Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy kanali.
Sahifalar: https://mudofaa.taplink.ws/
Tezkor: https://t.me/mudofaalive
Murojaat: 15-30
Subscribers98K +4.2K 24h
Reach per post (ERR)17.2%16.8K avg views
Posting20.3/daylast 37 minutes ago
Reactions per 1K views5.9👍 🔥 👏
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
⭐️Vatan himoyachilari xotirasi – hamisha qalblarda
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi hamda viloyat faxriylar kengashi a’zolari hamkorligida Vatan himoyasi yo‘lidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari holidan xabar olindi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Serjant – armiyaning tayanchi, yetakchilik maktabining ilg‘or vakili
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugda o‘tkazilgan “Ilg‘or bosh serjant” ko‘rik-tanlovida serjantlar nafaqat yuqori natija, balki vazifani aniq, tezkor va mas’uliyat bilan bajarish, murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, o‘ziga ishonch va qat’iyatini namoyon etdi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
⭐️Markaziy harbiy okrugda bayram tantanalari
Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining “Impuls” harbiy ansambli hamkorligida o‘tkazilgan mazkur bayramona konsert dasturi "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" bosh g‘oyasi va ezgu shiori ostida bo‘lib o‘tdi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot
⭐️Vatan millat fidoyilarini unutmaydi!
Anvarjon Otabekov — Vatan ravnaqi va xalq tinchligi yo‘lida mardlarcha xizmat qilgan jasur harbiy xizmatchi. Uning jasorati, fidoyiligi va harbiy burchga sadoqati bugungi avlod uchun chinakam vatanparvarlik namunasi bo‘lib qoladi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot
⭐️Kichik serjant Otabekov Anvarjon Mashrabboyevich 1982-yil 18-oktabr kuni Andijon viloyatining Marhamat tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan.
Otasi Mashrabboy aka va onasi Muborakxon opalar 4 farzand Erkinjon, Komiljon va Anvarjon, qizlari Gulchehralarni dunyoga keltirib, voyaga yetkazgan.
1989-yil Marhamat tumanidagi 6-umumta’lim maktabning 1-sinfga o‘qishga borgan, maktabda a’lo baholarga o‘qigan. 1999-yil o‘rta maktabni tamomlagach, Marhamat tumanidagi gidromelioratsiya va suv xo‘jaligi kollejida tahsil olgan.
2000- yilda muddatli harbiy xizmatni o‘tab, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida shartnoma asosida harbiy xizmatni davom ettirgan.
2005-yil 13-may kuni Andijon shahrida terrorchi-ekstremistik guruhlarning ma’muriy binoga qilgan hujumini qaytarish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
⭐️Vatan uchun qalqon bo‘lgan o‘g‘lonlar xotirlandi
“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
❤️🔥❤️🔥❤️🔥1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
🔉Raqamli dunyoda xavfsizlikka befarq bo‘lmang
⭐️Bugungi kunda internet va mobil qurilmalardan foydalanishda kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, noma’lum manbalardan yuborilgan APK fayllarni yuklab olish va o‘rnatish shaxsiy ma’lumotlar, bank kartalari hamda messenjerlardagi akkauntlar xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin.
➡️Shu bois fuqarolardan noma’lum havolalar va fayllarni ochmaslik, ilovalarni faqat rasmiy manbalardan yuklab olish, qurilmalarda xavfsizlik funksiyalaridan foydalanish hamda ikki bosqichli himoyani yoqish so‘raladi.
🔗Unutmang, raqamli xavfsizlik — avvalo, o‘zingizdan boshlanadi!
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Korrupsiyaga murosasiz munosabat – har birimizning burchimiz
Jizzax viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi hamda uning tasarrufidagi shahar va tuman mudofaa ishlari boʻlimlarining shaxsiy tarkibi ishtirokida “Korrupsiyaga murosasiz munosabatda boʻlish – har birimizning burchimiz” mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
🔉Taekvondochilarimiz “WT President’s Cup” turnirini uchta medal bilan boshladi
⭐️Pokistonning Lahor shahrida taekvondo WT bo‘yicha nufuzli “World Taekwondo President’s Cup – Asia” xalqaro turnirining ilk kun bellashuvlari yakunlandi.
