🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K −10 24h
Reach per post (ERR) 17.7%926 avg views
Posting 2.8/day last 14 hours ago
Reactions per 1K views 12.7 👍 👏 🔥
  1. №10 Navbatdagi #DiplomaticQuiz. Siz diplomatik protokol va etiket qoidalarini qay darajada bilasiz? 📝 Viktorinamizdagi 5 ta savolga javob berib, o‘z bilimingizni sinab ko‘ring! Omad tilaymiz! @TIVmatbuot

  2. repost

    Barchamiz uchun aziz va qadrli ustozlarimiz! Sizlarni 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etishdan behad mamnunmiz. Inson hayotida ustozning oʻrni beqiyos. Bizga bilim va kasb sirlarini oʻrgatgan, hayotda oʻz oʻrnimizni topishimizga yoʻl koʻrsatgan, qalbimizga ezgulik, Vatanga muhabbat va yurt taqdiriga daxldorlik tuygʻularini singdirgan ustozlarni hamisha chuqur ehtirom va minnatdorlik bilan eʼzozlaymiz. Bugun mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida taʼlim va tarbiya sohasini rivojlantirish, oʻqituvchi va murabbiylarning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirish, ularning sharafli mehnatini munosib qadrlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yurtimizning ertangi taraqqiyoti, Yangi Oʻzbekistonning kelajagi bilimli, salohiyatli va yuksak maʼnaviyatli avlodga bogʻliq. Ana shunday avlodni tarbiyalashdek sharafli va masʼuliyatli vazifa esa, avvalo, siz – fidoyi ustoz va murabbiylar zimmasidadir. Zero, Davlatimiz Rahbari taʼkidlaganlaridek, “Ustozni eʼzozlash – bir kasb egasini emas, butun bir millat kelajagini eʼzozlashdir”. Ustozga koʻrsatilgan hurmat va eʼtibor – millatning ilmga, maʼrifatga va oʻz kelajagiga boʻlgan yuksak ehtiromining ifodasidir. Fursatdan foydalanib, barcha ustoz va murabbiylarga yosh avlod taʼlimi va tarbiyasi yoʻlidagi fidokorona mehnati, yuksak masʼuliyat va sadoqati uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Ushbu ulugʻ bayram bilan chin yurakdan tabriklab, sharafli va mashaqqatli faoliyatingiz uchun chuqur taʼzimdamiz! X | Facebook | Instagram | Telegram

  3. Oʻzbekiston – ikki karra Butunjahon shaxmat olimpiadasi gʻolibi! 🇺🇿🏆 Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Shu tariqa, milliy terma jamoamiz ikkinchi bor Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni boʻldi. Bu tarixiy gʻalaba – yurtimiz shaxmat maktabi, yosh avlod vakillari hamda oʻzbek shaxmatining xalqaro maydondagi yuksak salohiyatining yana bir yorqin ifodasidir. Oʻzbekiston — shaxmat boʻyicha ikki karra Olimpiada chempioni! 🇺🇿 @TIVmatbuot

  4. №9 Navbatdagi #DiplomaticQuiz. Siz diplomatik protokol va etiket qoidalarini qay darajada bilasiz? 📝 Viktorinadagi 5 ta savolga javob berib, o‘z bilimingizni sinab ko‘ring! Omad tilaymiz! @TIVmatbuot

  5. repost
    +6

    Bugun “Al Jazeera Media Week” xalqaro media haftaligining yopilish marosimida ishtirok etdim. Jurnalistlar, media mutaxassislari va iqtidorli yoshlarimizni o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan samimiy tabrikladim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlari tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar tobora mustahkamlanmoqda. “Al Jazeera” media instituti va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu haftalik oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosiga qaratilgan loyihalardan biri bo‘ldi. Haftalik davomida ishtirokchilar mobil jurnalistika, sun’iy intellekt, raqamli media va vizual kontent tayyorlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini boyitdi. Olingan tajribani kundalik faoliyatga tatbiq etish, yangi g‘oyalarni sifatli media mahsulotlarga aylantirish muhimligini ta’kidladim. Bu Prezidentimiz rahbarligida milliy mediamizni rivojlantirish, jurnalistlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlarga hamohangdir. Tadbirda o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Institut direktori doktor Iman Al Amiriy xonimga, trener va ekspertlarga hamkorligi hamda bilim va tajribalarini baham ko‘rgani uchun minnatdorlik bildiramiz. Barcha ishtirokchilarga ijodiy ilhom, kasbiy yutuqlar va yangi marralar tilaymiz! — Сегодня принял участие в церемонии закрытия международной медианедели «Al Jazeera Media Week». Искренне поздравил журналистов, медиаспециалистов и талантливую молодёжь с успешным завершением учебной программы. Благодаря последовательным усилиям Президента нашей страны Шавката Мирзиёева и Эмира Катара Шейха Тамима бин Хамада Аль Тани, направленным на развитие дружбы и сотрудничества, отношения между нашими странами всё более укрепляются. Медианеделя, организованная Институтом медиа «Al Jazeera» и Национальной телерадиокомпанией Узбекистана, стала одним из проектов в рамках реализации договоренностей, достигнутых на высшем уровне. В течение недели участники расширили знания и навыки в мобильной журналистике, применении искусственного интеллекта, цифровых медиа и создании визуального контента. Подчеркнул важность применения полученного опыта в повседневной работе, воплощения новых идей в качественные медиапродукты. Это созвучно работе, проводимой под руководством Президента по развитию национальных медиа и повышению профессионального потенциала журналистов. На мероприятии участникам, успешно завершившим учебную программу, были вручены сертификаты. Благодарим директора института доктора Иман Аль-Амири, тренеров и экспертов за сотрудничество и готовность делиться знаниями и опытом. Желаем всем участникам творческого вдохновения, профессиональных успехов и новых достижений! Facebook|Instagram|X

