🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K −10 24h
Reach per post (ERR) 17.7%926 avg views
Posting 2.8/day last 19 hours ago
Reactions per 1K views 12.7 👍 👏 🔥
  1. repost

    – Yangi davrda zamonaviy uy-joyga ega bo‘lgan 650 mingdan ziyod oilaning quvonchini so‘z bilan ta’riflab bo‘ladimi? – dedi davlatimiz rahbari. Minglab mahallalarimizga Yangi O‘zbekiston qiyofasi kirib borayotgani ta’kidlandi. Kambag‘allik masalasi ochiq tan olinib, uni keskin qisqartirish bo‘yicha Yangi O‘zbekiston tajribasi yaratildi. Ehtiyojmand oilalarning daromadi, kasbi, salomatligi, farzandlarining ta’lim olishi va yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Izchil sa’y-harakatlar tufayli kambag‘allik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushirildi. Ushbu raqamlar zamirida ro‘zg‘origa baraka kirib, turmush sifati yaxshilangan 10 million insonning quvonchi va shukronalik tuyg‘ulari mujassam ekani qayd etildi. Facebook|Instagram|X

  2. repost

    Katta siyosiy iroda bilan O‘zbekiston dunyoga keng ochildi, chegara muammolari hal qilinib, qo‘shnilar bilan do‘stlik va hamkorlik mustahkamlandi. Valyuta, soliq, bojxona va investitsiya siyosatida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Natijada mamlakatimizning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni 80 pog‘ona yaxshilanib, O‘zbekiston iqtisodiyoti mo‘tadil erkin davlatlar qatoridan joy oldi. Ilgari iqtisodiyotimizga yiliga 2-3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, hozir mazkur ko‘rsatkich 40-50 milliard dollarni tashkil etmoqda. Investitsiyalar bilan birga ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy bilim va yangi iqtisodiy imkoniyatlar ham kirib kelmoqda. Uch yil oldin 2030-yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Global logistikadagi uzilishlar va dunyodagi notinch vaziyatga qaramasdan, ushbu marra joriy yilning o‘zida ortig‘i bilan bajarilib, O‘zbekiston daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kiradi. – Bunday yuksak natijalarga xalqimizning fidokorona mehnati, intellektual salohiyati hamda millat va davlat birdamligi tufayli erishyapmiz. Ijobiy o‘zgarishlarni har bir inson, har bir oila o‘z hayotida chuqur his etyapti, – dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

  3. repost

    Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz va jadidlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. O‘tgan 35 yil davomida mustaqilligimizni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan barcha marhum yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati va jasorati e’tirof qilindi. Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasi ehtirom bilan yod etildi. Prezidentimiz mustaqillikning buyuk ahamiyati, avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Islohotlarning birinchi kunlaridan xalqning qalbiga quloq solish va aholining dardiga darmon bo‘lish asosiy maqsad etib belgilandi. “Inson qadri uchun” g‘oyasi davlat siyosatining markaziga olib chiqildi. Birinchi galda “paxta qulligi”, majburiy va bolalar mehnati, konvertatsiya cheklovi hamda “propiska” kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berildi. – Eng asosiysi, fuqarolarimiz yuragidagi qo‘rquv va hadik o‘rnini ishonch va xotirjamlik egalladi. Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyat barpo etish uchun keyingi o‘n yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. Facebook|Instagram|X

  4. repost

    Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidladi. Buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi. Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgani qayd etildi. Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgani ta’kidlandi. – Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda. Mustaqillik bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni anglab, ulug‘ ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik, – dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

