🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K −10 24h
Reach per post (ERR) 17.7%926 avg views
Posting 2.8/day last 19 hours ago
Reactions per 1K views 12.7 👍 👏 🔥

«Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonni butunlay oʻzgartirdi» – Ilhom Aliyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyoti haqida gapirar ekan, Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat rahbarligiga kelgan davr bilan bugungi Oʻzbekiston oʻrtasidagi farqqa alohida urgʻu berdi. «Shavkat Miromonovich Oʻzbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat mutlaqo boshqacha edi. Mamlakatni rivojlanish yoʻliga olib chiqish, iqtisodiy poydevorni shakllantirish, sanoat va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, investitsiyalar jalb qilish uchun u juda katta saʼy-harakatlarni amalga oshirishiga toʻgʻri keldi. Bugun biz mutlaqo boshqa Oʻzbekistonni – xalqaro hamjamiyatning juda hurmatli aʼzosi boʻlgan, sanoat, qishloq xoʻjaligi, energetika va transport infratuzilmasini jadal rivojlantirayotgan Oʻzbekistonni koʻrib turibmiz», – dedi Ilhom Aliyev. Ozarbayjon yetakchisi ikki davlat oʻrtasida bugun amalga oshirilayotgan yirik qoʻshma va investitsiya loyihalari aynan Oʻzbekistonda yaratilgan iqtisodiy poydevor va salohiyat samarasi ekanini qayd etdi. Uning taʼkidlashicha, Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat oʻrtasida birorta ham qoʻshma loyiha boʻlmagan. Bugun esa 1 milliard dollarlik tovar ayirboshlash hajmi endi orzu emas, yaqin yillarda erishiladigan real maqsadga aylangan. @TIVmatbuot

Views over time

05001K1.5K24 Aug 05:1113 Nov 01:111.2K24 Aug 05:11: 0 views13 Nov 01:11: 1,160 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
24 Aug 2026, 05:110
13 Nov 2026, 01:111.2K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.