(poll without text)
🇺🇿 TIV matbuot kotibi
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot
-
-
(poll without text)
-
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi boshlandi. Shu munosabat bilan navbatdagi viktorinamizni Oʻzbekiston–Koreya munosabatlariga bagʻishladik. Siyosat, tarix, madaniyat va ikki tomonlama munosabatlarga oid qiziqarli savollarga javob bering va bilimingizni sinab koʻring! @TIVmatbuot
-
🇺🇿 Seul markazida O‘zbekiston bayrog‘i namoyon etildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida Seulning mashhur Kvanxvamun maydonida «O‘zbekiston bayrog‘i» vatanparvarlik aksiyasi o‘tkazildi. Tadbirda Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar, O‘zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi — WAYU Korea faollari hamda O‘zbekistonning koreyalik yosh do‘stlari ishtirok etdi. Aksiyada 100 ga yaqin kishi jam bo‘ldi. 🇺🇿 Aksiyaning eng yorqin lahzasi — 6×12 metr o‘lchamdagi O‘zbekiston Davlat bayrog‘ining tantanali ravishda yoyilishi bo‘ldi. 🇺🇿🇰🇷 O‘zbekiston va Janubiy Koreya bayroqlarining birgalikda namoyish etilishi ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik, hurmat va hamkorlikning yorqin ramziga aylandi. Ma’lumot uchun, Kvanxvamun maydoni — Seul markazidagi eng mashhur va ramziy jamoat maskanlaridan biri. @TIVmatbuot
-
repost O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonoti Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning yanada yomonlashuvi, jumladan, Saudiya Arabistoni Podshohligi hududiga raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari hujumlari munosabati bilan chuqur xavotir bildiradi. Tinch aholiga, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatish bilan bogʻliq, shuningdek, mintaqa davlatlari xavfsizligi va xalqaro kema qatnoviga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoralaymiz. Xalqaro huquq normalariga, jumladan, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilish tamoyillariga qatʼiy rioya etilishi zarur, deb hisoblaymiz. Yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish faqat siyosiy-diplomatik vositalar orqali, muloqot va oʻzaro hurmat asosida amalga oshirilishi lozim. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va mintaqa davlatlarining Yaqin Sharqda keskinlikni yumshatish, mojaroning yanada kengayishining oldini olish va barqaror tinchlik oʻrnatishga qaratilgan saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaymiz. *** Statement by the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan The Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan expresses its deep concern over the further deterioration of the situation in the Middle East, including missile and drone attacks on the territory of the Kingdom of Saudi Arabia. We strongly condemn any actions involving the use of force against civilians and civilian and energy infrastructure, as well as those posing a threat to the security of the states of the region and international navigation. We stress the need for strict compliance with the norms of international law, including respect for the sovereignty, independence and territorial integrity of states. Emerging disputes should be resolved exclusively through political and diplomatic means, based on dialogue and mutual respect. We support the efforts of the United Nations and the states of the region aimed at de-escalating tensions, preventing further spread of the conflict, and establishing lasting peace in the Middle East. *** Заявление Министерства иностранных дел Республики Узбекистан Министерство иностранных дел Республики Узбекистан выражает глубокую обеспокоенность в связи с дальнейшим ухудшением обстановки на Ближнем Востоке, включая ракетные и беспилотные атаки по территории Королевства Саудовская Аравия. Решительно осуждаем любые действия, сопряжённые с применением силы против мирного населения, объектов гражданской и энергетической инфраструктуры, а также создающие угрозу безопасности государств региона и международному судоходству. Исходим из необходимости неукоснительного соблюдения норм международного права, включая уважение суверенитета, независимости и территориальной целостности государств. Урегулирование возникающих разногласий должно осуществляться исключительно политико-дипломатическими средствами на основе диалога и взаимного уважения. Поддерживаем усилия Организации Объединённых Наций и государств региона, направленные на деэскалацию напряжённости, предотвращение дальнейшего распространения конфликта и установление устойчивого мира на Ближнем Востоке. Facebook | YouTube | Instagram | X
-
🇺🇿🏅🇷🇸 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat mukofoti – Serbiya Respublikasining I darajali Ordeni bilan taqdirlandi. Ushbu oliy mukofot davlatimiz rahbariga ikki davlat o‘rtasidagi tinchlikparvar hamkorlik hamda do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun berildi. @TIVmatbuot
-
Oʻzbekiston tinchliksevarlik darajasi boʻyicha Markaziy Osiyoda yetakchi deb eʼtirof etildi Oʻzbekiston Global Peace Index 2026 xalqaro reytingiga koʻra, 37-oʻrinni egallab, dunyodagi eng tinchliksevar 40 ta davlat qatoridan joy oldi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida bu eng yuqori koʻrsatkich boʻldi. @TIVmatbuot
-
🇺🇿🇷🇸 Белграддаги «Кула Београд» осмонўпар биноси Ўзбекистон байроғи рангларида ёритилди. @TIVmatbuot
-
repost AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi. Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. — В американском городе Сиэтл официально открылось Генеральное консульство Республики Узбекистан. Это первое консульское учреждение нашей страны на Тихоокеанском Северо-Западе и важный шаг в дальнейшем развитии отношений между Узбекистаном и Соединёнными Штатами Америки. Новое генконсульство будет способствовать укреплению торгово-экономических, инвестиционных, технологических, образовательных и социальных связей между нашими странами.
