Hamkasblarimizni samimiy tabriklaymiz! Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida"gi Farmoniga asosan, Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh hamkasblarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan Saidov Baxtiyor Odilovich — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri “Mardlik” ordeni bilan Nasriyev Fariddin Badriddinovich — Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan Usmanov Bobur Masudovich — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari “Shuhrat” medali bilan Madraximov Muzaffarbek Anvarbekovich — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Yigitaliyev Shuxratjon Maxamadnabiyevich — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Hamkasblarimizni ushbu yuksak davlat mukofotlari bilan chin dildan muborakbod etamiz! @TIVmatbuot
🇺🇿 TIV matbuot kotibi
Subscribers
5.2K
−10 24h
Reach per post (ERR)
17.7%926 avg views
Posting
2.8/day
last 20 hours ago
Reactions per 1K views
12.7
👍 👏 🔥
Views over time
| When | Views |
|---|---|
| 22 Aug 2026, 14:40 | 0 |
| 13 Nov 2026, 01:11 | 5.8K |
Who shared this post
Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)
Nobody yet.