"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Rasmiy ijtim.tarmoqlar va boshqa ma‘lumotlar: https://hipolink.net/utyaj Elektron chiptalarni xarid qilish: chipta.railway.uz Yo‘lovchilarni tashish: https://t.me/uzrailpassuz Yuklarni tashish: https://www.railway.uz/uz/uslugi/gruzovye_perevozki/24050

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
  1. repost

    QARSHI TEMIR YO‘L SHIFOXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI Joriy yilning 13-oktabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi topshirig'i ijrosini ta'minlash yuzasidan "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali boshlig'i M.X.Mirzayev tomonidan Qarshi temir yo‘l shifoxonasi faoliyati o'rganildi. O'rganishlar davomida shifoxonada yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalanish darajasi hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyati atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, bemorlarga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, temir yo‘l xodimlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish, shifoxona hududini obodonlashtirish hamda gul-ko'chatlar ekish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 🏢 Qarshi MTU Matbuot xizmati. 📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat

  2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda Mustaqillik bayrami ma’ruzasiga bag‘ishlangan o’quv-seminar o‘tkazildi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faollar zalida tizim tasarrufidagi korxona va tashkilotlar xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqining mazmun-mohiyati hamda unda ilgari surilgan ijtimoiy-ma’naviy tashabbuslarning ahamiyati batafsil tushuntirildi. Tadbirlarda temir yo‘l tizimining markaziy apparati, boshqarma va direksiyalaridan 150 nafardan ortiq mas’ul rahbar va xodimlar bevosita, respublika bo‘ylab 166 ta korxona va tashkilot vakillari esa videokonferensaloqa rejimi orqali ishtirok etdilar. Seminarni Personalni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ahmadjon Mavlonov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarning dolzarbligiga to‘xtaldi. So’ng Falsafa fanlari doktori, professor Jaloliddin Yusupov o‘z chiqishida davlatimiz rahbari nutqining asosiy g‘oyasi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” tamoyili atrofiga birlashish ekanligini ta’kidladi. Qayd etilganidek, davlatchilik ildizlarimiz uch ming yillik tarixga ega bo‘lib, istiqlol xalqimizga o‘zligi, tili va milliy qadriyatlarini qaytarib bergan eng oliy ne’matdir. Seminar davomida so‘nggi o‘n yillikdagi islohotlar sarhisobi hamda kelgusi o‘n yillikka mo‘ljallangan 7 ta milliy dasturning ustuvor yo‘nalishlari atroflicha tahlil qilindi. Dasturlar ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, ekologiya va suv resurslarini boshqarish, qonun ustuvorligi, mahalla institutini rivojlantirish hamda xavfsizlik va xalqaro hamkorlik sohalarini qamrab oladi. O’quv-seminarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda har bir xodimdan o‘z mas’uliyatini chuqur his etish, sohaga innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha umummilliy harakatlarda faol qatnashish talab etilishi alohida ko‘rsatib o‘tildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga “O‘zbek kelayotir tarix qa’ridan...” nomli maxsus videolavha namoyish etildi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  3. repost

    POYEZDLAR HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH MUHIM VAZIFA 9-oktabr kuni “Toshkent MTU” Filiali boshlig‘i G‘.Mamadaliyev boshchiligidagi ishchi guruh 🌍“Oqko‘prik” stansiyasida bo‘lib, poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash, poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar. Shuni alohida taʼkidlash joizki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining tegishli buyrug‘i asosida 2025 yilda ushbu stansiyada qo‘shimcha yo‘llar qurilib, bir kecha kunduzda qabul qilinayotgan va 🚈jo‘natilayotgan poyezdlar soni 25 juftdan 35 juftgacha yetkazildi. Mamlakatimizga kirib keladigan va xorijga jo‘natiladigan barcha poyezdlar mazkur stansiyada nazoratdan o‘tkaziladi. Ishchi guruh stansiyada hamkor tashkilotlar vakillari bilan ham uchrashib, poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish jarayonlarida uchraydigan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish borasida ham fikrlashib olishdi. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  4. repost

