Ayni paytda hududlar o‘rtasida farq katta. Xorijda ishlayotgan bir kishiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik pul o‘tkazmasi Farg‘onada 1 850 dollar bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston va Toshkent viloyatida 400 dollarga, Sirdaryoda 500 dollarga, Jizzax va Navoiyda 600 dollarga, Surxondaryo va Xorazmda 700 dollarga ham yetmayapti. Hokimlar, elchilar va texnikum rahbarlari odamlarni yuqori daromadli ishlarga tayyorlash bo‘yicha o‘z ishini qayta ko‘rib chiqishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. – Aslida, inson qayerda ishlashi, qancha maosh olishi, huquqini kim himoya qilishini bilib borishi kerak! – dedi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari xorijdagi mehnat bozorlariga chiqishda elchilar, hokimlar va texnikumlar hamjihat ishlashi zarurligini ta’kidladi. Germaniya, Turkiya, Slovakiya va Qatarda hamkorlar topib, ularni texnikumlar bilan bog‘lash va yurtdoshlarimizni ishga joylashtirish bo‘yicha ijobiy misollar bor. Lekin qolgan mamlakatlardagi elchilarimiz bu masalada sust ekani ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X