  5. repost

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda. Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulug‘ bayramimiz Yangi Toshkentda o‘tkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini ta’kidladi. Kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazi bo‘ladigan ushbu hududda kuni kecha Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirildi. Tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bag‘ishlashi qayd etildi. – Bir necha yuz yillik orzular ro‘yobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana ko‘plab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh bo‘lamiz. Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi, – dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Maxl O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirish, shuningdek, do‘stlik va o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surishdagi faol ishtiroki uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Yuksak davlat mukofoti bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tantanali ravishda topshirildi. O‘z navbatida, S. Maxl yuksak e’tirof uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga chuqur minnatdorlik bildirdi. *** Pursuant to the relevant Decree of the President of the Republic of Uzbekistan, UN Resident Coordinator in Uzbekistan Sabine Mahl was awarded the “Dustlik” (Friendship) Order for her significant contribution to the consistent development of cooperation between Uzbekistan and the United Nations, support for the socio-economic reforms being implemented in the country, enhancing the international standing and prestige of Uzbekistan, as well as her active participation in promoting initiatives aimed at strengthening friendship and mutually beneficial partnership. The high state award was ceremonially presented today at the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan. In turn, S. Mahl expressed her deep gratitude to the President of the Republic of Uzbekistan for the high recognition. *** В соответствии с соответствующим Указом Президента Республики Узбекистан Постоянный координатор ООН в Узбекистане Сабине Махл награждена орденом «Дустлик» («Дружба») за весомый вклад в последовательное развитие сотрудничества между Узбекистаном и Организацией Объединённых Наций, поддержку осуществляемых в нашей стране социально-экономических реформ, повышение международного авторитета и престижа Узбекистана, а также активное участие в продвижении инициатив, направленных на укрепление дружбы и взаимовыгодного партнёрства. Высокая государственная награда была торжественно вручена сегодня в Министерстве иностранных дел Республики Узбекистан. В свою очередь, С. Махл выразила глубокую признательность Президенту Республики Узбекистан за высокую оценку. @TIVmatbuot

  7. repost

    Odil Reno-Basso: So‘nggi 10 yillik islohotlar O‘zbekistonni tubdan o‘zgartirdi YTTB Prezidenti O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan yurtdoshlarimizni qutladi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram

  8. repost

    Jeenbek Kulubayev: Biz bundan keyin ham O‘zbekiston bilan bir yo‘ldan boramiz Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtdoshlarimizga tabrik yo‘lladi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram

  9. O‘zbekiston mustaqil sayohatlar uchun dunyoning eng yaxshi yo‘nalishlari beshligidan joy oldi Nufuzli xalqaro sayyohlik platformasi “Much Better Adventures” tomonidan e’lon qilingan “Solo Travel Index 2026” reytingida O‘zbekiston mustaqil sayohatlar uchun dunyoning eng yaxshi yo‘nalishlari beshligidan joy oldi. Reytingni shakllantirishda sayohatlarni sayyohlarning taassurotlari, “Global Peace Index”, viza olish qulayligi, ovqatlanish xarajatlari, xilma-xillik hamda piyoda sayohat yo‘nalishlarining mavjudligi kabi mezonlar hisobga olingan. Platforma O‘zbekistonning Buyuk Ipak yo‘li merosi, boy tarixiy-madaniy salohiyati, tabiiy landshaftlari va rivojlangan turizm infratuzilmasini asosiy ustunliklar sifatida qayd etgan. Xususan, Nurota tog‘larida qadimiy so‘qmoqlar bo‘ylab sayohat qilish, mahalliy qishloqlar hayoti bilan tanishish, an’anaviy o‘tovlarda tunash hamda Qizilqum orqali Oydarko‘lga borish imkoniyatlari alohida ko‘rsatilgan. Shuningdek, Samarqandi, Buxoro, Xiva va boshqa tarixiy shaharlar O‘zbekistonning Buyuk Ipak yo‘li chorrahasidagi beqiyos tarixiy va madaniy merosini namoyon etuvchi muhim sayyohlik maskanlari sifatida qayd etilgan. Mazkur xalqaro e’tirof O‘zbekistonning jahon turizm xaritasidagi mavqei mustahkamlanib, mamlakatning tarixiy meros, tabiat va zamonaviy sayyohlik imkoniyatlarini uyg‘unlashtirgan istiqbolli yo‘nalish sifatidagi nufuzi tobora yuksalib borayotganini yaqqol namoyon etadi. @TIVMatbuot

