"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar: https://hipolink.net/utyaj Elektron chiptalarni xarid qilish: chipta.railway.uz Yo‘lovchilarni tashish: https://t.me/uzrailpassuz Yuklarni tashish: https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
  1. repost

    Qashqadaryoda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ham yirik loyihalar amalga oshiriladi. Osiyo taraqqiyot banki bilan A-380 avtomobil yo‘lining viloyatdan o‘tuvchi 100 kilometr qismini rekonstruksiya qilish boshlanadi. Loyiha qiymati 350 million dollar. Qarshi shahrining aylanma yo‘li 5,5 kilometrga uzaytirilib, mazkur magistralga ulanadi. Masʼullarga texnik-iqtisodiy asoslarni shu yil yakunlab, yanvardan qurilishga kirishish topshirildi. “Qarshi – Pomuq” va “G‘uzor – Beynau” yo‘llaridagi temir yo‘l kesishmalarida poyezd o‘tayotgan vaqtda katta tirbandlik yuzaga kelmoqda. Bu joylarda qiymati 250 milliard so‘m bo‘lgan ikkita zamonaviy yo‘l o‘tkazgich quriladi. Facebook|Instagram|X

  2. Diqqat, vaqtinchalik cheklov! Hurmatli haydovchilar! 2026-yil 25-oktabr, yakshanba kuni soat 12:00 dan 14:00 ga qadar “Olmaliq — Sirdaryo” avtomobil yo‘lining Piskent tumani hududidan o‘tuvchi 25-kilometrida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Mazkur cheklov yangi barpo etilayotgan “Nurafshon — Piskent — Bo‘ka — Boyovut — Yangiyer” yo‘nalishidagi elektrlashtirilgan temir yo‘li qurilishi doirasida 141-piketda ko‘prik balkalarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan joriy etiladi. Haydovchilardan ushbu holatni inobatga olib, safar yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish, muqobil aylanma yo‘llardan foydalanish hamda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish so‘raladi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  3. viral

    TEMIR YO‘L SOHASIDA SAMARADORLIK, RAQAMLASHTIRISH VA XAVFSIZLIK — E’TIBOR MARKAZIDA Joriy yilning 21-oktabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G‘. Narzullayev Qarshi vagon deposi hamda Qarshi lokomotiv deposida bo‘lib, korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari, texnik holat va ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdi. 🔺 O‘rganishlar davomida vagon va lokomotivlarni ta’mirlash sexlaridagi ish jarayonlari, ta’mirlash uchun tayyorlangan mexanizmlar, zamonaviy texnik vositalar hamda mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan texnologik talablar va muddatlarga rioya etilishi yuzasidan tegishli masalalarga e’tibor qaratildi. 🔺Raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, elektron tizimlardan samarali foydalanish hamda boshqaruv jarayonlarida raqamli yechimlarni keng joriy etish imkoniyatlari o‘rganildi. 🔺Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masalalari ham alohida nazoratdan o‘tkazildi. Ish joylarida xavfsizlik talablariga rioya qilinishi, xodimlar uchun zarur sharoitlar yaratilgani, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish hamda ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar holatiga e’tibor berildi. 🔺Bundan tashqari, ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash, mavjud texnik imkoniyatlardan oqilona foydalanish, ta’mirlash sifatini yanada oshirish, ehtiyot qismlar va mexanizmlarning tayyorlik darajasini ta’minlash hamda korxonalarning umumiy faoliyati samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  4. repost

    “ISTIQLOL” DISPETCHERLIK NAZORATI TIZIMINING IMKONIYATLARI TAQDIM ETILDI Toshkent davlat transport universiteti tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyatiga “Istiqlol” loyihasi doirasida ishlab chiqilayotgan avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorati tizimining navbatdagi natijalari taqdim etildi. Taqdimot davomida temir yo‘l uchastkalaridagi stansiyalar va peregonlarda poyezdlar harakatini avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish hamda bajarilgan harakat jadvalini yuritish tizimining amaliy imkoniyatlari namoyish etildi. Mazkur tizim poyezdlarning harakatini real vaqt rejimida kuzatish, ularning stansiyalarga kelishi, jo‘nashi va to‘xtamasdan o‘tishi haqidagi ma’lumotlarni qayd etish, shuningdek, harakat jadvalining bajarilishini avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish imkonini beradi. Tizimni joriy etish orqali dispetcherlarni tezkor va aniq axborot bilan ta’minlash, ma’lumotlarni qo‘lda kiritish hajmini kamaytirish hamda poyezdlar harakatini boshqarish samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan. Bunday raqamli yechimlar temir yo‘l transportida boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish, harakat jadvali ijrosini nazorat qilish va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. "Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍 🌎railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

