🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K −10 24h
Reach per post (ERR) 17.7%926 avg views
Posting 2.8/day last 19 hours ago
Reactions per 1K views 12.7 👍 👏 🔥

O‘zbekiston mustaqil sayohatlar uchun dunyoning eng yaxshi yo‘nalishlari beshligidan joy oldi Nufuzli xalqaro sayyohlik platformasi “Much Better Adventures” tomonidan e’lon qilingan “Solo Travel Index 2026” reytingida O‘zbekiston mustaqil sayohatlar uchun dunyoning eng yaxshi yo‘nalishlari beshligidan joy oldi. Reytingni shakllantirishda sayohatlarni sayyohlarning taassurotlari, “Global Peace Index”, viza olish qulayligi, ovqatlanish xarajatlari, xilma-xillik hamda piyoda sayohat yo‘nalishlarining mavjudligi kabi mezonlar hisobga olingan. Platforma O‘zbekistonning Buyuk Ipak yo‘li merosi, boy tarixiy-madaniy salohiyati, tabiiy landshaftlari va rivojlangan turizm infratuzilmasini asosiy ustunliklar sifatida qayd etgan. Xususan, Nurota tog‘larida qadimiy so‘qmoqlar bo‘ylab sayohat qilish, mahalliy qishloqlar hayoti bilan tanishish, an’anaviy o‘tovlarda tunash hamda Qizilqum orqali Oydarko‘lga borish imkoniyatlari alohida ko‘rsatilgan. Shuningdek, Samarqandi, Buxoro, Xiva va boshqa tarixiy shaharlar O‘zbekistonning Buyuk Ipak yo‘li chorrahasidagi beqiyos tarixiy va madaniy merosini namoyon etuvchi muhim sayyohlik maskanlari sifatida qayd etilgan. Mazkur xalqaro e’tirof O‘zbekistonning jahon turizm xaritasidagi mavqei mustahkamlanib, mamlakatning tarixiy meros, tabiat va zamonaviy sayyohlik imkoniyatlarini uyg‘unlashtirgan istiqbolli yo‘nalish sifatidagi nufuzi tobora yuksalib borayotganini yaqqol namoyon etadi. @TIVMatbuot

Views over time

02505007501K28 Aug 05:1013 Nov 01:1187528 Aug 05:10: 0 views13 Nov 01:11: 875 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
28 Aug 2026, 05:100
13 Nov 2026, 01:11875

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.