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌“Hamdo‘stlikning 35 yillik davrida ko‘p narsalar o‘zgardi, ammo eng asosiy masala o‘zgarmasdan qoldi: mamlakatlarni yaqin insoniy munosabatlar, umumiy tarix va hamkorlikning ulkan salohiyati bog‘lab kelmoqda”; 📌“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda. Bunday vaziyatda ishonchni mustahkamlash, pozitsiyalarni tez-tez uyg‘unlashtirib borish va kelishuvlarning real natija berishiga erishish ayniqsa muhimdir”; 📌Davlatlarning umumiy salohiyatidan to‘liq foydalanish va savdo-investitsiya sohasidagi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi; 📌Tovar ayirboshlashdan qo‘shilgan qiymatning to‘liq zanjirlarini birgalikda yaratishga bosqichma-bosqich o‘tish maqsadga muvofiqligi qayd etildi; 📌Erkin savdo zonasining cheklovlarsiz to‘liq faoliyat yuritishini ta’minlash zarurligiga urg‘u berildi; 📌Texnik to‘siqlarni bartaraf etish, muvofiqlik sertifikatlari o‘zaro tan olinishini ta’minlash va davlat xaridlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi; 📌Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha davlat xaridlari sohasida o‘zaro bozor ochishni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlik dasturi tez fursatlarda kelishib olinishi va tasdiqlanishiga umid bildirildi; 📌Oziq-ovqat va o‘g‘itlar eksportiga cheklovlar kiritishdan oldin o‘zaro xabardor qilish va maslahatlashish mexanizmini joriy etish taklif qilindi; 📌Integratsiyalashgan logistika markazlarini tashkil etish, tranzit xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish, yuk tashish qoidalarini birxillashtirish hamda MDHda yagona transport axborot tizimini shakllantirish maqsadga muvofiqligi qayd etildi; 📌Turkmaniston tomonining 2029-yilni Hamdo‘stlikning transport bog‘liqligi yili deb e’lon qilish haqidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi; 📌Mintaqaning energetik jihatdan bog‘liqligini yaqin o‘n yilliklarda rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli prognoz zarurligi qayd etildi; 📌Kam uglerodli texnologiyalarni jadal joriy etish va yopiq sikldagi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun MDHning resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot sohasida hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish taklif qilindi; 📌Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi formatini kengaytirish orqali madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjudligi bildirildi; 📌“Madaniy siyosat va kreativ industriyalar” forumini tashkil etish taklif qilindi; 📌Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida Ichki ishlar vazirlari kengashiga MDH Qo‘shma aloqa markazini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishni topshirish taklifi bildirildi. Facebook|Instagram|X

