🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K −10 24h
Reach per post (ERR) 17.7%926 avg views
Posting 2.8/day last 17 hours ago
Reactions per 1K views 12.7 👍 👏 🔥

AQShning Vashington shtatida ham 1-sentabr “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” sifatida nishonlanadi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan AQShning Vashington shtati gubernatori Bob Ferguson 2026-yil 1-sentabrni shtat miqyosida rasman “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi. 31-avgust kuni gubernator tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi mamlakatimiz suvereniteti, boy madaniy merosi hamda tinchlik, farovonlik va milliy taraqqiyot sari ezgu intilishlarini tarannum etuvchi tarixiy sana ekani qayd etilgan. Eslatib o‘tamiz, Vashington shtatining quruqlik maydoni 172,1 ming kvadrat kilometr, aholisi 8,18 million kishini tashkil etadi. 2025-yilda shtat yalpi ichki mahsuloti qariyb 900 milliard dollarga yetgan. Vashingtonda Amazon, Microsoft, Costco, Starbucks, T-Mobile, PACCAR va Expedia kabi global kompaniyalar joylashgan, Boeing’ning yirik ishlab chiqarish quvvatlari faoliyat yuritadi. @TIVmatbuot

Views over time

02505007501 Sep 07:4113 Nov 01:117741 Sep 07:41: 0 views13 Nov 01:11: 774 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
1 Sep 2026, 07:410
13 Nov 2026, 01:11774

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.