"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 65.1%7.9K avg views
Posting 2.7/day last 4 hours ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
viral · 7.5× typical

«O‘zbekiston temir yo‘llari» yuk tashish hajmini oshirishga doir kelishuv imzoladi Joriy yil 14-16 oktyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan «NEW SILK WAY» VIII xalqaro biznes-forumi doirasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Boshqaruvi raisi Z.G. Narzullayev Qozog‘iston, Ozarbayjon, Afg‘oniston va Tojikiston temir yo‘l administratsiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarda yuk tashish hajmlarini oshirish, tranzit va import tashuvlarini kengaytirish hamda mavjud transport yo‘laklari imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar qo‘shimcha yuk oqimlarini jalb etish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, temir yo‘l logistikasi samaradorligini oshirish, tashish jarayonlarini o‘zaro muvofiqlashtirish va yuklarni o‘z vaqtida yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro yo‘nalishlarda qulay va raqobatbardosh logistika xizmatlarini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. Uchrashuvlar yakunida yuk tashish hajmlarini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tomonlar mintaqaviy transport aloqalarini mustahkamlash va temir yo‘l sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

Views over time

010K20K30K16 Oct 12:2812 Nov 18:5631.2K16 Oct 12:28: 0 views12 Nov 18:56: 31,200 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
16 Oct 2026, 12:280
12 Nov 2026, 18:5631.2K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.