#Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot ⭐️Katta leytenant Salimov Alisher Sattarovich 1977-yil 15-sentabrda Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. U oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib, ukasi hamda singlisiga doim o‘rnak bo‘lgan. 1984-yil Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 1-sinfga o‘qishga borib, o‘qishni 1995-yil a’lo baholarga tamomlagan. Alisher Salimov maktabni tamomlagach, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1999-yil a’lo baholarga bitirib, yosh leytenant xizmat faoliyatini Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon tumanida joylashgan harbiy qismda boshlagan. U 2000-yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida bo‘lib o‘tgan jangovar harakatlarga safarbar qilingan va ushbu jangda qahramonlarcha halok bo‘lgan. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com