Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.
Murojaat uchun: @mfa_press_bot
Subscribers5.2K −10 24h
Reach per post (ERR)17.7%926 avg views
Posting2.8/daylast 19 hours ago
Reactions per 1K views12.7👍 👏 🔥
repost
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun bayonotidan asosiy fikrlar:
📌 Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega;
📌 Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi, u o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirish, hamkorlikni kengaytirish va umumiy kelajakni barpo etishga bo‘lgan mushtarak intilishni aks ettiradi;
📌 Ozarbayjon – bizning ishonchli ittifoqchimiz, strategik hamkorimiz va biz uchun qardosh davlat;
📌 Umumiy tarixiy ildizlar, ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zgarmas ma’naviy qadriyatlar va mushtarak madaniyat munosabatlarimizni mustahkam qiladi;
📌 Bir necha yil avval tashkil etilgan Investitsiya jamg‘armasi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surishda muhim rol o‘ynamoqda;
📌 Transkaspiy koridorining salohiyatini birgalikda rivojlantiramiz, logistika infratuzilmasi samaradorligini oshiramiz, Kaspiy dengizida qo‘shma flot tashkil etish bo‘yicha ishlarni faollashtiramiz;
📌 Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning adabiy merosiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy filmning yaratilishi muhim voqea bo‘ladi;
📌 Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida “Ikki mamlakat – bir chempionat” nomli keng ko‘lamli davlatlararo dasturni amalga oshirishni taklif etdik;
📌 Muhokamalarimizning mazmuni va kengligi O‘zbekiston – Ozarbayjon amaliy hamkorligining kun tartibi naqadar katta ko‘lam va misli ko‘rilmagan dinamikaga egaligini ko‘rsatmoqda;
📌 Tashrif yakunlari ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar va barqaror rivojlanish uchun yangi ufqlarni ochadi.
Facebook|Instagram|X
repost
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga maktub yo‘llab, mamlakatning yangilangan parlamenti – Qurultoyga saylovlar xalqaro standartlar va demokratik tamoyillar asosida muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.
Davlatimiz rahbari ushbu tarixiy voqea Qozog‘iston siyosiy tizimini takomillashtirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va parlament rolini sezilarli darajada kuchaytirishda yangi bosqichni boshlab berganini ta’kidladi.
Saylovlarda fuqarolarning faol ishtiroki Qasim-Jomart Toqayev rahbarligida amalga oshirilayotgan, Qozog‘istonning barqaror taraqqiyotini ta’minlash, uning xalqaro maydondagi nufuzi va ta’sirini yanada oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli konstitutsiyaviy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar xalq tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotganining yorqin tasdig‘i ekani qayd etildi.
O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizda ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari bilan bog‘langan qardosh qozoq xalqi zaminida bugun amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlarning yuksak natijalaridan samimiy mamnun ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik ikki do‘st mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari ruhida yangi sifat bosqichiga ko‘tarilishiga ishonch bildirildi.
Yakunda Prezident Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevga mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, qardosh Qozog‘iston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев направил письмо Президенту Республики Казахстан Касым-Жомарту Токаеву, в котором сердечно поздравил его с успешным проведением выборов в обновленный парламент страны – Курултай на основе международных стандартов и демократических принципов.
Глава нашего государства отметил, что это историческое событие свидетельствует о начале нового этапа совершенствования политической системы Казахстана, повышения эффективности государственного управления и существенного усиления роли парламента.
Активное участие граждан в состоявшихся выборах названо ярким подтверждением широкой поддержки населением глубоких конституционных и общественно-политических реформ, осуществляемых под руководством Касым-Жомарта Токаева и направленных на обеспечение устойчивого развития Казахстана, дальнейший рост его авторитета и влияния на международной арене.
Президент Узбекистана подчеркнул, что в нашей стране искренне рады высоким результатам масштабных преобразований, происходящих сегодня на земле братского казахстанского народа, с которым нас связывают многовековая дружба и добрососедство.
Также выражена уверенность, что тесное сотрудничество парламентов Узбекистана и Казахстана выйдет на новый качественный уровень в духе стратегического партнерства и союзнических отношений между двумя дружественными странами.