  6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2026-yilga moʻljallangan ijtimoiy buyurtma doirasida “Jamoatchilik diplomatiyasi” yoʻnalishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolik jamiyati institutlari uchun ochiq tanlov eʼlon qiladi *** Министерство иностранных дел Республики Узбекистан объявляет открытый конкурс для институтов гражданского общества на реализацию проектов по направлению «Публичная дипломатия» в рамках социального заказа на 2026 год Facebook |YouTube | Instagram | X

  7. repost

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kaspiy dengizi hududida mashg‘ulotlar paytida harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qozog‘iston xalqiga hamdardlik yo‘lladi. Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik tiladi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Президенту Республики Казахстан Касым-Жомарту Токаеву и народу Казахстана в связи с гибелью военнослужащих во время учений в районе Каспийского моря. Глава нашего государства передал слова сочувствия и поддержки родным и близким погибших. Facebook|Instagram|X

  8. repost

    Edgars Rinkevichs: O‘zbekiston Latviyaning Markaziy Osiyodagi ishonchli hamkori Latviya Prezidenti “Dunyo” AA savollariga javob berdi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram

  9. “Notinch dunyoda tinch mamlakat bor — bu O‘zbekiston” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrifi davomida hududdagi vaziyat va yechimini kutayotgan masalalar haqida fikr bildirar ekan, so‘nggi kunlarda kam uxlayotganini aytdi. Davlat rahbari Andijonda havo yaxshi ekanini, biroq hududda hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘pligi sababli o‘ylar uni qiynayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Prezident kecha suhbatlashgan oqsoqollardan birining “Notinch dunyoda tinch mamlakat bor — O‘zbekiston” degan so‘zlarini alohida qayd etdi. “Siyosatdan yiroq odam, lekin yuragidagi bor gapni gapirdi. Men juda xursand bo‘ldim”, - dedi Prezident. @TIVmatbuot

  10. 🇺🇿🇵🇱 23-sentabr kuni O‘zbekiston va Polsha tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Siyosiy maslahatlashuvlar qanday tartibda o‘tkaziladi, ularning asosiy maqsadi nimadan iborat va bugungi uchrashuv haqida qisqacha... Batafsil — videoda. @TIVmatbuot

  11. repost

    Tokiodagi mashhur Shibuya chorrahasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram

  12. ❗️Oʻzbekistonda ish joyidagi tazyiq va zoʻravonlikka qarshi yangi tizim joriy etildi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini taʼminlashga qaratilgan muhim qarorni imzoladi. Qaror bilan ish joyida tazyiq, jinsiy va jismoniy zoʻravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, taʼqib va kamsitish holatlarining oldini olish, bunday holatlar boʻyicha murojaatlarni qabul qilish va xolis koʻrib chiqishning yangi tizimi joriy etiladi. Murojaat qilgan shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari va murojaat mazmuni maxfiyligi kafolatlanadi. @TIVmatbuot

  13. TIVda Butunjahon avtomobilsiz kuni munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi 22-sentabr – Butunjahon avtomobilsiz kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir doirasida vazirlik xodimlari ekologik toza transport vositalaridan, jumladan, velosiped, samokat va jamoat transportidan foydalanish orqali atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar. @TIVmatbuot

