‘lining Qo‘ng‘irotdan o‘tgan 240 kilometri to‘liq beton qoplamaga o‘tkazildi. Kecha yo‘lning To‘rtko‘l, Ellikqal’a va Beruniydan o‘tgan yana 92 kilometrini qurish boshlandi. Mazkur loyihaning qiymati 233 million dollar. Natijada tranzit 1,5 karra oshadi. To‘rtko‘lga kirgan yuklar Qozog‘iston chegarasiga bir sutka o‘rniga 10 soatda yetib boradi. Kelasi yil mart oyidan Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi. “Tuyamo‘yin” suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish va Qo‘ng‘irotdan Mo‘ynoqqa 100 kilometr ichimlik suv tarmog‘ini tortish boshlanadi. Facebook|Instagram|X

  7. repost

    So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda 860 megavattli yangi energetika quvvatlari ishga tushirildi. Beruniy va Qorao‘zakda shamol stansiyalarining qurilishi hisobiga “yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi. Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshib, 5 milliard 330 million kilovatt-soatni tashkil etdi. Bu aholi va korxonalarning yillik talabidan qariyb 3 barobar ko‘p. Kecha 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi. Jumladan, Qo‘ng‘irotda 2 milliard 600 million dollarlik, quvvati 1,5 ming megavattli shamol stansiyasini qurish boshlandi. Loyiha doirasida 1,5 ming kilometr yuqori kuchlanishli tarmoq va 500 kilovoltli 3 ta podstansiya barpo etiladi. 2030-yilgacha jami quvvati 3 ming 300 megavattli shamol stansiyalari ishga tushirilib, “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi, 400 megavattli energiya saqlash quvvati yaratiladi. Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaning eng yirik markazlaridan biriga aylanadi. Facebook|Instagram|X

  8. repost

    Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi. So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi. O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p. Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi. Facebook|Instagram|X

  9. repost
    +6

    Bugun Toshkent viloyatidagi Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli "Sevarsoy" sihatgohida o‘tkazilayotgan "Axborot xizmati faoliyati: tahlil, tajriba va rivojlanish" mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qildik. Sohadagi ishlarni tanqidiy tahlil qilib, mavjud muammolar va ustuvor vazifalarni ko‘rib chiqdik. Raqamli muhit shiddat bilan o‘zgarayotgan bugungi kunda axborot xizmatlaridan tezkorlik, tashabbuskorlik va yuqori kasbiy mas’uliyat talab etiladi. Jamoatchilik uchun muhim axborotni o‘z vaqtida, aniq va tushunarli yetkazish, ehtimoliy inqirozli vaziyatlarga oldindan tayyor bo‘lish, OAV bilan konstruktiv hamkorlik qilish hamda axborot ochiqligi va xavfsizligi o‘rtasida muvozanatni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik. Axborot xizmatlari faoliyati bo‘yicha tahliliy o‘rganish natijalarini ko‘rib chiqdik. Jurnalistlar va jamoatchilik bilan ochiq muloqot qilish asosiy vazifa, bu ishning sifati esa faoliyat samaradorligining bosh mezoni ekani ta’kidlandi. Muhokama yakunida takliflarni umumlashtirib, ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldik. Ertaga seminarda sun’iy intellektdan oqilona va samarali foydalanish, raqamli vositalar yordamida kontent tayyorlash, axborotni tahlil qilish va kommunikatsiya jarayonlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan taqdimotlar bo‘lib o‘tadi. Maqsadimiz – axborot xizmatlarining bilim va tajribasini boyitish, jamoatchilik bilan ochiq, ishonchli va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishdir. — Сегодня в санатории Федерации профсоюзов «Севарсой» в Ташкентской области провели открытый диалог с руководителями информационных служб государственных органов и организаций в рамках учебно-практического семинара «Деятельность информационной службы: анализ, опыт и развитие». Критически проанализировали работу в этой сфере, рассмотрели существующие проблемы и приоритетные задачи. В условиях стремительных изменений цифровой среды от информационных служб требуются оперативность, инициативность и высокая профессиональная ответственность. Особое внимание уделили своевременному, точному и понятному донесению общественно значимой информации, заблаговременной подготовке к возможным кризисным ситуациям, конструктивному сотрудничеству со СМИ и обеспечению баланса между информационной открытостью и безопасностью. Рассмотрели результаты аналитического изучения деятельности информационных служб. Было подчеркнуто, что открытое взаимодействие с журналистами и общественностью – их главная задача, а качество этой работы – основной критерий оценки их эффективности. По итогам обсуждения договорились обобщить прозвучавшие предложения и разработать конкретный план мер по их реализации. Завтра на семинаре состоятся презентации, посвящённые рациональному и эффективному использованию искусственного интеллекта, созданию контента с помощью цифровых инструментов, анализу информации и совершенствованию коммуникационных процессов. Наша цель – расширить знания и обогатить опыт специалистов информационных служб, выстроить открытый, доверительный и эффективный диалог с общественностью. Facebook|Instagram|X

