Soʻnggi jabrlangan yurtdoshimiz Vatanga eson-omon qaytarildi Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi samolyotida joriy yilning avgust oyida Nijnekamsk shahrida sodir boʻlgan fojiali voqealar chogʻida jabrlangan fuqarolar orasidan respublikamizning soʻnggi fuqarosi Vatanga tibbiy repatriatsiya qilindi. 2001-yilda tugʻilgan fuqaro S.A.S. dastlab Nijnekamsk shahridagi Markaziy shifoxonaning jonlantirish boʻlimida davolangan. Keyinchalik Tatariston mahalliy hokimlik organlarining koʻmagida vertolyotda Qozon shahridagi ixtisoslashtirilgan shifoxonaga olib kelinib, davolanishni davom ettirgan hamda ikki murakkab jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan. Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi tomonidan vatandoshimizni keyinchalik Vatanga evakuatsiya qilish maqsadida zarur reabilitatsiya jarayonlari va chora-tadbirlar tashkil etildi. Unga konsullik-huquqiy va amaliy yordam koʻrsatilib, Vatanga qaytarish bilan bogʻliq barcha zarur tartib-taomillar yakunlandi. Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi vakolatxonasi va Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan samarali chora-tadbirlar natijasida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasining soʻnggi fuqarosi “Qozon–Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha Vatanimizda davolanishni davom ettirish uchun eson-omon qaytarildi. @TIVmatbuot
🇺🇿 TIV matbuot kotibi
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot
-
-
Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan uzoq vaqt davomida olib borilgan maqsadli muzokaralar natijasida Rossiyaning Volgaboʻyi federal okrugi hududidagi Mordoviya Respublikasi va Samara viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlarini Vatanga qaytarish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi. Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari tomonidan amalga oshirilgan konsullik-huquqiy tadbirlar doirasida voyaga yetmagan bolalarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi, Vatanida qarindoshlari mavjudligi va ularni qaytarish uchun zarur boʻlgan boshqa masalalar oʻrganib chiqildi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining vakolatli idoralariga tegishli hujjatlar taqdim etilib, zarur tartib-taomillar amalga oshirildi. Natijada Mordoviya Respublikasidagi jazoni ijro etish muassasasi hududida joylashgan bolalar uyidan voyaga yetmagan bolalar Bosh konsulxona diplomatlari hamda Oʻzbekistondan safarbar etilgan Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida eson-omon qabul qilib olindi va Vatanga qaytarish jarayoni taʼminlandi. Alohida taʼkidlash joizki, Bosh konsulxona tomonidan Rossiya Federatsiyasidagi jazoni ijro etish muassasalari hududida joylashgan bolalar uylarida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlarini repatriatsiya qilish boʻyicha tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Ushbu saʼy-harakatlar natijasida yosh fuqarolarimiz bosqichma-bosqich Vatanga qaytarilmoqda. @TIVmatbuot
-
repost
К государственному визиту Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Республику Корея в авторитетных изданиях страны – «The Chosun Daily», англоязычной платформе «Chosun Ilbo», и газете «The Korea Herald» – вышла статья главы нашего государства «Узбекистан и Республика Корея: устремленное в будущее партнерство в эпоху перемен». В статье раскрываются исторические основы узбекско-корейской дружбы и перспективы особого стратегического партнерства, отличающегося масштабом и высоким уровнем доверия. Наши страны названы не только проверенными временем партнерами, но и близкими друзьями, связанными общностью ценностей и прочными человеческими узами. Отдельно отмечен впечатляющий путь Республики Корея, за одно поколение ставшей процветающей высокотехнологичной державой. Богатый опыт Сеула в сфере модернизации и инноваций имеет особое значение для строительства Нового Узбекистана. За последние годы товарооборот вырос в пять раз, корейские инвестиции превысили 8 миллиардов долларов. Насчитывается свыше 700 совместных предприятий и проектов, а портфель программ с KOICA, Эксимбанком Кореи и EDCF превышает 3,5 миллиарда долларов. Новый этап сотрудничества связывается с ИИ, полупроводниками, робототехникой, электротранспортом, биофармацевтикой, «умным» сельским хозяйством и «умными городами». «Мы можем открыть новую страницу партнёрства – перейти от успешного сотрудничества в отдельных секторах к формированию общих производственных систем, технологических платформ и новых рынков», – подчеркнул Президент нашей страны. Особое место отведено первому саммиту «Центральная Азия – Республика Корея», который состоится 16 сентября в Сеуле. Президент нашей страны отметил, что на саммите Узбекистан намерен выступить с рядом актуальных инициатив, направленных на углубление политического диалога, расширение практического взаимодействия и формирование новых действенных механизмов сотрудничества. Эти предложения призваны вывести формат «Центральная Азия – Республика Корея» на качественно новый уровень, сделать его более системным, динамичным и ориентированным на долгосрочные региональные приоритеты. «Искренне верю, что Центральная Азия и Республика Корея способны сформировать новое пространство сотрудничества – мира, инноваций, взаимного доверия и общего процветания», – говорится в статье. Facebook|Instagram|X
-
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindi Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan. ❗Maqolada qayd etilganidek– 🔵so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan; 🔵Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investisiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan; 🔵Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda; 🔵KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq; 🔵2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan. Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro to‘ldiruvchanligi yangi o‘sish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini ta’kidladi. "Ishonchim komilki, aynan shu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi". Maqolada sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar” istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritish, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi e’tirof etgan. Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti O‘zbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon ekaniligiga alohida urg‘u berdi. "...O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida. Bu tashabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirilgan mexanizmga aylantirishga qaratilgan". Prezident maqolasida qayd etilganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda. "Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman"- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada. 🔥 Ma’lumot o‘rnida: The Chosun Daily — 1920 yilda tashkil etilgan «Chosun Ilbo» mediaguruhi tarkibidagi nashr bo‘lib, Koreya Respublikasidagi yirik axborot platformalaridan biri hisoblanadi. Nashr siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va xalqaro munosabatlarga oid dolzarb voqealarni keng yoritib boradi. Unda O‘zbekiston Prezidentining maqolasi e’lon qilinishi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikka bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir ifodasidir. @TIVmatbuot
-
repost 


Davlatimiz rahbarining tashrifi Janubiy Koreya nashrlari nigohida 🇺🇿🤝🇰🇷
-



+2
O’zbekiston Prezidentini qutlayotgan Seul! 🇺🇿🤝🇰🇷 @TIVmatbuot
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
- Older posts