🇺🇿 Seul markazida O‘zbekiston bayrog‘i namoyon etildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida Seulning mashhur Kvanxvamun maydonida «O‘zbekiston bayrog‘i» vatanparvarlik aksiyasi o‘tkazildi. Tadbirda Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar, O‘zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi — WAYU Korea faollari hamda O‘zbekistonning koreyalik yosh do‘stlari ishtirok etdi. Aksiyada 100 ga yaqin kishi jam bo‘ldi. 🇺🇿 Aksiyaning eng yorqin lahzasi — 6×12 metr o‘lchamdagi O‘zbekiston Davlat bayrog‘ining tantanali ravishda yoyilishi bo‘ldi. 🇺🇿🇰🇷 O‘zbekiston va Janubiy Koreya bayroqlarining birgalikda namoyish etilishi ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik, hurmat va hamkorlikning yorqin ramziga aylandi. Ma’lumot uchun, Kvanxvamun maydoni — Seul markazidagi eng mashhur va ramziy jamoat maskanlaridan biri. @TIVmatbuot
🇺🇿 TIV matbuot kotibi
Subscribers
5.2K
−10 24h
Reach per post (ERR)
17.7%926 avg views
Posting
2.8/day
last 17 hours ago
Reactions per 1K views
12.7
👍 👏 🔥
Views over time
| When | Views |
|---|---|
| 13 Sep 2026, 04:50 | 0 |
| 13 Nov 2026, 01:11 | 782 |
Who shared this post
Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)
Nobody yet.