🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❤️❤️❤️ 🔉Vatan tinchligi yo‘lida jon fido qilgan o‘g‘lonlar xotirasi yod etilmoqda ⭐️Ayni vaqtda “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida “Vatan uchun qalqon bo‘lgan o‘g‘lonlar xotirasi abadiy” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. 🗃Tadbir avvalida konferensiya ishtirokchilari ya'ni Mudofaa vazirligi rahbariyati, Jamoatchilik va faxriylar kengashi a’zolari, Vatan himoyasi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yaqinlari hamda yoshlar majmua hududidagi “Millat fidoyilari” monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yishdi. ➡️Unda yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida jonini fido qilgan mard va jasur o‘g‘lonlarning yorqin xotirasi yod etilib, ularning beqiyos jasorati va Vatan oldidagi fidoyiligi chuqur ehtirom bilan tilga olindi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com