  5. repost

    CASCA+ XALQARO YO‘NALISHINI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI Joriy yilning 7-8 oktabr kunlari Toshkent shahrida CASCA+ xalqaro multimodal yo‘nalishini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya temir yo‘l ma’muriyatlari rahbarlarining navbatdagi olti tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish, CASCA+ yo‘nalishining raqobatbardoshligini oshirish, ishtirokchi davlatlarning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish hamda ular o‘rtasidagi transport-logistika hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratildi. Uchrashuv doirasida tomonlar CASCA+ yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashuvlarning bugungi holati va istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. Xususan, yo‘nalish bo‘yicha yuk oqimlarini ko‘paytirish, refrijerator konteynerlarda yuk tashish uchun raqobatbardosh tarif shartlarini joriy etish, marshrut bo‘ylab fiting platformalarni muntazam ravishda taqdim etish, shuningdek, portlarda konteynerlarning ortiqcha turib qolish holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya temir yo‘l ma’muriyatlari tomonidan erishilgan kelishuvlar va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi olti tomonlama Bayonnoma imzolandi. 〰️〰️〰️ ОБСУЖДЕНЫ ВОПРОСЫ ВЫВЕДЕНИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО МАРШРУТА CASCA+ НА НОВЫЙ УРОВЕНЬ РАЗВИТИЯ 7-8 октября текущего года в Ташкенте состоялась очередная шестисторонняя встреча руководителей железнодорожных администраций Кыргызстана, Узбекистана, Туркменистана, Азербайджана, Грузии и Турции, посвящённая вопросам дальнейшего развития международного мультимодального маршрута CASCA+. Основной целью встречи стало развитие международных грузовых перевозок между Азией и Европой, повышение конкурентоспособности маршрута CASCA+, эффективное использование транзитного потенциала стран-участниц, а также дальнейшее укрепление транспортно-логистического сотрудничества между ними. В ходе встречи стороны всесторонне обсудили текущее состояние и перспективы развития грузовых перевозок по маршруту CASCA+. Особое внимание было уделено вопросам увеличения грузопотоков, внедрения конкурентоспособных тарифных условий для перевозки грузов в рефрижераторных контейнерах, обеспечения регулярного предоставления фитинговых платформ на всём протяжении маршрута, а также предотвращения длительных простоев контейнеров в портах. По итогам встречи железнодорожными администрациями Кыргызстана, Узбекистана, Туркменистана, Азербайджана, Грузии и Турции был подписан шестисторонний Протокол, закрепляющий достигнутые договорённости и определяющий приоритетные направления дальнейшего сотрудничества. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 😎LinkedIn

  6. repost

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism): 📌Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish, energiyani saqlashning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish va yangi energetika yo‘laklarini yaratishni yaxshiroq muvofiqlashtirish imkonini beruvchi kam uglerodli energetika salohiyati bo‘yicha qo‘shma konsepsiyani tayyorlash taklifi bildirildi; 📌Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Amaliy chora-tadbirlar o‘n yilligi to‘g‘risidagi umumiy tashabbusni to‘liq amalga oshirish muhimligi qayd etildi; 📌O‘zbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasida raislik davridan Jamg‘arma ishini yanada samarali tashkil etish, yangi ekologik loyihalarni ishga tushirish va qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb qilish uchun foydalanish niyatida; 📌Suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha Afg‘oniston bilan muloqotga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu muloqot doimiy va aniq mazmunga ega bo‘lishi, mintaqadagi barcha mamlakatlarning manfaatlarini hisobga olishi shart; 📌O‘zbekistonning Muhim minerallar bo‘yicha mintaqaviy alyansni tashkil etish borasidagi tashabbusiga muvofiq ishlarni faollashtirish taklif qilindi. Markaziy Osiyoning muhim minerallar zaxiralarining yagona raqamli xaritasini yaratish bu borada birinchi qadamlardan biri bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi; 📌Mamlakatlarning imkoniyatlarini birlashtirish va Umumiy hisoblash infratuzilmasini yaratishni boshlash taklif qilindi; 📌Talab yuqori bo‘lgan kasblar va kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini ishlab chiqish taklif etildi. Unda bugungi kunda mutaxassislar tanqisligi sezilayotgan va yaqin yillarda talab o‘sib boradigan yo‘nalishlar bo‘yicha mamlakatlarning prognoz ma’lumotlarini birlashtirish mumkin; 📌“So‘nggi yillarda biz ko‘p narsaga erishdik. Endi bu o‘zgarishlarni mustahkamlash va hamkorligimizni kelgusi o‘n yilliklar davomida barqaror qilish muhimdir. Formula oddiy: taraqqiyot va xavfsizlik yo‘lida birdamlik va ishonch”; 📌“Kelgusi avlodlarga qanday mintaqa qoldirishimiz uchun javobgarmiz. U tinch, xavfsiz, iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘lishi va odamlarga munosib yashash, mehnat qilish, o‘qish hamda farzandlarni voyaga yetkazish imkoniyatlarini berishi kerak”. Facebook|Instagram|X