  10. repost

    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonoti O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistoni Podshohligidagi muqaddas Makka shahriga yo‘naltirilgan uchuvchisiz uchish apparatidan foydalanilgan hujumga urinishni qat’iyan qoralaydi. Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan to‘liq birdamligimizni bildiramiz hamda muqaddas qadamjolar, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni nomaqbul deb hisoblaymiz. Barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlik namoyon etishga, xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya qilishga, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqiramiz. Keskinlikni kamaytirish, mojaroning yanada tarqalishining oldini olish hamda mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. *** Statement by the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan The Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan strongly condemns the attempted attack involving an unmanned aerial vehicle directed towards the holy city of Mecca in the Kingdom of Saudi Arabia. We express our full solidarity with the Kingdom of Saudi Arabia and consider any actions that pose a threat to holy sites, civilians and civilian infrastructure unacceptable. We call on all sides to exercise maximum restraint, strictly comply with the norms of international law, and respect the sovereignty, independence and territorial integrity of states. We support efforts aimed at reducing tensions, preventing further spread of the conflict, and ensuring peace, security and stability in region. *** Заявление Министерства иностранных дел Республики Узбекистан Министерство иностранных дел Республики Узбекистан решительно осуждает попытку атаки с использованием беспилотного летательного аппарата, направленного в сторону священного города Мекки в Королевстве Саудовская Аравия. Выражаем свою полную солидарность с Королевством Саудовская Аравия и считаем недопустимыми любые действия, создающие угрозу священным местам, мирному населению и гражданской инфраструктуре. Призываем все стороны проявлять максимальную сдержанность, неукоснительно соблюдать нормы международного права, уважать суверенитет, независимость и территориальную целостность государств. Поддерживаем усилия, направленные на снижение напряжённости, предотвращение дальнейшего распространения конфликта и обеспечение мира, безопасности и стабильности в регионе. Facebook | YouTube | Instagram | X

  11. 🇺🇿 Vatanga qaytish guvohnomalarini rasmiylashtirish tartibi qanday? O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Vatanga qaytish sertifikatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha konsullik xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Mazkur xizmat xorijda bo‘lib turgan fuqarolarimizning O‘zbekistonga qaytishiga ko‘maklashishga qaratilgan. Ushbu lavhada batafsil bilib oling! @TIVmatbuot

