🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K −10 24h
Reach per post (ERR) 17.7%926 avg views
Posting 2.8/day last 15 hours ago
Reactions per 1K views 12.7 👍 👏 🔥
repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik va o‘zaro hurmat asosida barpo etilmoqda. Hamkorlikning maqsadlari mutlaqo ochiq, pragmatik va bunyodkorlik xususiyatiga ega; 📌Asosiy vazifa faqat hamkorlik bo‘yicha erishilgan sur’atni saqlab qolish emas, balki bu muvaffaqiyatlarni yanada yuqori sifat bilan oldinga borishning poydevoriga aylantirishdan iborat; 📌Markaziy Osiyo jahon bozorlaridagi beqarorlikka qaramasdan, 6 foizdan ziyod o‘sish sur’atini namoyish etmoqda. Umumiy yalpi ichki mahsulot hajmi 500 milliard dollardan oshdi; 📌80 milliondan ortiq aholiga ega Markaziy Osiyo ishonch bilan Yevroosiyoning “barqarorlik mintaqasi” va “global bog‘liqlik markazi”ga aylanib bormoqda; 📌Zamonaviy tahdidlarga javoban “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi: jadal rivojlanish yo‘lidagi hamkorlik” deb nomlangan uzoq muddatli konseptual qarashni ishlab chiqish taklif qilindi; 📌Kibertahdidlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlarini yaratish borasida sa’y-harakatlarni birlashtirish o‘ta muhim; 📌Markaziy Osiyo savdo bo‘yicha xavf-xatar zonalaridan tashqarida joylashgan ishlab chiqarish maydonlariga ega ekani va mahsulotlarga talab tez o‘sib borayotgani bilan Koreya Respublikasi uchun Yevroosiyodagi almashtirib bo‘lmaydigan hamkorga aylanishi mumkin; 📌To‘siqlarni bartaraf etish, sertifikatlash bo‘yicha tartib-taomillarni va mahsulotlarning mahalliy savdo platformalariga o‘zaro kirib borishini soddalashtirish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlarni ko‘rish muhim; 📌Sanoat kooperatsiyasi va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish doirasida O‘zbekistonda “Markaziy Osiyo – Koreya” sanoat-texnologiya parkini joylashtirishga tayyorlik bildirildi; 📌Hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish iqtisodiy hamkorlikning muhim harakatlantiruvchi kuchi ekani qayd etildi; 📌Muhim minerallar sohasidagi hamkorlik Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasida strategik manfaatlarning noyob uyg‘unligini yaratadi. Shu munosabat bilan nodir minerallar bo‘yicha mintaqaviy investitsiyaviy alyansni tashkil etish taklif qilindi; 📌Markaziy Osiyo “yashil” investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratish va ishonchli platforma bo‘lishga tayyor. Shu maqsadda Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasida iqlim va uglerod hamkorligi bo‘yicha formatni ishga tushirish taklifi bildirildi; 📌Inson kapitalini rivojlantirish sohasida uzoq muddatli hamkorlikni shakllantirish taklif etildi; 📌O‘zbekiston kelgusi yilda Koreya Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligi va koreys diasporasining mintaqamizda yashay boshlaganining 90 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini eng yuqori darajada o‘tkazishga tayyor ekani ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X

Views over time

020040060016 Sep 08:4013 Nov 01:1150816 Sep 08:40: 0 views13 Nov 01:11: 508 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
16 Sep 2026, 08:400
13 Nov 2026, 01:11508

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.