🇺🇿 O‘zbekiston bayrog‘i "Burj Xalifa"ni bezadi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Dubaydagi dunyodagi eng baland bino — "Burj Xalifa"da O‘zbekiston bayrog‘i jilo sochdi. @TIVmatbuot
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot
🇺🇿 O‘zbekiston bayrog‘i "Burj Xalifa"ni bezadi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Dubaydagi dunyodagi eng baland bino — "Burj Xalifa"da O‘zbekiston bayrog‘i jilo sochdi. @TIVmatbuot



+3
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi Haydar Aliyev markazi Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi ranglarida yoritildi. Ushbu ramziy tashabbus Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi koʻp asrlik tarixiy va madaniy yaqinlik, xalqlarimiz oʻrtasidagi qardoshlik munosabatlarining yuksak darajasini yana bir bor namoyon etdi. 🇺🇿🤝🇦🇿 @TIVmatbuot
Ursula fon der Lyayen: Biz O‘zbekistonning Markaziy Osiyo doirasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi rolini yuksak qadrlaymiz Yevropa komissiyasi Prezidenti mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Dunyo” AA savollariga javob berdi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
Inchxon shahri meri Pak Chon De mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtdoshlarimizga oʻzining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yoʻlladi. @TIVmatbuot
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtdoshlarimizni qutladi. @TIVmatbuot
Kosuke Uemura: Har safar O‘zbekistonga tashrif buyurganimda, bu xalqning mehmondo‘stligi, samimiyligi va mehnatsevarligini his qilaman Yaponiyaning “Sojitz” korporatsiyasi prezidenti va bosh direktori O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan yurtdoshlarimizni tabrikladi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
AQShning Vashington shtatida ham 1-sentabr “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” sifatida nishonlanadi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan AQShning Vashington shtati gubernatori Bob Ferguson 2026-yil 1-sentabrni shtat miqyosida rasman “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi. 31-avgust kuni gubernator tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi mamlakatimiz suvereniteti, boy madaniy merosi hamda tinchlik, farovonlik va milliy taraqqiyot sari ezgu intilishlarini tarannum etuvchi tarixiy sana ekani qayd etilgan. Eslatib o‘tamiz, Vashington shtatining quruqlik maydoni 172,1 ming kvadrat kilometr, aholisi 8,18 million kishini tashkil etadi. 2025-yilda shtat yalpi ichki mahsuloti qariyb 900 milliard dollarga yetgan. Vashingtonda Amazon, Microsoft, Costco, Starbucks, T-Mobile, PACCAR va Expedia kabi global kompaniyalar joylashgan, Boeing’ning yirik ishlab chiqarish quvvatlari faoliyat yuritadi. @TIVmatbuot
🇺🇿🇰🇬Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov sammit vaqtida davlatimiz rahbarini Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan tabriklamoqda.
🇺🇿🇺🇿Prezidentimiz Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga yetib keldi.
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK! Bugundan e’tiboran Sietl osmonida jonajon Vatanimiz — O‘zbekiston bayrog‘i doimo mag‘rur hilpiraydi! O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulxonasi uzra ko‘tarilgan bayrog‘imiz mintaqadagi xorijiy davlat vakolatxonalari orasida eng baland nuqtada doimiy hilpiraydigan davlat bayrog‘iga aylandi. Bu mustaqil O‘zbekistonning yuksak nufuzi, xalqimizning milliy g‘ururi va Vatanimiz qudratining yorqin timsolidir! Mustaqilligimiz abadiy, taraqqiyotimiz bardavom, bayrog‘imiz hamisha baland bo‘lsin! O‘zbekiston diplomatiyasi Vatanimiz manfaatlari yo‘lida yangi marralar va ulkan zafarlar sari doimo olg‘a borsin! 📱 Telegram | 📱 X | 📱 Facebook | 📱 Instagram |🌐 Web-page
Tashqi ishlar vazirligi jamoasi yurtdoshlarimizni Istiqlolimizning qutlug‘ 35 yilligi va Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etadi. Ushbu ulug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka va farovonlik tilaymiz. Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, O‘zbekistonimizning taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarimiz bardavom bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar! 🇺🇿 Facebook |YouTube | Instagram | X



AQShda O‘zbekiston Mustaqilligi kuni keng nishonlanmoqda! AQShning Sietl, Sitak, Vashington shaharlari va Oregon shtatida 1-sentabr O‘zbekiston Mustaqilligi kuni deb e’lon qilindi. @TIVmatbuot
🇺🇿 O‘zbekiston bayrog‘i Hindistonda jilolandi! Hindiston poytaxti Dehli shahridagi tarixiy "Qutb-Minora" O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i ranglarida nur sochdi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu ramziy tadbir ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmatning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. 🇺🇿🤝🇮🇳 @TIVmatbuot
Tehronda O‘zbekiston bayrog‘i porladi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Eron poytaxti Tehron shahridagi mashhur "Ozodlik" minorasi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida jilolandi. @TIVmatbuot
Odil Reno-Basso: Soʻnggi 10 yillik islohotlar Oʻzbekistonni tubdan oʻzgartirdi Soʻnggi oʻn yil ichida amalga oshirilgan islohotlar Oʻzbekistonning investitsiyaviy muhitini tubdan oʻzgartirdi. Xususiylashtirish, yer osti boyliklaridan foydalanish va elektr energiyasi kabi yoʻnalishlardagi yangi qonunlar iqtisodiyotni yanada rivojlantirdi. Bundan tashqari, YTTB hamraislik qiladigan Xorijiy investorlar kengashi singari yirik institutlar sarmoyadorlarning fikr va takliflari inobatga olinishini hamda amalda oʻz aksini topishini taʼminlamoqda. Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasi portfeliga kiruvchi kompaniyalar aksiyalarining London fond birjasida joylashtirilishi muhim bosqichlardan biri boʻldi. Bu mamlakat aksiyalarining xalqaro kapital bozorida ilk bor ommaviy joylashtirilishi boʻlib, oʻtkazilayotgan islohotlar aniq va amaliy natijalar berayotganining ishonchli daliliga aylandi. @TIVmatbuot
Numan Kurtulmush: Yangi O‘zbekistondagi Uchinchi Renessans turk va islom dunyosining umumiy yutug‘idir Turkiya Buyuk Millat Majlisi Raisi O‘zbekiston Mustaqilligining 35-yilligi bilan tabrikladi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
(poll without text)
(poll without text)
(poll without text)
(poll without text)