  12. repost
    +6

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi. Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasida davlatimiz rahbari mintaqa davlatlari rahbarlari bilan muloqot qilib, ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikning yangi rejalarini muhokama qildi. Samimiy tabassumlar va bemalol suhbatlar mamlakatlarimiz hamda ularning yetakchilari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yaqqol namoyon etadi. Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi sobiq elchisi Li Uk Xyon bilan suhbat, ayniqsa, samimiy kechdi. Bu uchrashuv o‘tgan yillarni, O‘zbekiston–Koreya do‘stligini mustahkamlash yo‘lida birgalikda amalga oshirilgan ishlarni yodga olish imkonini berdi. Sammit arafasida davlatimiz rahbari Milliy Assambleya Spikeri uchun koreys tiliga tarjima qilingan “Mirziyoyev doktrinasi” kitobiga mamnuniyat bilan dastxat yozib berdi. Bu Yangi O‘zbekiston g‘oyalari va islohotlariga bo‘lgan samimiy qiziqishning yana bir ifodasidir. Koreyalik do‘stlarimiz davlat tashrifiga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatdi. Janubiy Koreyadagi eng baland bino – Lotte World Tower hamda Seul teleminorasida O‘zbekiston bayrog‘ining yorqin tasvirlari namoyon bo‘ldi. Prezidentimiz tashrifi sharafiga bayrog‘imiz ranglaridagi dirijabl parvoz qildi, qarorgoh oldidagi favvorada esa davlatimiz gerbi va bayrog‘i tasvirlari aks ettirildi. Bularning barchasida mezbonlarning samimiy mehmondo‘stligi va yuksak hurmati sezilib turardi. Seuldan iliq taassurotlar va do‘stligimizning istiqboli porloq ekaniga ishonch bilan qaytdik. — Во время визита Президента Шавката Мирзиёева в Страну утренней свежести было немало тёплых встреч и искренних бесед. На полях первого саммита «Центральная Азия – Республика Корея» глава нашего государства общался с коллегами из стран Центральной Азии, обсуждал двусторонние отношения и новые планы сотрудничества. Дружеские улыбки и непринуждённое общение хорошо передают атмосферу доверия между нашими странами и их лидерами. Особенно душевной была беседа с бывшим послом Республики Корея в Узбекистане Ли Ук Хёном – возможность вспомнить былые времена и годы совместной работы по укреплению узбекско-корейской дружбы. Еще накануне саммита глава нашего государства с радостью подписал для Спикера Национальной Ассамблеи переведенную на корейский язык книгу «Доктрина Мирзиёева». Это стало ещё одним свидетельством искреннего интереса к идеям и преобразованиям Нового Узбекистана. Корейские друзья подготовили и необычные знаки внимания к государственному визиту: изображения флага Узбекистан на самом высоком здании в Южной Корее - Lotte World Tower и Сеульской телебашне, полет дирижабля, окрашенного в наш флаг, световые изображения герба и флага на фонтане перед резиденцией. В этих продуманных деталях чувствовались радушие хозяев и глубокое уважение. Увезли из Сеула добрые впечатления и уверенность в том, что у нашей дружбы – большое будущее. Facebook|Instagram|X

  13. repost

    Главное из выступления Президента Шавката Мирзиёева на первом саммите «Центральная Азия – Республика Корея»: 📌Отношения между Центральной Азией и Республикой Корея строятся на основе равноправия и взаимного уважения. Цели взаимодействия носят исключительно открытый, прагматичный и созидательный характер; 📌Главная задача – не просто сохранить достигнутую динамику сотрудничества, но и превратить эти успехи в фундамент для качественного движения вперед; 📌Вопреки глобальной турбулентности на мировых рынках, Центральная Азия демонстрирует темпы роста выше 6 процентов. Совокупный ВВП превысил 500 миллиардов долларов; 📌Центральная Азия с более чем 80-миллионным населением уверенно трансформируется в «регион стабильности» и «хаб глобальной связанности» Евразии; 📌В ответ на современные вызовы предложено разработать долгосрочное концептуальное Видение «Центральная Азия – Республика Корея: партнерство опережающего развития»; 📌Критически важно объединить усилия в создании механизмов раннего выявления и предупреждения киберугроз; 📌Центральная Азия, обладая производственными площадками вне зон торговых рисков и быстро растущим спросом, может стать незаменимым партнером для Республики Корея в Евразии; 📌Важно принять действенные меры по устранению барьеров, упрощению процедур сертификации и взаимного доступа продукции на локальные торговые площадки; 📌В рамках наращивания промышленной кооперации и инвестиционного сотрудничества выражена готовность разместить в Узбекистане Индустриально-технологический парк «Центральная Азия – Корея»; 📌Важным драйвером экономического сотрудничества отмечено установление прямых партнерских связей между регионами; 📌Сотрудничество в сфере критических минералов создает уникальное совпадение стратегических интересов Центральной Азии и Кореи. В этой связи предложено сформировать Региональный инвестиционный альянс по критическим минералам; 📌Центральная Азия готова предоставить оптимальные условия и стать надежной платформой для «зеленых» инвестиций. С этой целью предложено запустить формат Климатического и углеродного партнерства между Центральной Азией и Кореей; 📌Предложено сформировать долгосрочное Партнерство в сфере развития человеческого капитала; 📌Узбекистан готов на самом высоком уровне провести в следующем году праздничные мероприятия, посвященные 35-летию установления дипломатических отношений с Республикой Корея и 90-летию проживания корейской диаспоры в регионе Центральной Азии. Facebook|Instagram|X

