(poll without text)
🇺🇿 TIV matbuot kotibi
Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot
-
-
(poll without text)
-
MDH haqidagi bilimlaringizni sinab ko‘rishga tayyormisiz? Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida yillar davomida shakllangan hamkorlik, muhim qarorlar va qo‘shma tashabbuslarga bag‘ishlangan viktorinada ishtirok eting. Savollarga javob berib, Hamdo‘stlikning rivojlanish bosqichlari, O‘zbekistonning undagi ishtiroki hamda a’zo davlatlar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik haqidagi bilimlaringizni tekshiring. @TIVmatbuot
-
repost 


+3
Bugun MDH davlatlari rahbarlari tashrif buyurgan milliy taomlar festivalida O‘zbekistonning boy madaniyati, san’ati va pazandalik an’analari keng namoyish etildi. Pavilonimizda yurtimizning turli hududlariga xos taom va shirinliklar namoyish etildi. Mehmonlar non yopish va somsa pishirish jarayoni, Rishton, Buxoro, Marg‘ilon va Samarqand hunarmandlarining ijod namunalari bilan tanishdilar. Milliy kuy-qo‘shiqlar O‘zbekiston ekspozitsiyasiga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. — На фестивале национальных блюд, который сегодня посетили главы государств СНГ, были широко представлены богатая культура, искусство и кулинарные традиции Узбекистана. В нашем павильоне гости увидели блюда и сладости, характерные для разных регионов страны, понаблюдали за выпечкой хлеба и приготовлением самсы, познакомились с работами мастеров из Риштана, Бухары, Маргилана и Самарканда. Национальная музыка и песни придали экспозиции Узбекистана особую атмосферу. Facebook|Instagram|X
-
repost
Главное из выступления Президента Шавката Мирзиёева на восьмой Консультативной встрече глав государств Центральной Азии и Азербайджана (вторая часть): 📌Предложено подготовить Совместную концепцию низкоуглеродного энергетического потенциала, позволяющей лучше координировать строительство новых генерирующих мощностей, развитие современных систем хранения энергии и создание новых энергетических коридоров; 📌Указано на важность реализации в полной мере общей инициативы о Десятилетии практических действий по рациональному использованию воды в Центральной Азии; 📌Узбекистан намерен использовать председательство в Международном фонде спасения Арала для обеспечения его более эффективной работы, запуска новых экологических проектов и привлечения дополнительного финансирования; 📌Отдельное внимание необходимо уделить диалогу с Афганистаном по вопросам использования водных ресурсов. Он должен быть постоянным и предметным, с обязательным учётом интересов всех стран региона; 📌Предложено активизировать создание инициированного Узбекистаном Регионального альянса по критическим минералам. Одним из первых шагов может стать Единая цифровая карта запасов критических минералов Центральной Азии; 📌Выдвинуты предложения об объединении возможностей стран и начале создания Общей вычислительной инфраструктуры; 📌Предложено разработать Региональный атлас востребованных профессий и компетенций, в котором можно объединить прогнозы стран по направлениям, где ощущается дефицит специалистов и где спрос будет расти в ближайшие годы; 📌«За последние годы удалось добиться многого. Теперь важно закрепить эти изменения и сделать сотрудничество устойчивым на десятилетия вперёд. Формула проста: солидарность и доверие – во имя развития и безопасности»; 📌«Мы ответственны за то, какой регион оставим следующим поколениям. Он должен быть мирным, безопасным, экономически сильным и давать людям возможности достойно жить, работать, учиться и растить детей». Facebook|Instagram|X
-
repost
Главное из выступления Президента Шавката Мирзиёева на восьмой Консультативной встрече глав государств Центральной Азии и Азербайджана (первая часть): 📌За последние годы изменилась атмосфера отношений в Центральной Азии, лидеры стали чаще встречаться, открыто обсуждать вопросы, находить решения и поддерживать друг друга; 📌Историческим событием стало завершение процедуры заключения Договора о дружбе, добрососедстве и сотрудничестве в целях развития Центральной Азии в XXI веке; 📌Регион гораздо увереннее и заметнее представлен на международной арене; 📌Необходимо определить следующий этап сотрудничества между Центральной Азией и соседними регионами. Сегодня появляется возможность сделать их гораздо прочнее и наполнить конкретным содержанием; 📌Предложено продолжить работу над совершенствованием нормативно-правовой базы, регламентирующей деятельность Консультативных встреч глав государств Центральной Азии; 📌Экономическое сотрудничество должно выйти на новый уровень. Поставлены серьезные цели по росту взаимной торговли и инвестиций, теперь необходимо определить, за счет чего он будет обеспечен; 📌Всеобъемлющая региональная программа торгово-экономического взаимодействия до 2035 года должна стать рабочим инструментом, позволяющим использовать общую географию региона; 📌Обычной торговли друг с другом недостаточно, нужно вместе создавать конечный продукт. Емкая формула «шесть экономик – один продукт» хорошо передает смысл того, к чему должны стремиться страны региона. Для развития этого направления предложено в 2027 году провести в Хиве бизнес-форум Центральной Азии и Азербайджана; 📌Подчеркнута важность создания специальной Платформы финансово-технического сопровождения совместных инвестиционных проектов; 📌Отмечена способность региона стать одним из ключевых сухопутных маршрутов глобальной торговли и одновременно крупным центром экономической активности; 📌Для обеспечения координации предложено ускорить создание Совета по инфраструктурному развитию и провести его первое заседание в Узбекистане. Facebook|Instagram|X
