🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K −10 24h
Reach per post (ERR) 17.7%926 avg views
Posting 2.8/day last 17 hours ago
Reactions per 1K views 12.7 👍 👏 🔥
edited

Yangi O‘zbekistondagi islohotlar xalqaro nashr e’tirofida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan diplomatiya, xalqaro munosabatlar va jahon siyosatiga ixtisoslashgan "Diplomatic Watch" nashri «O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi: tarixga faxr bilan nazar va kelajakka ishonch bilan qadam» nomli tahliliy maqolani e’lon qildi. Unda O‘zbekiston boy tarixiy-madaniy merosini keng ko‘lamli islohotlar va yangi taraqqiyot ufqlari bilan uyg‘unlashtirayotgan mamlakat sifatida taqdim etilgan. Muallif so‘nggi o‘n yillikda yuz bergan sezilarli o‘zgarishlarni, zamonaviy infratuzilma, biznes va madaniy maskanlarning rivojlanishini qayd etadi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotining real o‘sishi 2025-yilda 7,7 foizni, xorijiy investitsiyalar hajmi esa 160 milliard dollardan ortiqni tashkil etgani ta’kidlanadi. Maqolada mamlakatning turizm va madaniy salohiyatiga ham alohida e’tibor qaratilib, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlar, shuningdek, 2026-yilda Toshkentda ochilgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyodan Yevropa, Amerika, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Afrika va musulmon dunyosigacha kengayib borayotgan tashqi aloqalari alohida ta’kidlangan. @TIVmatbuot

Views over time

02505007504 Sep 05:1513 Nov 01:117804 Sep 05:15: 0 views13 Nov 01:11: 780 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
4 Sep 2026, 05:150
13 Nov 2026, 01:11780

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.