  14. repost

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasiga saylovlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi. Davlatimiz rahbari bo‘lib o‘tgan saylovlar Rossiya jamiyatining yuksak siyosiy madaniyati va fuqarolik hamjihatligini yana bir bor yaqqol namoyon etganini ta’kidladi. Saylovchilarning rekord darajadagi ishtiroki va ovoz berish natijalari Rossiya fuqarolari Prezident Vladimir Putin rahbarligida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni davom ettirish va milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan strategik yo‘nalishga yuksak ishonch bildirayotgani hamda uni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat berishi qayd etildi. O‘zbekiston Prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari misli ko‘rilmagan sur’atlarda rivojlanayotganini katta mamnuniyat bilan ta’kidladi. Ko‘p qirrali aloqalarimizda alohida o‘rin tutadigan parlamentlararo hamkorlik bundan buyon ham ikki tomonlama loyiha va dasturlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qilishi qayd etildi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali O‘zbekiston – Rossiya hamkorligini har tomonlama rivojlantirishga kuchli sur’at bag‘ishlash, uni mamlakatlarimiz ravnaqi va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yangi tashabbuslar bilan boyitishga ishonch bildirildi. Yakunda Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Vladimir Putinga mustahkam sog‘lik va davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, do‘st Rossiya xalqiga esa tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tiladi. — Президент Шавкат Мирзиёев направил письмо Президенту Российской Федерации Владимиру Путину, в котором сердечно поздравил его с успешным проведением выборов в Государственную Думу Федерального Собрания Российской Федерации. Глава нашего государства отметил, что прошедшие выборы вновь наглядно продемонстрировали высокую политическую культуру и гражданскую консолидацию российского общества. Рекордная явка и результаты голосования названы свидетельством высокого доверия и безусловной поддержки гражданами России реализуемого под руководством Президента Владимира Путина стратегического курса, направленного на продолжение социально-экономического развития страны и защиту национальных интересов. Президент Узбекистана с глубоким удовлетворением отметил беспрецедентно высокую динамику отношений всеобъемлющего стратегического партнерства и союзничества между двумя странами. Подчеркнуто, что межпарламентское взаимодействие, занимающее особое место в многоплановых связях, будет и далее способствовать успешной реализации двусторонних проектов и программ. Выражена уверенность, что совместными усилиями удастся придать мощный импульс всестороннему узбекско-российскому сотрудничеству, наполнить его новыми инициативами во имя процветания стран и благополучия народов. В завершение Президент Шавкат Мирзиёев пожелал Президенту Владимиру Путину крепкого здоровья и новых успехов в государственной деятельности, а дружественному народу России – мира, благополучия и прогресса. Facebook|Instagram|X

  15. Samarqand — Buyuk Ipak yo‘lining gavhari 🇺🇿 Dunyo miqyosida nufuzli xalqaro media platformalaridan biri — "Al Jazeera" Samarqandga bag‘ishlangan maxsus maqolani e’lon qildi. “Samarqandga sayohat — Ipak yo‘lining gavhari, olimlar va temuriy hukmdorlar vatani” nomli maqolada jurnalist Muhammad A’mari O‘zbekistonda o‘tkazilgan xalqaro media forumi doirasida Toshkentdan Samarqandga qilgan safarini tasvirlaydi. Muallif Samarqandni Buyuk Ipak yo‘lining qadimiy chorrahasi sifatida emas, balki ilm-fan, islom sivilizatsiyasi va temuriylar merosi tutashgan noyob shahar sifatida tasvirlaydi. Safar davomida Imom Buxoriy majmuasi, Registon, Go‘ri Amir, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va Shohi Zinda kabi maskanlar yoritilgan. Alohida e’tibor Imom Buxoriy majmuasiga qaratilib, undagi 10 ming kishilik masjid, alloma hayotiga bag‘ishlangan muzey va hadis ilmlari instituti haqida so‘z yuritiladi. Registon esa Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va G‘iyosiddin Jamshid Koshiy kabi buyuk allomalar bilan bog‘liq holda yoritiladi. Maqola yakunida Samarqand Sharq va G‘arbni bog‘lagan Buyuk Ipak yo‘lining “gavhari” sifatida ta’riflanib, shaharning turli sivilizatsiyalar merosini o‘zida mujassam etgani ta’kidlanadi. "Al Jazeera" kabi xalqaro miqyosdagi nufuzli media platformalarida O‘zbekiston shaharlari haqida bunday materiallarning e’lon qilinishi mamlakatimizning boy tarixiy va madaniy merosini dunyo auditoriyasiga yetkazishga xizmat qilmoqda. Samarqandning xalqaro nashrlar sahifalarida tobora ko‘proq namoyon bo‘layotgani O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bugun ham dunyo sayohatchilari va xalqaro jamoatchilik e’tiborida ekanini ko‘rsatadi. @TIVmatbuot

  16. Older posts