  7. repost

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar (birinchi qism): 📌So‘nggi yillarda Markaziy Osiyodagi munosabatlarning muhiti o‘zgardi, yetakchilar tez-tez uchrashib, masalalarni ochiq muhokama qilib, yechimlar topib, bir-birini qo‘llab-quvvatlay boshladi; 📌XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani tuzish jarayonlarining yakunlanishi tarixiy voqea bo‘ldi; 📌Mintaqa xalqaro maydonda ancha ishonchli va sezilarliroq tarzda namoyon bo‘lmoqda; 📌Markaziy Osiyo va qo‘shni mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikning navbatdagi bosqichini belgilab olish kerak. Bugun ularni yanada mustahkamlash va aniq mazmun bilan boyitish imkoniyati paydo bo‘lmoqda; 📌Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish taklif etildi; 📌Iqtisodiy hamkorlik yangi darajaga ko‘tarilishi kerak. O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmining o‘sishi bo‘yicha jiddiy maqsadlar qo‘yilgan. Endi bu o‘sish nimaning hisobiga ta’minlanishini belgilab olish zarur; 📌Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 2035-yilgacha mo‘ljallangan keng qamrovli mintaqaviy dastur umumiy geografiyamizdan foydalanishda yordam beradigan amaliy vositaga aylanishi kerak; 📌Davlatlar bilan odatdagi savdo-sotiq qilish endi yetarli emas, birgalikda yakuniy mahsulot yaratish lozim. “Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” formulasi qanday marraga intilish kerakligini yaxshi ifodalaydi. Bu boradagi ishlarni rivojlantirish uchun 2027-yilda Xiva shahrida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon biznes forumini o‘tkazish taklif etildi; 📌Qo‘shma investitsiya loyihalarini moliyaviy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus platforma yaratish muhimligi ta’kidlandi; 📌Mintaqa global savdoning quruqlikdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biriga va ayni paytda iqtisodiy faollikning yirik markaziga aylanishi mumkinligi qayd etildi; 📌Bunday muvofiqlashtiruv uchun Infratuzilmaviy rivojlanish bo‘yicha kengash tuzishni tezlashtirish va uning birinchi majlisini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif etildi. Facebook|Instagram|X

  8. repost

    🚄 “Afrosiyob” elektropoyezdining 15 yilligi keng nishonlanmoqda ✅Bugun O‘zbekiston temir yo‘l transporti tarixidagi muhim sanalardan biri. 2011-yil 8-oktabr kuni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishidagi muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. Ispaniyaning Talgo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu zamonaviy elektropoyezd O‘zbekistonda yuqori tezlikdagi temir yo‘l qatnovining yangi davrini boshlab berdi. “Afrosiyob” Markaziy Osiyodagi ilk yuqori tezlikdagi poyezd sifatida tarixdan o‘rin oldi. Dastlabki ikki Talgo 250 tarkibidan keyin yangi elektropoyezdlar xarid qilinib, bugungi kunda mamlakatimizda 6 ta “Afrosiyob” elektropoyezdi mavjud. Ularning har biri zamonaviy qulayliklar va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlovchi texnologiyalar bilan jihozlangan. Bugun “Afrosiyob” Toshkentni Samarqand, Buxoro, Qarshi va Shahrisabz kabi yirik tarixiy va turistik markazlar bilan bog‘lab, minglab yo‘lovchilarga tezkor va qulay transport xizmatini ko‘rsatib kelmoqda. 15 yil davomida “Afrosiyob” nafaqat masofalarni qisqartirdi, balki O‘zbekistonda zamonaviy va yuqori tezlikdagi temir yo‘l transporti rivojining ramziga aylandi. “Afrosiyob” — 15 yil yo‘lovchilar bilan birga! ✅ “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati 📱Telegram 📱Instagram