-
repost
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism): 📌Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish, energiyani saqlashning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish va yangi energetika yo‘laklarini yaratishni yaxshiroq muvofiqlashtirish imkonini beruvchi kam uglerodli energetika salohiyati bo‘yicha qo‘shma konsepsiyani tayyorlash taklifi bildirildi; 📌Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Amaliy chora-tadbirlar o‘n yilligi to‘g‘risidagi umumiy tashabbusni to‘liq amalga oshirish muhimligi qayd etildi; 📌O‘zbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasida raislik davridan Jamg‘arma ishini yanada samarali tashkil etish, yangi ekologik loyihalarni ishga tushirish va qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni jalb qilish uchun foydalanish niyatida; 📌Suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha Afg‘oniston bilan muloqotga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu muloqot doimiy va aniq mazmunga ega bo‘lishi, mintaqadagi barcha mamlakatlarning manfaatlarini hisobga olishi shart; 📌O‘zbekistonning Muhim minerallar bo‘yicha mintaqaviy alyansni tashkil etish borasidagi tashabbusiga muvofiq ishlarni faollashtirish taklif qilindi. Markaziy Osiyoning muhim minerallar zaxiralarining yagona raqamli xaritasini yaratish bu borada birinchi qadamlardan biri bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi; 📌Mamlakatlarning imkoniyatlarini birlashtirish va Umumiy hisoblash infratuzilmasini yaratishni boshlash taklif qilindi; 📌Talab yuqori bo‘lgan kasblar va kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini ishlab chiqish taklif etildi. Unda bugungi kunda mutaxassislar tanqisligi sezilayotgan va yaqin yillarda talab o‘sib boradigan yo‘nalishlar bo‘yicha mamlakatlarning prognoz ma’lumotlarini birlashtirish mumkin; 📌“So‘nggi yillarda biz ko‘p narsaga erishdik. Endi bu o‘zgarishlarni mustahkamlash va hamkorligimizni kelgusi o‘n yilliklar davomida barqaror qilish muhimdir. Formula oddiy: taraqqiyot va xavfsizlik yo‘lida birdamlik va ishonch”; 📌“Kelgusi avlodlarga qanday mintaqa qoldirishimiz uchun javobgarmiz. U tinch, xavfsiz, iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘lishi va odamlarga munosib yashash, mehnat qilish, o‘qish hamda farzandlarni voyaga yetkazish imkoniyatlarini berishi kerak”. Facebook|Instagram|X
-
repost
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar (birinchi qism): 📌So‘nggi yillarda Markaziy Osiyodagi munosabatlarning muhiti o‘zgardi, yetakchilar tez-tez uchrashib, masalalarni ochiq muhokama qilib, yechimlar topib, bir-birini qo‘llab-quvvatlay boshladi; 📌XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani tuzish jarayonlarining yakunlanishi tarixiy voqea bo‘ldi; 📌Mintaqa xalqaro maydonda ancha ishonchli va sezilarliroq tarzda namoyon bo‘lmoqda; 📌Markaziy Osiyo va qo‘shni mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikning navbatdagi bosqichini belgilab olish kerak. Bugun ularni yanada mustahkamlash va aniq mazmun bilan boyitish imkoniyati paydo bo‘lmoqda; 📌Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish taklif etildi; 📌Iqtisodiy hamkorlik yangi darajaga ko‘tarilishi kerak. O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmining o‘sishi bo‘yicha jiddiy maqsadlar qo‘yilgan. Endi bu o‘sish nimaning hisobiga ta’minlanishini belgilab olish zarur; 📌Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 2035-yilgacha mo‘ljallangan keng qamrovli mintaqaviy dastur umumiy geografiyamizdan foydalanishda yordam beradigan amaliy vositaga aylanishi kerak; 📌Davlatlar bilan odatdagi savdo-sotiq qilish endi yetarli emas, birgalikda yakuniy mahsulot yaratish lozim. “Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” formulasi qanday marraga intilish kerakligini yaxshi ifodalaydi. Bu boradagi ishlarni rivojlantirish uchun 2027-yilda Xiva shahrida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon biznes forumini o‘tkazish taklif etildi; 📌Qo‘shma investitsiya loyihalarini moliyaviy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus platforma yaratish muhimligi ta’kidlandi; 📌Mintaqa global savdoning quruqlikdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biriga va ayni paytda iqtisodiy faollikning yirik markaziga aylanishi mumkinligi qayd etildi; 📌Bunday muvofiqlashtiruv uchun Infratuzilmaviy rivojlanish bo‘yicha kengash tuzishni tezlashtirish va uning birinchi majlisini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif etildi. Facebook|Instagram|X
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
E’tiboringizga Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvi munosabati bilan mintaqaviy hamkorlik, do‘stlik va o‘zaro ishonchga bag‘ishlangan interaktiv viktorinamizni taqdim etamiz. Quyidagi savollarga javob bering va Maslahat uchrashuvlari doirasida ilgari surilgan muhim tashabbuslar, erishilgan natijalar hamda mintaqa davlatlarini birlashtirayotgan umumiy qadriyatlarni yodga oling! @TIVmatbuout
-
repost
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik — Поздравление членам спортивной делегации Узбекистана – участникам ХХ летних Азиатских игр в Японии Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
-
(poll without text)
- Older posts