  14. repost

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik va o‘zaro hurmat asosida barpo etilmoqda. Hamkorlikning maqsadlari mutlaqo ochiq, pragmatik va bunyodkorlik xususiyatiga ega; 📌Asosiy vazifa faqat hamkorlik bo‘yicha erishilgan sur’atni saqlab qolish emas, balki bu muvaffaqiyatlarni yanada yuqori sifat bilan oldinga borishning poydevoriga aylantirishdan iborat; 📌Markaziy Osiyo jahon bozorlaridagi beqarorlikka qaramasdan, 6 foizdan ziyod o‘sish sur’atini namoyish etmoqda. Umumiy yalpi ichki mahsulot hajmi 500 milliard dollardan oshdi; 📌80 milliondan ortiq aholiga ega Markaziy Osiyo ishonch bilan Yevroosiyoning “barqarorlik mintaqasi” va “global bog‘liqlik markazi”ga aylanib bormoqda; 📌Zamonaviy tahdidlarga javoban “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi: jadal rivojlanish yo‘lidagi hamkorlik” deb nomlangan uzoq muddatli konseptual qarashni ishlab chiqish taklif qilindi; 📌Kibertahdidlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlarini yaratish borasida sa’y-harakatlarni birlashtirish o‘ta muhim; 📌Markaziy Osiyo savdo bo‘yicha xavf-xatar zonalaridan tashqarida joylashgan ishlab chiqarish maydonlariga ega ekani va mahsulotlarga talab tez o‘sib borayotgani bilan Koreya Respublikasi uchun Yevroosiyodagi almashtirib bo‘lmaydigan hamkorga aylanishi mumkin; 📌To‘siqlarni bartaraf etish, sertifikatlash bo‘yicha tartib-taomillarni va mahsulotlarning mahalliy savdo platformalariga o‘zaro kirib borishini soddalashtirish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlarni ko‘rish muhim; 📌Sanoat kooperatsiyasi va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish doirasida O‘zbekistonda “Markaziy Osiyo – Koreya” sanoat-texnologiya parkini joylashtirishga tayyorlik bildirildi; 📌Hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish iqtisodiy hamkorlikning muhim harakatlantiruvchi kuchi ekani qayd etildi; 📌Muhim minerallar sohasidagi hamkorlik Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasida strategik manfaatlarning noyob uyg‘unligini yaratadi. Shu munosabat bilan nodir minerallar bo‘yicha mintaqaviy investitsiyaviy alyansni tashkil etish taklif qilindi; 📌Markaziy Osiyo “yashil” investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratish va ishonchli platforma bo‘lishga tayyor. Shu maqsadda Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasida iqlim va uglerod hamkorligi bo‘yicha formatni ishga tushirish taklifi bildirildi; 📌Inson kapitalini rivojlantirish sohasida uzoq muddatli hamkorlikni shakllantirish taklif etildi; 📌O‘zbekiston kelgusi yilda Koreya Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligi va koreys diasporasining mintaqamizda yashay boshlaganining 90 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini eng yuqori darajada o‘tkazishga tayyor ekani ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X