  9. repost

    Harakat xavfsizligi kuni Joriy yilning 7-oktabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Kadirov raisligida temir yo‘l tizimida harakat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida “Rels payvandlash poyezdi-14” korxonasiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida temir yo‘l infratuzilmasi uchun texnologiyalar, mahsulotlar hamda xizmat ko‘rsatish sohasida dunyoning yetakchi brendlaridan biri bo‘lgan Germaniyaning “Goldschmidt” (Goldschmidt Group) kompaniyasi mahsulotlari — choksiz temir yo‘l liniyalari uchun mo‘ljallangan innovatsion payvandlash yechimlari va materiallari bilan tanishildi. Bugungi kunga qadar ushbu kompaniya bilan hamkorlikda 720 ta rels tutashmasi (stik) uchun xomashyo va uskunalar xarid qilindi. Shuningdek, 12 nafar ishchi-xodimni alyuminotermit usulida relslarni payvandlash bo‘yicha o‘qitish ishlari 2026-yilning oktabr oyida tashkil etildi. Mazkur yangi texnologiya O‘zbekiston temir yo‘llari tizimida ilk bor amaliyotga joriy etilmoqda. O‘qitish ishlari bilan bir qatorda, alyuminotermit usulida relslarni payvandlash texnologiyasini amaliyotda qo‘llash ishlari ham boshlandi. "Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍 🌎railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

  10. repost

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Kadirovning 590-N3-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialiga qarashli korxona, tashkilot va stansiyalarda texnik ko‘rik o‘tkazish boshlandi. ➖Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti boshlig‘i o‘rinbosari E.G‘. Omonqulov boshchiligidagi komissiya a’zolari tomonidan “Maroqand–Qarshi–Kitob” temir yo‘l uchastkasida kompleks o‘rganish ishlari olib borildi. Tekshiruv davomida: ▪️ harakat xavfsizligi talablariga rioya etilishi; ▪️ profilaktik ishlarning samarali tashkil etilishi; ▪️ temir yo‘l infratuzilmasining texnik holati; ▪️ mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi; ▪️ korxona va stansiyalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi; ▪️ mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish holatlari nazoratdan o‘tkazildi. ➖Kuz-qish mavsumi — temir yo‘l tizimi uchun alohida mas’uliyat davri. Shu bois mavsumiy tayyorgarlikni puxta tashkil etish, texnik vositalarning sozligi, xodimlar mehnat xavfsizligi hamda poyezdlar harakatining barqarorligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biridir. 🏢 Qarshi MTU matbuot xizmati. 📌WebSite 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube✉️ Rahbarga_murojaat

  11. repost

    Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish faoliyatini boshladi ✅ Yo‘lovchilarga yaratilayotgan qulayliklarni yanada oshirish maqsadida 🌍Samarqand temir yo‘l vokzalida “Bog‘don” mehmonxonasi o‘z faoliyatini boshladi. Mehmonxona vokzal hududida joylashgani sababli uzoq yo‘ldan kelgan yoki poyezdni kutayotgan yo‘lovchilar uchun qulay va amaliy xizmatlardan biriga aylanadi. 🗂“Bog‘don” mehmonxonasi bir vaqtning o‘zida 100 ga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bu esa Samarqand vokzalida yo‘lovchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Mehmonxonadan poyezdlar qatnovi orasidagi vaqtni qulay o‘tkazish, qisqa muddatli dam olish yoki Samarqand shahriga tashrif buyurgan yo‘lovchilar foydalanishlari mumkin. 👍👍👍👍👍👍 Rasmiy sahifalarimiz 👇 📱 Telegram📱Facebook📱Instagram

