🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K −10 24h
Reach per post (ERR) 17.7%926 avg views
Posting 2.8/day last 8 hours ago
Reactions per 1K views 12.7 👍 👏 🔥
  1. 🇺🇿🇹🇷🇦🇿🇰🇿🇰🇬 Navbatdagi #DiplomaticQuiz — Turkiy davlatlar taşkiloti faoliyatiga bağişlanadi. Anqarada ötkazilayotgan Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammiti munosabati bilan taşkilot tarixi, faoliyati va hamkorlik yönalişlari haqidagi bilimlaringizni sinab köring. Barçaga omad! @TIVmatbuot

  2. Turkiyaning nufuzli “Milliyet” naşri Özbekistonning Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) doirasidagi iqtisodiy integratsiya va strategik hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan taşabbuslariga bağişlangan “Turkiy dunyo qayta şakllanmoqda” sarlavhali maqolani e’lon qildi. Unda TDTning 13-sammiti arafasida Özbekiston tomonidan “Raqamli turkiy koridor”, Turkiy dunyo kiberxavfsizlik ittifoqi va Turkiy davlatlar sanoat ittifoqini taşkil etiş, şuningdek, yangi iqtisodiy imkoniyatlar hududini şakllantiriş takliflari ilgari surilayotgani qayd etilgan. Naşr transport koridorlarini özaro bоğlaş, qöşma işlab çiqariş loyihalarini rivojlantiriş va yangi investitsiyalarni jalb etiş orqali mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş imkoniyatlarini yoritgan. Maqolada Toşkentda Turkiy davlatlar iqtisodiy hamkorligi doimiy kengaşi huzuridagi loyiha ofisini joylashtiriş hamda sanoat va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş taşabbuslari ham ta’kidlangan. @TIVmatbuot

  3. 🇺🇿 Istanbul O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida! Davlatimiz rahbarining Turkiyaga tashrifi munosabati bilan Istanbulning mashhur ko‘priklari Vatanimiz bayrog‘i ranglari bilan jilolanmoqda. Bu go‘zal manzara - O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik, o‘zaro hurmat va qardoshlikning yorqin ifodasi. @TIVmatbuot

  4. 🇹🇷 Turkiyaning “Sabah” naşri Prezident Şavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda yangi hamkorlik muhitini şakllantirişdagi roliga bağişlangan “O‘zbek lideri Markaziy Osiyoda yangi hamkorlik davrining shakllanishida muhim rol o‘ynamoqda” sarlavhali material e’lon qildi. Maqolada 2016-yildan buyon Özbekistonning qoşni davlatlar bilan bevosita muloqotni faollaştirgani, mavjud masalalarni muzokaralar orqali hal etgani va bu jarayon mintaqaviy munosabatlarga yangi sur’at bağişlagani ta’kidlangan. Naşr Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlarini mintaqaviy muloqotning muhim natijalaridan biri sifatida qayd etadi. Özaro işonç savdo, investitsiyalar, transport, energetika, suv resurslari va iqlim masalalaridagi hamkorlikda ham namoyon bölayotgani ta’kidlanadi. “Sabah”ga köra, Prezident Şavkat Mirziyoyevning yaxşi qoşniçilik siyosati mintaqada işonç va muloqotning mustahkamlanişiga xizmat qilmoqda. Maqola yakunida ushbu siyosat Markaziy Osiyodagi muloqotga yangi sur’at va umumiy rivojlaniş uçun yangi imkoniyatlar bergani qayd etilgan. @TIVmatbuot

  5. edited viral

    №12 Navbatdagi #DiplomaticQuiz. Bu safar viktorinamiz konsullik masalalariga bağişlanadi. 📝 5 ta savolga javob bering va konsullik xizmatlari, hujjatlar hamda fuqarolarga körsatiladigan konsullik yordami böyiça bilimlaringizni sinab köring! Bilimingizni sinab körişga tayyormisiz? @TIVmatbuot

  6. edited viral

    Fuqarolar murojaatlari bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş, jamoatçilik fikrini örganiş hamda mavjud muammolarga manzilli yeçimlar topiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xodimlaridan iborat işçi guruh tomonidan “Sayyor qabul”larni ötkaziş davom etmoqda. Navbatdagi qabul: 26-oktabr — Jizzax şahri Vaqti: 10:00 dan 17:00 gaça Manzil: Jizzax viloyati Xalq qabulxonasi binosi Batafsil maʼlumot uçun: Tel:. +998 97 136-51-51 Mazkur sayyor qabulda fuqarolar özlarini qiziqtirgan konsullik-huquqiy masalalar böyiça bevosita murojaat qilişlari mumkin. @TIVmatbuot