  15. “Bilasizlarmi, Prezident boʻlib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!” – Shavkat Mirziyoyev Prezident Janubiy Koreyaga davlat tashrifi doirasida vatandoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi. “Men mashinada koʻp yuraman, koʻchada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni koʻrib oʻylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar… Bilasizlarmi, Prezident boʻlib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi”, – dedi davlat rahbari. @TIVmatbuot

  16. repost

    Государственный визит Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Республику Корея стал важной вехой в истории дружбы и особого стратегического партнёрства двух стран. Исключительно насыщенная программа с первых минут проходила в атмосфере искреннего радушия, высокого почёта и глубокого уважения к Президенту и народу Узбекистана. Центральным событием стали переговоры с Президентом Ли Чжэ Мёном в узком и расширенном составах. Лидеры подтвердили обоюдную решимость вывести многоплановое сотрудничество на качественно новый уровень. На встречах со Спикером Национальной Ассамблеи Чо Чжон Сиком и Премьер-министром Хан Сон Сук обозначены перспективы углубления межпарламентских связей, торгово-экономического, инвестиционного, технологического и транспортно-логистического взаимодействия. Важное место в программе заняли узбекско-корейский бизнес-форум, запуск совместных проектов и серия предметных встреч главы нашего государства с руководителями гигантов южнокорейского бизнеса и крупнейших финансовых институтов – Эксимбанка, Lotte, Hyundai, KIA, Rotem, Shinhan, KIND, KIGAM, KIRAM и корпорации международного аэропорта Инчхон. Переговоры открыли новые перспективы для реализации в Узбекистане масштабных инвестиционных и высокотехнологичных проектов. Главным экономическим результатом визита стало принятие беспрецедентного пакета документов – инвестиционные, торгово-экономические соглашения на 12 миллиардов долларов по итогам бизнес-форума и программа партнерства с Эксимбанком Кореи на 8 миллиардов долларов. Эти договоренности создают прочную основу для привлечения передовых технологий, развития промышленной кооперации и формирования полных высокотехнологичных производственных цепочек. Их реализация послужит созданию современных предприятий и новых рабочих мест, росту доходов и благосостояния населения. Сегодня программа визита продолжится участием Президента Шавката Мирзиёева в первом саммите «Центральная Азия – Республика Корея». Впервые на одной площадке в таком формате соберутся лидеры пяти государств Центральной Азии и Республики Корея. Это историческое событие призвано вывести многолетний межрегиональный диалог на качественно новый уровень, придать ему системный и долгосрочный характер и открыть новые возможности для мира, инноваций и общего процветания. Facebook|Instagram|X

  17. repost

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va alohida strategik sheriklik tarixida muhim bosqich bo‘ldi. Nihoyatda sermazmun dastur ilk daqiqalardanoq O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga nisbatan samimiy mehmondo‘stlik, yuksak ehtirom va chuqur hurmat ruhida o‘tdi. Tashrifning markaziy voqeasi Prezident Li Chje Myon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan muzokaralar bo‘ldi. Yetakchilar ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga bo‘lgan qat’iy intilishlarini tasdiqladilar. Milliy Assambleya Spikeri Cho Chjon Shik va Bosh vazir Xan Son Suk bilan uchrashuvlarda parlamentlararo aloqalarni, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari belgilab olindi. Tashrif dasturida O‘zbekiston – Koreya biznes forumi, qo‘shma loyihalarni ishga tushirish hamda davlatimiz rahbarining Janubiy Koreya biznesi gigantlari va eng yirik moliya institutlari rahbarlari bilan o‘tkazgan qator amaliy uchrashuvlari muhim o‘rin egalladi. Jumladan, Koreya Eksimbanki, Lotte, Hyundai, KIA, Rotem, Shinhan, KIND, KIGAM, KIRAM va Inchxon xalqaro aeroporti korporatsiyasi rahbarlari bilan muzokaralar O‘zbekistonda yirik investitsiyaviy va yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun yangi istiqbollarni ochdi. Tashrifning eng muhim iqtisodiy natijasi misli ko‘rilmagan hujjatlar to‘plami – biznes forum yakunlari bo‘yicha 12 milliard dollarlik investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy bitimlar hamda Koreya Eksimbanki bilan 8 milliard dollarlik sheriklik dasturining qabul qilinishi bo‘ldi. Ushbu kelishuvlar ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va to‘liq yuqori texnologik ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Ularning amalga oshirilishi zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlari va farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Bugun tashrif dasturi Prezident Shavkat Mirziyoyevning birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi ishtiroki bilan davom etadi. Bunday formatda ilk bor Markaziy Osiyoning besh davlati va Koreya Respublikasi yetakchilari bir maydonda jam bo‘ladi. Ushbu tarixiy voqea ko‘p yillik mintaqalararo muloqotni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, unga tizimli va uzoq muddatli tus berish hamda tinchlik, innovatsiyalar va umumiy farovonlik yo‘lida yangi imkoniyatlar ochishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  18. repost

