🇺🇿 TIV matbuot kotibi

@tivmatbuot · Uzbek · active

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K −10 24h
Reach per post (ERR) 17.7%926 avg views
Posting 2.8/day last 20 hours ago
Reactions per 1K views 12.7 👍 👏 🔥
edited

Oʻzbekiston va AQSH: hamkorlikning yangi qirralari! Dunyoning eng nufuzli nashrlaridan biri — The New York Times Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarga bagʻishlangan maqola chop etildi. Maqolada ikki davlat rahbarlari — Shavkat Mirziyoyev va Donald Trump oʻrtasidagi muloqot natijasida oʻtgan yili 32 milliard dollarlik oʻzaro savdo bitimlari imzolangani, shuningdek, Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoni AQSH tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani qayd etilgan. Alohida eʼtibor Oʻzbekistonning “Boeing” bilan 8 milliard dollarlik shartnoma imzolaganiga qaratilgan. Shuningdek, maqolada madaniy diplomatiya doirasida Oʻzbekistondan AQSHga anʼanaviy oʻzbek ayvonlari — milliy meʼmorchilikning betakror namunalari taqdim etilgani yoritilgan. Ushbu noyob sanʼat asarlari Vashingtondagi West Potomac bogʻida joylashtirilishi rejalashtirilgan. Bunday eʼtirof Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi oʻrni va iqtisodiy salohiyati ortib borayotganidan dalolat beradi. @TIVmatbuot

Views over time

05001K1.5K23 Aug 10:1513 Nov 01:111.3K23 Aug 10:15: 0 views13 Nov 01:11: 1,330 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
23 Aug 2026, 10:150
13 Nov 2026, 01:111.3K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.