🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K −10 24h
Reach per post (ERR) 17.7%926 avg views
Posting 2.8/day last 14 hours ago
Reactions per 1K views 12.7 👍 👏 🔥

Samarqand — Buyuk Ipak yo‘lining gavhari 🇺🇿 Dunyo miqyosida nufuzli xalqaro media platformalaridan biri — "Al Jazeera" Samarqandga bag‘ishlangan maxsus maqolani e’lon qildi. “Samarqandga sayohat — Ipak yo‘lining gavhari, olimlar va temuriy hukmdorlar vatani” nomli maqolada jurnalist Muhammad A’mari O‘zbekistonda o‘tkazilgan xalqaro media forumi doirasida Toshkentdan Samarqandga qilgan safarini tasvirlaydi. Muallif Samarqandni Buyuk Ipak yo‘lining qadimiy chorrahasi sifatida emas, balki ilm-fan, islom sivilizatsiyasi va temuriylar merosi tutashgan noyob shahar sifatida tasvirlaydi. Safar davomida Imom Buxoriy majmuasi, Registon, Go‘ri Amir, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va Shohi Zinda kabi maskanlar yoritilgan. Alohida e’tibor Imom Buxoriy majmuasiga qaratilib, undagi 10 ming kishilik masjid, alloma hayotiga bag‘ishlangan muzey va hadis ilmlari instituti haqida so‘z yuritiladi. Registon esa Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va G‘iyosiddin Jamshid Koshiy kabi buyuk allomalar bilan bog‘liq holda yoritiladi. Maqola yakunida Samarqand Sharq va G‘arbni bog‘lagan Buyuk Ipak yo‘lining “gavhari” sifatida ta’riflanib, shaharning turli sivilizatsiyalar merosini o‘zida mujassam etgani ta’kidlanadi. "Al Jazeera" kabi xalqaro miqyosdagi nufuzli media platformalarida O‘zbekiston shaharlari haqida bunday materiallarning e’lon qilinishi mamlakatimizning boy tarixiy va madaniy merosini dunyo auditoriyasiga yetkazishga xizmat qilmoqda. Samarqandning xalqaro nashrlar sahifalarida tobora ko‘proq namoyon bo‘layotgani O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bugun ham dunyo sayohatchilari va xalqaro jamoatchilik e’tiborida ekanini ko‘rsatadi. @TIVmatbuot

Views over time

05001K21 Sep 05:0013 Nov 01:1195321 Sep 05:00: 0 views13 Nov 01:11: 953 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
21 Sep 2026, 05:000
13 Nov 2026, 01:11953

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.