  5. repost

    📢Hurmatli yo‘lovchilar! Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 732/731-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi tarkibi zamonaviy “CRRC-Daliyan” elektropoyezdiga almashtiriladi. 🚆Qatnovlar amaldagi harakatlanish kunlarida quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi: ➡️732-sonli “Toshkent — Andijon” 🗓2026-yil 21-oktabrdan boshlab: • Toshkent-Yo‘lovchi vokzalidan jo‘nash — 18:40; • Andijon-1 vokzaliga yetib borish — 23:12. ➡️731-sonli “Andijon — Toshkent” 🗓2026-yil 22-oktabrdan boshlab: • Andijon-1 vokzalidan jo‘nash — 07:20; • Toshkent-Yo‘lovchi vokzaliga yetib borish — 12:12. Elektropoyezd 5 ta ekonom toifadagi vagondan iborat bo‘lib, jami 415 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. ⚠️ Muhim! Elektropoyezdni haftalik texnik ko‘rikdan o‘tkazish munosabati bilan 2026-yil 26-oktabrdan boshlab har dushanba kuni 730/729-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” qatnovi bekor qilinadi. 🕒 Shuningdek, quyidagi poyezdlarning harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi: • 21-oktabrdan — 125/126-sonli “Andijon — Xiva/Urganch”, 129/130-sonli “Andijon — Termiz”, 127/128-sonli “Andijon — Qo‘ng‘irot”, shuningdek, 6312, 7091, 7093 va 7094-sonli mahalliy qatnovlar; • 22-oktabrdan — 95/97-sonli “Andijon — Toshkent”; • 24-oktabrdan — 93-sonli “Andijon — Toshkent” hamda 98/94-sonli “Toshkent — Andijon”; • 25-oktabrdan — 734/92-sonli “Toshkent — Andijon”; • 26-oktabrdan — 733-sonli “Andijon — Toshkent”; • 27-oktabrdan — 91-sonli “Andijon — Toshkent”. 130/129-sonli “Termiz — Andijon” poyezdining 20-oktabrdan Termizdan jo‘naydigan qatnovi uchun Toshkent-Janubiy — Andijon qismidagi yangi jadval 21-oktabrdan amal qiladi. 🎫 Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni inobatga olishlarini hamda jo‘nash vaqtini oldindan aniqlashtirishlarini so‘raymiz. 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook

  6. repost
    +3

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida umumiy qiymati 6 milliard dollardan ziyod boʻlgan 161 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi. — В рамках поездки в Кашкадарьинскую область Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии ввода в строй и начала строительства 161 проекта на общую сумму более 6 миллиардов долларов. #Mirziyoyev #tashrif #Qashqadaryo #loyihalar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  7. repost

    21-OKTABR—O‘ZBЕK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BЕRILGAN KUN 🖋✍️ “Toshkent MTU” filialida taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida, ushbu bayram munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Filial boshlig‘ining o‘rinbosari R.Eshanqulov boshqargan ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari nomzodi, shoir va yozuvchi D. Muhammadiy va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Dilnoza Kamollar ishtirok etib, ona tilimizning boy tarixi, uning milliy o‘zligimizni anglashdagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdilar. Ijodkorlar o‘zlarining ijodiy izlanishlari hamda adabiy qarashlari bilan o‘rtoqlashib, o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdilar. Tadbirda ishtirok etgan temiryo‘lchi xodimlar va yoshlar ular bilan bevosita muloqot qilib, o‘zbek adabiyotining boy ma’naviy merosi , ona tilimizning jozibasi haqida kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  8. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh mezoni, inson qadrini ulug‘lash va odamlarning dard-u tashvishlari bilan yashashdan iborat. Ushbu ezgu g‘oyaning amaldagi yorqin ifodasini mana 25-yildirki yurtimiz temir yo‘llari bo‘ylab kezib kelayotgan, xalq orasida “najot karvoni” nomini olgan “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordam poyezdi faoliyatida ham ko‘rish mumkin.Brigada tarkibidagi tajribali terapevt, nevropatolog, pediatr, ginekolog, endokrinolog, dermatolog va stomatologlar olis ovullardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar, keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib kelmoqda. Darhaqiqat, 25-yil, tarix uchun qisqa fursat bo‘lsa-da, “Salomatlik” poyezdi uchun bu millionlab sog‘lomlashtirilgan insonlar, asrab qolingan hayotlar, minglab kilometr masofalar va xalqning davlatdan rozilik tuyg‘usi demakdir. Chorak asr davomida jazirama issiq va qahraton sovuqlarga qaramay, poyezd jamoasi relslar orqali insonlarga sog‘lik va tabassum ulashishda davom etadi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  9. repost

    Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli korxonalarida obodonlashtirish va qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi Joriy yilning 20-oktyabr kuni Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali boshlig‘i B.P. Millajanov tomonidan uzel tasarrufidagi bir qator korxona va muassasalarda navbatdagi ishchi o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘rganishlar davomida: Qo‘qon temir yo‘l masofasi ; Qo‘qon lokomotiv deposi ; Qo‘qon temir yo‘l shifoxonasi hududlari hamda xizmat binolari ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida asosan quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi: - Korxona sexlarida olib borilayotgan tub ta’mirlash hamda modernizatsiya jarayonlari; - Temir yo‘l shifoxonasi va korxonalar atroflarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tashqi estetik ko‘rinishini yaxshilash; - Ishchi-xodimlar va tibbiyot xodimlari uchun munosib mehnat hamda xizmat sharoitlarini yaratish. Hududlarni ozoda va shinam holatga keltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

  10. repost

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyatining tegishli buyrug‘iga asosan “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialiga qarashli korxona, tashkilot va stansiyalarda texnik ko‘rik o‘tkazish boshlandi. ➖Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti boshlig‘i birinchi o‘rinbosari X.S.Djalalov va "Termiz MTU" filiali boshlig‘i O.N.Xudoyqulovlar boshchiligidagi komissiya a’zolari tomonidan “Oqnazar–Qumqo‘rg‘on-Quduqli” temir yo‘l uchastkasida kompleks o‘rganish ishlari olib borildi. Tekshiruv davomida: 🔹 harakat xavfsizligi talablariga rioya etilishi; 🔹 profilaktik ishlarning samarali tashkil etilishi; 🔹 temir yo‘l infratuzilmasining texnik holati; 🔹 mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi; 🔹 korxona va stansiyalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi; 🔹 mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish holatlari nazoratdan o‘tkazildi. ➖Kuz-qish mavsumi — temir yo‘l tizimi uchun alohida mas’uliyat davri. Shu bois mavsumiy tayyorgarlikni puxta tashkil etish, texnik vositalarning sozligi, xodimlar mehnat xavfsizligi hamda poyezdlar harakatining barqarorligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biridir. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱Telegramm |📱 Facebook |📱Web|

  11. 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kun bilan tabriklaymiz! Til - millat ovozi, qadr-qimmatimiz va kuchimizdir! |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  12. repost
    +3

    Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi ikkinchi yig‘ilishining ochilishida imzolangan hujjatlarni almashish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. — В ходе открытия второго заседания Американо-Узбекского делового и инвестиционного совета с участием Президента Шавката Мирзиёева также состоялась церемония обмена подписанными документами. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  13. repost

    QАBUL QILINАYOTGАN VА JO‘NАTILАYOTGАN YUK POYEZDLАRINING SONINI KO‘PАYTIRISH YO‘LIDА↗️ Sohada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida, transport xizmatlari sifati yanada yaxshilandi. Birgina yuk tashish tizimini oladigan bo‘lsak, mamlakatimizga xorijdan qabul qilinayotgan va jo‘natayotgan poyezdlar soni 25 juftdan 35 juftga yetkazildi. Аyni kunda, buni 40 juftga yetkazish ustida ish olib borilmoqda. Jamiyatning Yagona dispetcherlik markazida, Tashishlarni tashkil etish departamenti, Yuk va tijorat ishlari boshqarmasi, “Toshkent MTU” Filiali rahbariyati, Respublika bojxona qo‘mitasi va Toshkent shahar bojxona boshqarmasi bo‘lim boshliqlari ishtirokida o'tgan uchrashuvda shu haqda so‘z yuritildi. Unda poyezdlar tirbandligini oldini olish, yurtimizga kirib kelayotgan yuk poyezdlarini nazorat qilish, hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlari borasida fikrlashib olindi. Temiryo‘lchilar tomonidan taklif kiritilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  14. repost

