Barchamiz uchun aziz va qadrli ustozlarimiz! Sizlarni 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etishdan behad mamnunmiz. Inson hayotida ustozning oʻrni beqiyos. Bizga bilim va kasb sirlarini oʻrgatgan, hayotda oʻz oʻrnimizni topishimizga yoʻl koʻrsatgan, qalbimizga ezgulik, Vatanga muhabbat va yurt taqdiriga daxldorlik tuygʻularini singdirgan ustozlarni hamisha chuqur ehtirom va minnatdorlik bilan eʼzozlaymiz. Bugun mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida taʼlim va tarbiya sohasini rivojlantirish, oʻqituvchi va murabbiylarning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirish, ularning sharafli mehnatini munosib qadrlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yurtimizning ertangi taraqqiyoti, Yangi Oʻzbekistonning kelajagi bilimli, salohiyatli va yuksak maʼnaviyatli avlodga bogʻliq. Ana shunday avlodni tarbiyalashdek sharafli va masʼuliyatli vazifa esa, avvalo, siz – fidoyi ustoz va murabbiylar zimmasidadir. Zero, Davlatimiz Rahbari taʼkidlaganlaridek, “Ustozni eʼzozlash – bir kasb egasini emas, butun bir millat kelajagini eʼzozlashdir”. Ustozga koʻrsatilgan hurmat va eʼtibor – millatning ilmga, maʼrifatga va oʻz kelajagiga boʻlgan yuksak ehtiromining ifodasidir. Fursatdan foydalanib, barcha ustoz va murabbiylarga yosh avlod taʼlimi va tarbiyasi yoʻlidagi fidokorona mehnati, yuksak masʼuliyat va sadoqati uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Ushbu ulugʻ bayram bilan chin yurakdan tabriklab, sharafli va mashaqqatli faoliyatingiz uchun chuqur taʼzimdamiz! X | Facebook | Instagram | Telegram
🇺🇿 TIV matbuot kotibi
Subscribers
5.2K
−10 24h
Reach per post (ERR)
17.7%926 avg views
Posting
2.8/day
last 14 hours ago
Reactions per 1K views
12.7
👍 👏 🔥
Views over time
| When | Views |
|---|---|
| 1 Oct 2026, 07:31 | 0 |
| 13 Nov 2026, 01:11 | 1.1K |
Who shared this post
Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)
Nobody yet.