🔉Taekvondochilarimiz “WT President’s Cup” turnirini uchta medal bilan boshladi ⭐️Pokistonning Lahor shahrida taekvondo WT bo‘yicha nufuzli “World Taekwondo President’s Cup – Asia” xalqaro turnirining ilk kun bellashuvlari yakunlandi. 🗃Musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mudofaa vazirligi sportchilari dastlabki kunning o‘zidayoq munosib natija qayd etib, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. 🗃Xususan, -74 kg vazn toifasida Qurolli Kuchlar xizmatchisi Najmiddin Qosimhojiyev, +73 kg vazn toifasida leytenant Svetlana Saidova kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, +87 kg vazn toifasida Qurolli Kuchlar xizmatchisi Marat Mavlonov bronza medalni qo‘lga kiritdi. 🔗Sportchilarimizning ushbu natijasi ularning xalqaro maydondagi munosib ishtiroki, yuqori sport mahorati va bellashuvlarda qat’iyat bilan kurashayotganidan dalolat beradi. Sportchilarimizga navbatdagi bellashuvlarda omad, kuch-g‘ayrat va yangi g‘alabalar tilaymiz! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com