🇺🇿 O‘zbekiston bayrog‘i Hindistonda jilolandi! Hindiston poytaxti Dehli shahridagi tarixiy "Qutb-Minora" O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i ranglarida nur sochdi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu ramziy tadbir ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmatning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. 🇺🇿🤝🇮🇳 @TIVmatbuot