  12. +1

    "O‘zbekiston" lokomotiv deposida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi Bugun, 2026-yil 3-oktabr kuni "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi Z.Narzullayev va Transport prokuraturasi prokurori I.Narimov modernizatsiya, ta’mirlash, takomillashtirish va raqamlashtirish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida "O‘zbekiston" lokomotiv deposiga tashrif buyurishdi. Xususan, elektrovozlarni ta’mirlash sexi kapital ta’mirdan chiqarildi. Sex faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlarini vizual nazorat qilish uchun zamonaviy elektron tablo o‘rnatildi. Bundan tashqari, lokomotivlarni bo‘yash va tashqi ko‘rinishini yangilash imkonini beruvchi yangi, zamonaviy texnologik jihozlar bilan ta’minlangan bo‘yash sexi barpo etildi. Mashinistlarni tayyorlash o‘quv markazining ta’mirlanib, lokomotiv brigadalarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan imkoniyatlar kengaytirildi. Raqamlashtirish yo‘nalishida depo omborxonasi to‘liq zamonaviy elektron tizimlar bilan jihozlandi, bu moddiy-texnik resurslar hisobi va ularning harakatini nazorat qilishni avtomatlashtirish imkonini bermoqda. Ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilib, ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotlarni tezkor shakllantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Yakunda depo hududi to‘liq obodonlashtirilib, ishlab chiqarish obyektlari atrofida tozalik va zamonaviy tartib ta’minlanganligi alohida qayd etildi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  13. +1

    “Sobir Rahimov – O‘rtaovul” oralig‘ida yangi temiryo‘l o‘tkazgichi foydalanishga topshirildi Bugun, 3 oktyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan poytaxt va Toshkent viloyati kesishmasidagi transport oqimini tartibga solish maqsadida bunyod etilgan zamonaviy temiryo‘l o‘tkazgichi tantanali ravishda ochildi. Ob’yekt “Sobir Rahimov – O‘rtaovul” bekatlari oralig‘ida joylashgan. Mamlakatimizda transport-logistika tizimini yanada takomillashtirish, haydovchilar va piyodalar uchun xavfsiz hamda qulay shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Toshkent shahri va viloyati kesishmasidagi transport oqimini tartibga solishga qaratilgan “Sobir Rahimov – O‘rtaovul” bekatlari oralig‘ida yangi zamonaviy temir yo‘l o‘tkazgich bunyod etilib, bugun uning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Z. Mirzayev, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruvi raisi Z. Narzullayev, trasport prokuraturasi prokurori I. Narimov, ommaviy axborot vositalari, mahalliy aholi va boshqalar ishtirok etdi. “Sobir Rahimov – O‘rtaovul” bekatlari oralig‘idagi 3384 km PK-2 da mavjud temir yo‘l kesishmasi o‘rnida barpo etilgan yangi yo‘l o‘tkazgichni qurish jarayonida keng ko‘lamli qurilish-montaj ishlari bajarildi. Xususan, loyiha doirasida uzunligi 23,6 metr bo‘lgan 1 dona ikki yo‘llik yangi temir yo‘l ko‘prigi qurib bitkazilib, temir yo‘l izlari o‘z joyiga qaytarildi, 1200 metr uzunlikdagi aylanma temir yo‘l va avtomobil yo‘li barpo etildi. Shuningdek, to‘siq devor poydevori uchun 237 dona savay burg‘ulash ishlari amalga oshirilib, uning 11 ming metr kubdan ortiq qismiga to‘liq beton quyildi va 800 metr kontakt tarmog‘i to‘liq ko‘chirib o‘tkazildi. Qurilish jarayonida jami 60 ming metr kub tuproq ishlari bajarildi, alikafon montaj ishlari yakunlanib, hududdagi yomg‘ir va qor suvlarini xavfsiz oqizib yuborish uchun 2 dona suv bochkasi o‘rnatildi hamda zamonaviy avtomobil va piyodalar yo‘laklari qurib bitkazildi. Mazkur zamonaviy yo‘l o‘tkazgichning ochilishi Zangiota tumani aholisi va tranzit harakatlanuvchi yo‘lovchilar uchun ulkan qulayliklar yaratib, hududdagi tirbandliklarni bartaraf etish, vaqtni tejash, avtomobil yo‘llaridagi kundalik yuklamani sezilarli darajada kamaytirish hamda xavfsiz va qulay harakatlanishni ta’minlashga xizmat qiladi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  14. +1