-
repost 


+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил новый Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомился с созданными здесь условиями. #Mirziyoyev #tanishuv #markaz #zamonaviysanat Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
-
repost 


+6
-
repost
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Jorjа Meloniga maktub yo‘lladi. Davlatimiz rahbari Jorja Melonini Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimida shu vaqtga qadar eng uzoq muddat faoliyat yuritgan Hukumat rahbari sifatida tarix sahifalaridan munosib joy olgani bilan samimiy muborakbod etdi. Prezidentimiz ushbu natija Jorja Melonining siyosiy irodasi va qat’iyati, davlatchilik mas’uliyatini chuqur his etishiga Italiya xalqi tomonidan bildirilgan yuksak ishonchning yaqqol tasdig‘i ekanini ta’kidladi. Hozirgi o‘ta murakkab va tez o‘zgarayotgan sharoitda Italiyaning milliy manfaatlarini qat’iy himoya qilish, mamlakatning Yevropa Ittifoqi va xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori hamda nufuzini yanada mustahkamlash borasida Jorja Meloni olib borayotgan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi. Prezidentimiz Italiya Hukumati rahbarining O‘zbekistonga nisbatan do‘stona munosabati va ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni izchil kengaytirishga qaratayotgan doimiy e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston Italiya bilan o‘rnatilgan strategik sheriklik munosabatlarini yuksak qadrlashi ta’kidlandi. Bugungi kunda siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, madaniy-gumanitar aloqalar tobora sermazmun tus olib, ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Maktub yakunida davlatimiz rahbari Jorja Meloniga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, do‘st Italiya xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил письмо Председателю Совета министров Итальянской Республики Джордже Мелони. Глава нашего государства сердечно поздравил Джорджу Мелони с тем, что она вошла в историю как глава Правительства Италии, дольше всех занимающая этот пост. Президент Узбекистана отметил, что это достижение является ярким свидетельством высокого доверия итальянского народа к ее политической воле, решительности и глубокому чувству государственной ответственности. Особо отмечены усилия Джорджи Мелони по последовательной защите национальных интересов Италии, дальнейшему укреплению авторитета и влияния страны в Европейском союзе и на международной арене в условиях нынешней сложной и стремительно меняющейся обстановки. Президент нашей страны выразил глубокую признательность главе итальянского Правительства за дружественное отношение к Узбекистану и неизменное внимание к последовательному расширению многопланового сотрудничества между двумя странами. Подчеркнуто, что Узбекистан высоко ценит сложившиеся с Италией отношения стратегического партнерства. С удовлетворением отмечено, что политический диалог, торгово-экономическое и инвестиционное взаимодействие, культурно-гуманитарные связи последовательно расширяются, наполняются новым содержанием и выходят на качественно новый уровень. В завершение глава нашего государства пожелал Джордже Мелони крепкого здоровья, семейного счастья и больших успехов в ее ответственной государственной деятельности, а дружественному народу Италии – мира, благополучия и процветания. Facebook|Instagram|X
-
edited