  10. repost

    Taro Aso: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari tobora strategik ahamiyat kasb etib bormoqda Yaponiya parlamentning O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni qutladi O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram

  11. repost

    Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi. Kechqurun davlatimiz rahbari Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sana – mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etib, xalqimizni bayram bilan tabriklaydi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие в церемонии поминовения жертв репрессий в мемориальном комплексе «Шаҳидлар хотираси», а также возложит цветы к Монументу независимости в парке «Янги Узбекистон». Вечером глава нашего государства примет участие в торжественном мероприятии, посвященном знаменательной дате в истории нашей Родины – 35-летию независимости страны, и обратится к народу Узбекистана с праздничным поздравлением. Facebook|Instagram|X

  12. repost

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahridagi tibbiyot muassasasida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab bolalar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Asif Ali Zardoriy va Bosh vaziri Shahboz Sharifga hamdardlik yo‘lladi. Davlatimiz rahbari halok bo‘lgan bolalarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Президенту Исламской Республики Пакистан Асифу Али Зардари и Премьер-министру Шахбазу Шарифу в связи с гибелью и ранениями многих детей в результате сильного пожара в медицинском учреждении Исламабада. Глава нашего государства передал слова сочувствия и поддержки родным и близким погибших детей, пожелал скорейшего выздоровления пострадавшим. Facebook|Instagram|X

  13. repost

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nepalning Tibet bilan chegarasida yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani, jarohat olgani hamda katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan Nepal Prezidenti Ram Chandra Paudelga hamdardlik yo‘lladi. Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Президенту Непала Раму Чандре Пауделу в связи с многочисленными человеческими жертвами и пострадавшими, а также значительным ущербом в результате сильного наводнения в районе границы Непала с Тибетом. Глава нашего государства передал слова сочувствия и поддержки родным и близким погибших, пожелал скорейшего выздоровления пострадавшим. Facebook|Instagram|X

  14. repost

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Tibet avtonom rayonidagi Shigadze shahar okrugida yuz bergan keng ko‘lamli ko‘chki va toshqin oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani, jarohatlangani hamda katta iqtisodiy talafot ko‘rilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi. Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Председателю Китайской Народной Республики Си Цзиньпину в связи с многочисленными человеческими жертвами и пострадавшими, а также значительным экономическим ущербом в результате масштабного оползня и наводнения в городском округе Шигадзе Тибетского автономного района Китая. Глава нашего государства передал слова сочувствия и поддержки родным и близким погибших, пожелал скорейшего выздоровления пострадавшим. Facebook|Instagram|X