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi; 📌Koreya biznesi O‘zbekistonda shunchaki faoliyat yuritishga emas, balki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirishga investitsiya kiritishga taklif qilindi; 📌Maqsad – O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy ishlab chiqarish, texnologik va eksport maydonlaridan biriga aylantirish; 📌Mamlakatimizda muhim minerallar sohasida yaqin yillarda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 120 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan; 📌O‘zbekistonning tabiiy resurslari, inson kapitali va o‘sib borayotgan bozorini Koreyaning texnologiyalari, muhandislik tajribasi va jahon brendlari bilan uyg‘unlashtirish taklif etildi; 📌Ustuvor vazifa – shunchaki xomashyo eksport qilish emas, balki O‘zbekistonda chuqur qayta ishlashdan tortib, tayyor yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish; 📌2030-yilga qadar O‘zbekiston elektrotexnika sanoati hajmini 11 milliard dollarga, eksportni esa 5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan; 📌Strategik vazifa – yig‘uv ishlab chiqarishlaridan zamonaviy, to‘liq siklli klasterlarga o‘tish; 📌Koreya kompaniyalari, universitetlari va tadqiqot markazlarini o‘zbekistonlik hamkorlar bilan yagona tandemga birlashtirish taklif etildi; 📌Nafaqat mahsulot ishlab chiqarish, balki intellektual mulk huquqiga ega bo‘lgan yangi mahsulotlarni ishlab chiqish ham muhim; 📌Koreyaning yetakchi kompaniyalariga ilmiy tadqiqotlar, klinik baza va ishlab chiqarishni birlashtirgan biofarmatsevtika klasteri tashkil etish taklif qilinmoqda; 📌Asosiy e’tibor mutaxassislar tayyorlashga qaratilishi lozim. Shu bois, O‘zbekiston – Koreya muhandislarni tayyorlash yagona ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi; 📌Koreya investorlariga transport va shahar infratuzilmasi sohasidagi loyihalar – Yangi Toshkentdagi obyektlar, aeroportlar, temir yo‘llar, avtomobil magistrallari va logistika markazlari taklif etildi; 📌O‘zbekiston Koreya kompaniyalarining Markaziy Osiyodagi ishlab chiqarish va eksport xabiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Shu maqsadda O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tashkil etish taklif qilindi. Facebook|Instagram|X

  19. repost

    Von Do Yon: O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega Koreya Respublikasi elchisi oliy darajadagi O‘zbekiston–Janubiy Koreya sammiti arafasida “Dunyo” AA muxbiriga eksklyuziv intervyu berdi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram

  20. 🇺🇿🇰🇷Prezidentimiz korteji Koreya Respublikasining Milliy Assambleyasi tomon harakatlanayotganda, uni milliy bayrog‘imiz ranglariga bo‘yalgan dirijabl qarshi oldi. @TIVmatbuot

  21. Older posts