Yangi O‘zbekistondagi islohotlar xalqaro nashr e’tirofida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan diplomatiya, xalqaro munosabatlar va jahon siyosatiga ixtisoslashgan "Diplomatic Watch" nashri «O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi: tarixga faxr bilan nazar va kelajakka ishonch bilan qadam» nomli tahliliy maqolani e’lon qildi. Unda O‘zbekiston boy tarixiy-madaniy merosini keng ko‘lamli islohotlar va yangi taraqqiyot ufqlari bilan uyg‘unlashtirayotgan mamlakat sifatida taqdim etilgan. Muallif so‘nggi o‘n yillikda yuz bergan sezilarli o‘zgarishlarni, zamonaviy infratuzilma, biznes va madaniy maskanlarning rivojlanishini qayd etadi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotining real o‘sishi 2025-yilda 7,7 foizni, xorijiy investitsiyalar hajmi esa 160 milliard dollardan ortiqni tashkil etgani ta’kidlanadi. Maqolada mamlakatning turizm va madaniy salohiyatiga ham alohida e’tibor qaratilib, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlar, shuningdek, 2026-yilda Toshkentda ochilgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyodan Yevropa, Amerika, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Afrika va musulmon dunyosigacha kengayib borayotgan tashqi aloqalari alohida ta’kidlangan. @TIVmatbuot
-
repost
Tadashi Maeda: O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror va jadal o‘sish trayektoriyasiga chiqdi Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan yurtdoshlarimizni qutladi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
-
repost 


Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Hazrati Oliylari bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim. O‘zbekiston va Qatarni do‘stona hamda yuksak ishonchga asoslangan rishtalar bog‘lab turadi, bu hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Muloqot chog‘ida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildik. Shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasida mushtarak manfaatlar hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. — Была рада встрече с Его Высочеством Шейхом Тамимом бин Хамадом Аль Тани, Эмиром Государства Катар. Передала ему искренние приветствия и самые добрые пожелания Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева. Узбекистан и Катар связывают тёплые и доверительные отношения, которые с каждым годом становятся крепче. Обсудили дальнейшее сотрудничество и новые совместные инициативы. У наших стран много общих интересов и хороших возможностей для новых проектов.
-
repost
Kubanichbek Omuraliyev: O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotining harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir TDT Bosh kotibi O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan yurtdoshlarimizni qutladi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
-
repost
Pan Gi Mun: O‘zbekiston xalqining faxrlanadigan jihatlari juda ko‘p BMTning sobiq bosh kotibi, Global yashil o‘sish instituti (GGGI) prezidenti va Kengashi raisi O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan qutladi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
-
repost
Ostin Skott: AQSh O‘zbekiston bilan tobora rivojlanib borayotgan munosabatlarni yuksak qadrlaydi AQSh Kongressmeni, O‘zbekiston bo‘yicha kokus aʼzosi mustaqillikning 35 yilligi bilan yurtdoshlarimizni qutladi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
-



+1
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan AQShning yirik shaharlarida Oʻzbekiston davlat bayrogʻiga hurmat koʻrsatilmoqda. Nyu-Yorkda Oʻzbekiston bayrogʻini koʻtarish tantanali marosimi dunyo moliyaviy markazining ramzi boʻlgan “Uoll-strit” koʻchasida oʻtkazildi. Tadbirda diplomatlar, vatandoshlar va oʻzbek diasporasi vakillari ishtirok etib, milliy kuy-qoʻshiq va raqslar ijro etildi. Sietlda esa Oʻzbekiston bayrogʻi “Bell Harbor” xalqaro konferensiyalar markazida AQSh va Kanada bayroqlari qatoridan joy oldi. Shuningdek, shaharning mashhur “Great Wheel” charxpalagi Oʻzbekiston bayrogʻi ranglarida yoritildi. @TIVmatbuot
-
repost
Diyene Keyta: O‘zbekiston inson kapitaliga sarmoya kiritish orqali kelajak uchun mustahkam poydevor yaratmoqda BMT bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilotning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan yurtdoshlarimizni tabrikladi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
- Older posts