#Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot ⭐️Kichik serjant Otabekov Anvarjon Mashrabboyevich 1982-yil 18-oktabr kuni Andijon viloyatining Marhamat tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan. Otasi Mashrabboy aka va onasi Muborakxon opalar 4 farzand Erkinjon, Komiljon va Anvarjon, qizlari Gulchehralarni dunyoga keltirib, voyaga yetkazgan. 1989-yil Marhamat tumanidagi 6-umumta’lim maktabning 1-sinfga o‘qishga borgan, maktabda a’lo baholarga o‘qigan. 1999-yil o‘rta maktabni tamomlagach, Marhamat tumanidagi gidromelioratsiya va suv xo‘jaligi kollejida tahsil olgan. 2000- yilda muddatli harbiy xizmatni o‘tab, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida shartnoma asosida harbiy xizmatni davom ettirgan. 2005-yil 13-may kuni Andijon shahrida terrorchi-ekstremistik guruhlarning ma’muriy binoga qilgan hujumini qaytarish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com