  15. repost

    ✍ “Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: Америкадаги 500 ватандошдан Президентга мактуб келди АҚШ ва Канадада яшаётган 500 нафар ўзбекистонлик Президент Шавкат Мирзиёевга мурожаат йўллаб, Янги Ўзбекистондаги ўзгаришлар ва мамлакатнинг халқаро майдондаги нуфузи юксалаётганини алоҳида эътироф этди. Мурожаатда сўнгги йилларда давлатнинг очиқлиги, хориждаги ватандошлар билан муносабат мутлақо янги босқичга кўтарилгани, улар билан мулоқот қилиш, фикрини эшитиш ва Ватан билан алоқаларини мустаҳкамлашга катта эътибор қаратилаётгани қайд этилган. 🇺🇸🇺🇿 Айниқса, Ўзбекистон ва АҚШ муносабатларининг янги босқичга кўтарилаётгани ватандошларда катта умид уйғотаётгани таъкидланган. Улар Президент Шавкат Мирзиёевнинг Дональд Трамп билан бўлажак бевосита ва ишончли мулоқоти, олий даражадаги учрашувлар, шунингдек, АҚШ ҳукумати, Конгресси ва ишбилармон доиралари билан кенгайиб бораётган ҳамкорлик Ўзбекистон учун янги имкониятлар очишига ишонч билдирган. 🔷“Сиз олиб бораётган сиёсат бизга нафақат янги имкониятлар яратмоқда, балки зиммамизга катта масъулият ҳам юкламоқда. Биз хорижда яшаётган ватандошлар Ўзбекистоннинг муносиб вакиллари бўлишимиз, Ватанимизнинг ҳақиқий қиёфасини кенг жамоатчиликка етказишимиз керак”, — дейилади мурожаатда. Ватандошлар америкалик тадбиркор ва инвесторларни Ўзбекистонга жалб қилиш, янги технологиялар, билим ва тажрибаларни Ватанга олиб бориш, таълимий ва маданий алоқаларни кучайтиришга ҳисса қўшишга тайёр эканини билдирган. Мурожаатда яна бир муҳим фикр алоҳида урғуланган: 🔷“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз. Ўзбекистоннинг ютуғи — бизнинг ютуғимиз. Ўзбекистон байроғининг дунё майдонида баланд кўтарилиши — ҳар бир ватандошимиз учун фахр ва ифтихордир”. Мактуб якунида ватандошлар Президент Шавкат Мирзиёевни ва Ўзбекистон халқини яқинлашиб келаётган Мустақиллик байрами билан табриклаб, мамлакат тинчлиги, халқ фаровонлиги ва Янги Ўзбекистон тараққиёти йўлидаги ислоҳотларга муваффақият тилаган. Мурожаат “Vatan Global Alliance” жамияти раиси Озод Солиев, Ўзбекистон халқ артистлари Эркин Малаков ва Муҳаббат Шамаева, Ватан Филадельфия жамияти раиси Саидулло Аҳмедов, Ватан Нью-Йорк жамияти раиси Бахтиёр Қодиров ҳамда Америкада яшаётган 500 нафар ватандош номидан йўлланган. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

  16. repost

    Sergey Lebedev: O‘zbekiston MDH rivojining asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi MDH Bosh kotibi O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizga tabrik yo‘lladi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram

  17. repost

    50 trillion so‘mlik 163 ta obyekt: Prezidentimiz eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida yangi quvvatlarni ishga tushirdi. — 163 объекта на 50 триллионов сумов: Президент нашей страны ввел новые мощности по случаю самого великого, самого дорогого праздника. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  18. repost
    +3

    Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda umumiy qiymati 50 trillion so‘mlik 163 ta yangi obyektni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi. — С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония ввода в эксплуатацию 163 новых объектов на общую сумму 50 триллионов сумов в регионах страны по случаю 35-летия независимости. #Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #obyektlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  19. «Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonni butunlay oʻzgartirdi» – Ilhom Aliyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyoti haqida gapirar ekan, Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat rahbarligiga kelgan davr bilan bugungi Oʻzbekiston oʻrtasidagi farqqa alohida urgʻu berdi. «Shavkat Miromonovich Oʻzbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat mutlaqo boshqacha edi. Mamlakatni rivojlanish yoʻliga olib chiqish, iqtisodiy poydevorni shakllantirish, sanoat va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, investitsiyalar jalb qilish uchun u juda katta saʼy-harakatlarni amalga oshirishiga toʻgʻri keldi. Bugun biz mutlaqo boshqa Oʻzbekistonni – xalqaro hamjamiyatning juda hurmatli aʼzosi boʻlgan, sanoat, qishloq xoʻjaligi, energetika va transport infratuzilmasini jadal rivojlantirayotgan Oʻzbekistonni koʻrib turibmiz», – dedi Ilhom Aliyev. Ozarbayjon yetakchisi ikki davlat oʻrtasida bugun amalga oshirilayotgan yirik qoʻshma va investitsiya loyihalari aynan Oʻzbekistonda yaratilgan iqtisodiy poydevor va salohiyat samarasi ekanini qayd etdi. Uning taʼkidlashicha, Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat oʻrtasida birorta ham qoʻshma loyiha boʻlmagan. Bugun esa 1 milliard dollarlik tovar ayirboshlash hajmi endi orzu emas, yaqin yillarda erishiladigan real maqsadga aylangan. @TIVmatbuot

  20. Older posts