    Введен в эксплуатацию новый современный путепровод на участке «Сабир Рахимов – Уртааул» Сегодня, 3 октября 2026 года состоялась торжественная церемония открытия современного железнодорожного путепровода, построенного акционерным обществом «Узбекистон темир йуллари» для регулирования транспортных потоков на пересечении столицы и Ташкентской области. Объект расположен на перегоне между станциями «Сабир Рахимов» и «Уртааул». В нашей стране последовательно реализуются меры по дальнейшему совершенствованию транспортно-логистической системы и созданию безопасных и комфортных условий для водителей и пешеходов. В частности, АО «Узбекистон темир йуллари» возвело новый современный путепровод на перегоне «Сабир Рахимов – Уртааул», направленный на упорядочивание транспортного потока на пересечении города Ташкента и области. Сегодня прошла церемония его открытия. На церемонии открытия участвовали хоким ташкентской области З.Мирзаев, председатель правления АО "Узбекистон темир йуллари" З.Нарзуллаев, прокурор Траспортной прокуратуры И.Наримов, СМИ, местные жители и другие гости. В ходе строительства нового путепровода, возведенного на месте существующего железнодорожного пересечения на 3384 км ПК-2, был выполнен масштабный комплекс строительно-монтажных работ. В частности, в рамках проекта: * построен новый двухпутный железнодорожный мост длиной 23,6 метра; * железнодорожные пути возвращены в проектное положение; * возведены объездная железнодорожная ветка и автомобильная дорога общей протяженностью 1200 метров. Кроме того, для фундамента ограждающих стен было выполнено 237 буронабивных свай, в которые уложено более 11 тысяч кубометров бетона. Также было полностью переложено 800 метров контактной сети. В ходе строительства выполнено 60 тысяч кубометров земляных работ, смонтированы водопропускные сооружения, для безопасного отвода дождевых и талых вод установлены 2 водоотводные трубы, а также построены современные автомобильные и пешеходные дорожки. Открытие данного современного путепровода создаст значительные удобства для жителей Зангиатинского района и транзитных пассажиров. Проект позволит ликвидировать заторы в данной местности, сэкономить время, существенно снизить ежедневную нагрузку на автомобильные дороги и обеспечить безопасное и комфортное движение. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  15. InnoTrans 2026: uchrashuvlar, chiqishlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri intervyular, fikrlar va texnologiyalar haqida qisqacha ___ InnoTrans 2026: Коротко о встречах, выступлениях, прямые интервью, мнения, а также технологии. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

  16. repost

    Raqamlashtirish — zamonaviy temir yo‘l taraqqiyoti yo‘lida “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasining “Raqamlashtirish va innovatsion rivojlanish” bo‘limi zamonaviy talablarga mos ravishda qayta ta’mirlanib, faoliyat yuritish uchun yangi sharoitlar yaratildi. 2026-yil 2-oktabr kuni “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruvi raisi S.A. Norqabilov yangidan ta’mirlangan bo‘limga tashrif buyurdi. Tashrif davomida raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va zamonaviy axborot texnologiyalari bilan tanishildi. Shuningdek, bo‘lim devorida tasvirlangan zamonaviy va innovatsion ruhdagi surat ham alohida e’tiborni tortdi. Mazkur dizayn bo‘limning asosiy faoliyati — raqamlashtirish, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan e’tiborini o‘zida aks ettiradi. Jumladan, “Smart depo”, “Navbatchi24”, “Ta’mir tahlil” va GPS monitoring tizimlari hamda boshqa raqamli loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur tizimlar ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, tezkor monitoring va tahlil qilish, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi. Yangi bo‘lim kelgusida temir yo‘l sohasiga ilg‘or IT texnologiyalarini joriy etish, yangi raqamli loyihalarni ishlab chiqish va innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhim markazlardan biri bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Raqamlashtirish — samaradorlik, shaffoflik va zamonaviy boshqaruv sari muhim qadamdir. "Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍 🌎railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

  17. Older posts