  7. repost
    +6

    Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butunjahon sammiti o‘z ishini boshladi. Anjumanda turli mamlakatlarning birinchi xonimlari, BMT, UNICEF, Jahon banki, JSST va boshqa xalqaro tuzilmalarning yuqori martabali vakillari ishtirok etmoqda. Sammitning ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyevning anjuman ishtirokchilariga tabrigini o‘qib eshittirdim. Davlatimiz rahbari murojaatida bolalar farovonligi, avvalo, ularning bugungi hayoti bilan bog‘liq ekani ta’kidlangan. Har bir bola hozirning o‘zida mehr, xavfsizlik, sifatli ta’lim va zarur tibbiy yordamga haqli. Shu bois, bolalikka sarmoya davlat siyosatida izchil va barqaror o‘rin egallashi zarur. O‘zbekistonda bu borada olib borilayotgan islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim qamrovi 27,7 foizdan 78 foizga oshdi, so‘nggi besh yilda bolalar kambag‘alligi qariyb to‘rt baravar qisqardi. Inklyuziv maktablar soni ham sezilarli ko‘paydi. Prezidentimiz bu ishlarning haqiqiy natijasi har bir oila hayotida sezilishi kerakligiga e’tibor qaratdi. Bola hayotining ilk davridan uzluksiz ko‘makni kuchaytirish, ona salomatligi, to‘g‘ri ovqatlanish, erta rivojlanish va maktabgacha ta’limni o‘zaro bog‘lash muhimligi ta’kidlandi. Bolalarning og‘ir kasalliklarini, jumladan, onkologik xastaliklarni erta aniqlash va davolashda xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligi qayd etildi. Davlatimiz rahbari Birinchi xonimlarning bolalar onkologiyasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Bolalar uchun xavfsiz ta’lim va raqamli muhit yaratish, ularni zo‘ravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilish ham murojaatning muhim yo‘nalishlaridan bo‘ldi. Prezidentimiz bolalarning o‘zlariga daxldor xizmatlar haqidagi fikrini eshitishga chaqirib, hamkorlikni davom ettirish uchun Samarqand platformasini amaliy muloqot mexanizmi sifatida shakllantirishni taklif etdi. — В Самарканде начал работу Всемирный саммит «Инвестиции в благополучие детей: путь к устойчивому и справедливому развитию будущих поколений», организованный по инициативе Первой леди Республики Узбекистан Зироат Мирзиёевой. В нем участвуют первые леди различных стран, высокие представители ООН, ЮНИСЕФ, Всемирного банка, ВОЗ и других международных структур. На церемонии открытия я зачитал приветственное послание Президента Шавката Мирзиёева участникам саммита. В своем обращении глава нашего государства подчеркнул, что благополучие детей прежде всего касается их жизни сегодня. Каждый ребенок уже сейчас имеет право на заботу, безопасность, качественное образование и необходимую медицинскую помощь. Поэтому инвестиции в детство должны занимать последовательное и устойчивое место в государственной политике. Благодаря проводимым в Узбекистане реформам охват дошкольным образованием вырос с 27,7 до 78 процентов, а детская бедность за последние пять лет сократилась почти в четыре раза. Значительно увеличилось и число инклюзивных школ. При этом Президент нашей страны обратил внимание на то, что подлинные результаты этой работы должны ощущаться в жизни каждой семьи. Указано на важность оказывать семьям своевременную поддержку, связывая воедино охрану здоровья матери и ребенка, полноценное питание, раннее развитие и дошкольное образование. Отмечена необходимость расширения международного сотрудничества в ранней диагностике и лечении тяжелых детских заболеваний, в том числе онкологических. Глава нашего государства выразил поддержку инициативе международного сотрудничества первых леди в области детской онкологии. Важное место в послании заняли вопросы создания безопасной образовательной и цифровой среды, защиты детей от насилия и эксплуатации. Президент нашей страны призвал прислушиваться к мнению самих детей о предназначенных для них услугах и предложил сформировать Самаркандскую платформу как механизм практического диалога. Facebook|Instagram|X

  8. viral

    Mamlakatimizdagi xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlari 21-oktabr – Özbek tili bayrami kuni bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklamoqda. @TIVmatbuot

  9. repost

    21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammitida ishtirok etib, nutq so‘zlaydi. Ikki kun davom etadigan ushbu anjuman 100 dan ortiq davlat vakillarini bir maydonga jamlaydi. Jumladan, BMT, JSST, Xalqaro bolalar onkologlari jamiyati, Yevropa onkologiya maktabi va boshqa xalqaro tashkilot vakillari, qator davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari, shuningdek, olimlar, mutaxassislar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etadi. Sammit doirasida bolalar salomatligi, ta’limi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligiga investitsiyalarni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi. — 21 октября Первая леди Республики Узбекистан, председатель Попечительского совета международного общественного фонда «Zamin» Зироат Мирзиёева примет участие и выступит с речью на Всемирном саммите «Инвестиции в благополучие детей: путь к устойчивому и справедливому развитию будущих поколений» в Самарканде. Двухдневный саммит объединит представителей более 100 государств. В нем примут участие представители ООН, ВОЗ, Международного общества детских онкологов, Европейской школы онкологии и других международных организаций, руководители органов здравоохранения ряда стран, ученые, специалисты и общественные деятели. Участники саммита обсудят расширение инвестиций в здоровье, образование, социальную защиту и безопасность детей. Facebook|Instagram|X

  10. Older posts