🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K −10 24h
Reach per post (ERR) 17.7%926 avg views
Posting 2.8/day last 13 hours ago
Reactions per 1K views 12.7 👍 👏 🔥
repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar: 📌“Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish hamda bugungi kunda chindan ham muhim bo‘lgan yo‘nalishlarni birgalikda rivojlantirish imkoniyati demakdir”; 📌O‘zbekiston kelgusi yili iqtisodiyot, yangi texnologiyalar, transport, xavfsizlik, ta’lim, ilm-fan va inson salohiyatini rivojlantirish masalalarini e’tibor markaziga qo‘yish niyatida; 📌Raislik konsepsiyasi va Tadbirlar rejasi ustidagi ishlar yakunlanmoqda. Ularda hozirning o‘zidayoq yuzdan ortiq aniq chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan; 📌Hamdo‘stlik doirasidagi siyosiy muloqotga alohida e’tibor qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Har qanday masalani muhokama qilish, o‘zaro tinglash hamda barchaga maqbul bo‘lgan yechimlarni izlash imkoniyatini saqlab qolish o‘ta muhimligi qayd etildi; 📌Iqtisodiyotda asosiy e’tiborni sanoat kooperatsiyasiga qaratish taklif etildi. Salohiyatlarni birlashtirish, qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini shakllantirish barcha ishtirokchilar uchun sezilarli natijalar beradi; 📌Salohiyatni birlashtirib, qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini yo‘lga qo‘yish natijasi hammaga yanada maqbul bo‘lishi ta’kidlandi; 📌Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqqa hamon xalaqit berib kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi; 📌Raqamli texnologiyalardan biznesda foydalanishni kengaytirish, elektron tijoratni rivojlantirish muhimligi bildirildi; 📌Yaqin yillarda mamlakatlar iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq bo‘ladigan muhim minerallar, sun’iy intellekt, robotlashtirish, yangi materiallar va zamonaviy energetika texnologiyalari sohalarida birgalikda ishlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi; 📌Tranzit tartib-taomillarini soddalashtirish hamda qulay, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarni yaratish muhimligi qayd etildi; 📌O‘zbekiston Markaziy Osiyo transport tarmog‘i MDH makonida va uning tashqarisidagi umumiy aloqalar tizimining muhim qismiga aylanishidan manfaatdor; 📌O‘zbekiston raisligi davrida xavfsizlik va barqarorlik eng muhim sohalardan biri bo‘lib qoladi. MDHning sohaviy organlari ishini va mamlakatlarning umumiy tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan; 📌Kiberjinoyatchilik doimiy e’tibor hamda mamlakatlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni talab etishi ta’kidlandi; 📌Mamlakatlarning inson va intellektual salohiyati zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, innovatsiyalar va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladigan sharoitlarni yaratish zarurligi qayd etildi; 📌“Raislik davridan samaradorligini isbotlagan barcha yutuqlarni saqlab qolish va shu bilan birga, bugungi kunda yangi yechimlar topish zarur bo‘layotgan yo‘nalishlar rivojiga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlash uchun foydalanish niyatidamiz”. Facebook|Instagram|X

Views over time

02004006009 Oct 11:3313 Nov 01:116279 Oct 11:33: 0 views13 Nov 01:11: 627 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
9 Oct 2026, 11:330
13 Nov 2026, 01:11627

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.