🗃Musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mudofaa vazirligi sportchilari dastlabki kunning o‘zidayoq munosib natija qayd etib, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
🗃Xususan, -74 kg vazn toifasida Qurolli Kuchlar xizmatchisi Najmiddin Qosimhojiyev, +73 kg vazn toifasida leytenant Svetlana Saidova kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, +87 kg vazn toifasida Qurolli Kuchlar xizmatchisi Marat Mavlonov bronza medalni qo‘lga kiritdi.
🔗Sportchilarimizning ushbu natijasi ularning xalqaro maydondagi munosib ishtiroki, yuqori sport mahorati va bellashuvlarda qat’iyat bilan kurashayotganidan dalolat beradi. Sportchilarimizga navbatdagi bellashuvlarda omad, kuch-g‘ayrat va yangi g‘alabalar tilaymiz!
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
⭐️Vatan himoyachilari xotirasi doimo e’zozda
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ezgu an’analarning mantiqiy davomi sifatida xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan fidoyi o‘g‘lonlarimizning xotirasini yod etish hamda ularning yaqinlari holidan xabar olishga bag‘ishlangan yo‘qlov tadbirlari tashkil etilmoqda.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
edited
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
⭐️Marg‘ilonda o‘tkazilgan harbiy-vatanparvarlik festivali istiqlol shukuhini taratdi
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
❤️❤️❤️
🔉Vatan tinchligi yo‘lida jon fido qilgan o‘g‘lonlar xotirasi yod etilmoqda
⭐️Ayni vaqtda “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida “Vatan uchun qalqon bo‘lgan o‘g‘lonlar xotirasi abadiy” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
🗃Tadbir avvalida konferensiya ishtirokchilari ya'ni Mudofaa vazirligi rahbariyati, Jamoatchilik va faxriylar kengashi a’zolari, Vatan himoyasi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yaqinlari hamda yoshlar majmua hududidagi “Millat fidoyilari” monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.
➡️Unda yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida jonini fido qilgan mard va jasur o‘g‘lonlarning yorqin xotirasi yod etilib, ularning beqiyos jasorati va Vatan oldidagi fidoyiligi chuqur ehtirom bilan tilga olindi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Yosh kursantlar Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga yangi qabul qilingan yosh kursantlar universitet tasarrufidagi Quruqlikdagi qo‘shinlar institutiga bo‘lib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-moddiy baza hamda zamonaviy harbiy texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
⭐️Sirdaryoda Mustaqillik bayrami munosabati bilan bayramona konsert dasturi o‘tkazildi
Jo‘shqin musiqiy asarlar, vatanparvarlik ruhidagi taronalar hamda dilbar kuylar yig‘ilganlarni bir maqsad — Vatanga muhabbat, yurt tinchligi va xalq farovonligiga daxldorlik tuyg‘usi atrofida birlashtirdi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
repost
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti: birinchi qadamdan boshlab katta biznesga aylangunga qadar qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda.
—
Открытый диалог Президента с предпринимателями: создаются огромные возможности для всесторонней поддержки – от первых шагов до становления крупного бизнеса.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⭐️Harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligini oshirish yo‘lida
Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism madaniyat markazida “Qonunchilik sohasidagi islohotlar va yangiliklar bilan hamnafas bo‘lish bugungi kunning talabi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot
⭐️Vatan millat fidoyilarini unutmaydi!
Alisher Salimov — Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida qahramonlarcha jon fido qilgan jasur ofitser. Uning mardligi va fidoyiligi xalqimiz qalbida mangu yashaydi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot
⭐️Katta leytenant Salimov Alisher Sattarovich 1977-yil 15-sentabrda Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan.
U oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib, ukasi hamda singlisiga doim o‘rnak bo‘lgan. 1984-yil Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 1-sinfga o‘qishga borib, o‘qishni 1995-yil a’lo baholarga tamomlagan.
Alisher Salimov maktabni tamomlagach, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1999-yil a’lo baholarga bitirib, yosh leytenant xizmat faoliyatini Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon tumanida joylashgan harbiy qismda boshlagan.
U 2000-yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida bo‘lib o‘tgan jangovar harakatlarga safarbar qilingan va ushbu jangda qahramonlarcha halok bo‘lgan.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi
Sharqiy harbiy okrug Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda garnizon yong‘in nazorati inspeksiyasi mutaxassislarini jalb etgan holda muddatli harbiy xizmatchilar uchun ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
Tadbir davomida poraxo‘rlik, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sabab va oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com