В завершение Президент Шавкат Мирзиёев пожелал Касым-Жомарту Токаеву крепкого здоровья, благополучия и больших успехов в государственной деятельности, а братскому народу Казахстана – мира и процветания.
Facebook|Instagram|X
edited
Oʻzbekiston va AQSH: hamkorlikning yangi qirralari!
Dunyoning eng nufuzli nashrlaridan biri — The New York Times Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarga bagʻishlangan maqola chop etildi.
Maqolada ikki davlat rahbarlari — Shavkat Mirziyoyev va Donald Trump oʻrtasidagi muloqot natijasida oʻtgan yili 32 milliard dollarlik oʻzaro savdo bitimlari imzolangani, shuningdek, Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoni AQSH tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani qayd etilgan.
Alohida eʼtibor Oʻzbekistonning “Boeing” bilan 8 milliard dollarlik shartnoma imzolaganiga qaratilgan.
Shuningdek, maqolada madaniy diplomatiya doirasida Oʻzbekistondan AQSHga anʼanaviy oʻzbek ayvonlari — milliy meʼmorchilikning betakror namunalari taqdim etilgani yoritilgan. Ushbu noyob sanʼat asarlari Vashingtondagi West Potomac bogʻida joylashtirilishi rejalashtirilgan.
Bunday eʼtirof Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi oʻrni va iqtisodiy salohiyati ortib borayotganidan dalolat beradi.
@TIVmatbuot
repost
Rashod Mammadov: Ozarbayjon Markaziy Osiyoning bir qismi va Yevropaga ochiladigan darvozasidir
Ozarbayjon elchisi Toshkentda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi O‘zbekiston–Ozarbayjon sammiti arafasida “Dunyo” AA muxbiriga eksklyuziv intervyu berdi
“Dunyo” AA olgan surat
Batafsil
Батафсил
Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
Hamkasblarimizni samimiy tabriklaymiz!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida"gi Farmoniga asosan, Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh hamkasblarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Saidov Baxtiyor Odilovich — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
“Mardlik” ordeni bilan
Nasriyev Fariddin Badriddinovich — Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Usmanov Bobur Masudovich — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari
“Shuhrat” medali bilan
Madraximov Muzaffarbek Anvarbekovich — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari
Yigitaliyev Shuxratjon Maxamadnabiyevich — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi
Hamkasblarimizni ushbu yuksak davlat mukofotlari bilan chin dildan muborakbod etamiz!
@TIVmatbuot
(poll without text)
(poll without text)
(poll without text)
(poll without text)
(poll without text)
(poll without text)
(poll without text)
(poll without text)
(poll without text)
(poll without text)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 23–24-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.
Shu munosabat bilan navbatdagi viktorinamizni Oʻzbekiston–Ozarbayjon munosabatlariga bagʻishladik.
Siyosat, tarix, madaniyat va ikki tomonlama munosabatlarga oid qiziqarli 10 ta savolga javob bering va bilimingizni sinab koʻring!
🇺🇿🤝🇦🇿
@TIVmatbuot
repost
O‘zbekiston–Ozarbayjon: tarixiy aloqalardan strategik ittifoqchilik sari
23–24-avgust kunlari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati arxividan olingan surat
Batafsil
Батафсил
Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
repost
Binali Yildirim: O‘zbekistonga bormay turib turkiy dunyoni, uning tarixi va kelajagini anglab bo‘lmaydi
Turkiyalik davlat va jamoat arbobi, mamlakatning sobiq Bosh vaziri va parlament spikeri, ayni vaqtda Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni qutladi
Batafsil
Батафсил
Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
repost
🌐🌐🌐🌐🌐
🔺O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Mamlakatimizga yangi tayinlangan elchilarni qabul qildi hamda TIV faoliyatidagi muhim uchrashuv va muzokaralar;
📹 Batafsil
Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
repost
Ramona Nikol Menesku: O‘zbekiston yoshlari davlatning eng muhim resurslaridan biridir
Ruminiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri, O‘zbekiston faxriy konsuli mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni tabrikladi
Batafsil
Батафсил
Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram