🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K −10 24h
Reach per post (ERR) 17.7%926 avg views
Posting 2.8/day last 15 hours ago
Reactions per 1K views 12.7 👍 👏 🔥
repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda 860 megavattli yangi energetika quvvatlari ishga tushirildi. Beruniy va Qorao‘zakda shamol stansiyalarining qurilishi hisobiga “yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi. Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshib, 5 milliard 330 million kilovatt-soatni tashkil etdi. Bu aholi va korxonalarning yillik talabidan qariyb 3 barobar ko‘p. Kecha 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi. Jumladan, Qo‘ng‘irotda 2 milliard 600 million dollarlik, quvvati 1,5 ming megavattli shamol stansiyasini qurish boshlandi. Loyiha doirasida 1,5 ming kilometr yuqori kuchlanishli tarmoq va 500 kilovoltli 3 ta podstansiya barpo etiladi. 2030-yilgacha jami quvvati 3 ming 300 megavattli shamol stansiyalari ishga tushirilib, “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi, 400 megavattli energiya saqlash quvvati yaratiladi. Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaning eng yirik markazlaridan biriga aylanadi. Facebook|Instagram|X

Views over time

010020030019 Sep 06:1213 Nov 01:1129319 Sep 06:12: 0 views13 Nov 01:11: 293 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
19 Sep 2026, 06:120
13 Nov 2026, 01:11293

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.