"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏

Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh mezoni, inson qadrini ulug‘lash va odamlarning dard-u tashvishlari bilan yashashdan iborat. Ushbu ezgu g‘oyaning amaldagi yorqin ifodasini mana 25-yildirki yurtimiz temir yo‘llari bo‘ylab kezib kelayotgan, xalq orasida “najot karvoni” nomini olgan “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordam poyezdi faoliyatida ham ko‘rish mumkin.Brigada tarkibidagi tajribali terapevt, nevropatolog, pediatr, ginekolog, endokrinolog, dermatolog va stomatologlar olis ovullardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar, keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib kelmoqda. Darhaqiqat, 25-yil, tarix uchun qisqa fursat bo‘lsa-da, “Salomatlik” poyezdi uchun bu millionlab sog‘lomlashtirilgan insonlar, asrab qolingan hayotlar, minglab kilometr masofalar va xalqning davlatdan rozilik tuyg‘usi demakdir. Chorak asr davomida jazirama issiq va qahraton sovuqlarga qaramay, poyezd jamoasi relslar orqali insonlarga sog‘lik va tabassum ulashishda davom etadi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

Views over time

01K2K3K21 Oct 05:2712 Nov 18:563.2K21 Oct 05:27: 0 views12 Nov 18:56: 3,160 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
21 Oct 2026, 05:270
12 Nov 2026, 18:563.2K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.