    TEMIR YO‘L TIZIMIDA ISHLAR SAMARADORLIGI VA HARAKAT XAVFSIZLIGI — DOIMIY E’TIBORDA Joriy yilning 19-oktabr kuni “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruvi raisi S.A. Norqabilov “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida filialning yangi tayinlangan rahbari O.N. Xudoyqulov jamoaga tanishtirildi. Shundan so‘ng, Boshqaruv raisi uzel tasarrufidagi hududiy filiallar va qator temir yo‘l stansiyalarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqarish jarayonlari hamda mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, Termiz lokomotiv deposida olib borilayotgan ta’mirlash va bunyodkorlik ishlari, ishlab chiqarish jarayonlari hamda xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida lokomotivlarning texnik holati, ularning belgilangan ekspluatatsiya me’yorlariga muvofiqligi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarining sifati hamda samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, lokomotiv brigadalarining xizmat vazifalarini bajarish tartibi, mehnat va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi hamda poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi mas’uliyati o‘rganildi. Bundan tashqari, depo ta’mirlash sexlaridagi ishlab chiqarish jarayonlari, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ish joylaridagi sharoitlar va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — temir yo‘l infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, texnik vositalarning sozligini nazorat qilish, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda poyezdlar harakati xavfsizligini yanada mustahkamlashdan iborat. "Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍 🌎railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

  15. «O‘zbekiston temir yo‘llari» yuk tashish hajmini oshirishga doir kelishuv imzoladi Joriy yil 14-16 oktyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan «NEW SILK WAY» VIII xalqaro biznes-forumi doirasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Boshqaruvi raisi Z.G. Narzullayev Qozog‘iston, Ozarbayjon, Afg‘oniston va Tojikiston temir yo‘l administratsiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarda yuk tashish hajmlarini oshirish, tranzit va import tashuvlarini kengaytirish hamda mavjud transport yo‘laklari imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar qo‘shimcha yuk oqimlarini jalb etish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, temir yo‘l logistikasi samaradorligini oshirish, tashish jarayonlarini o‘zaro muvofiqlashtirish va yuklarni o‘z vaqtida yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro yo‘nalishlarda qulay va raqobatbardosh logistika xizmatlarini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. Uchrashuvlar yakunida yuk tashish hajmlarini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tomonlar mintaqaviy transport aloqalarini mustahkamlash va temir yo‘l sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  16. repost

    TADBIRKORNING YUTUG‘I- BUTUN XALQIMIZNING YUTUG‘I Bugun 🚉“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi, 🚉“Toshkent MTU” Filiali, Biznes-ombudsman devonining Toshkent shahar sho‘basi rahbariyati va qator hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida tadbikorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. 50 dan ziyod tadbirkorlik subekti vakillari qatnashgan ushbu tadbirda, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi muammolar, bojxona to‘lovlari, rasmiylashtiruv jarayonlari kabi 20 dan ortiq masala muhokama qilindi. Temir yo‘l orqali yuk tashishda vagonlar etkazib berish, tranzit yuklarni olib kelish jarayonlarini soddalashtirish, bundan tashqari, sanitariya talablari, tegishli sertifikatlarni olish, elektron tizimlardan foydalanish masalalari bo‘yicha tadbirkorlarning takliflari tinglandi. Bildirilgan murojaat va takliflarni ko‘rib chiqib, muammolarni hal etish va masʼul idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  17. repost

    Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi. Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi. Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart. — Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах. Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений. Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет. Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.

  18. repost

    Harakat xavfsizligi kuni «Neftchilar – Quva» peregonida oʻtkazildi Temir yoʻllarda harakat xavfsizligini ta'minlash hamda mavjud infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida «Harakat xavfsizligi kuni» doirasida keng koʻlamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur tadbir jarayonida Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali boshligʻi B.P.Milladjanov mas'ullar va soha xodimlari bilan birgalikda «Neftchilar – Quva» peregoniga chiqib, barcha xoʻjaliklar boʻyicha tekshiruv va koʻzdan kechirish ishlarini amalga oshirdi. Temir yoʻl izlari, xoʻjalik obyektlari va bajarilayotgan ta'mirlash-sozlash jarayonlari yaqindan oʻrganilib, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi qattiq nazoratga olindi.

  19. Older posts