Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy kanali. Sahifalar: https://mudofaa.taplink.ws/ Tezkor: https://t.me/mudofaalive Murojaat: 15-30

Subscribers 93.8K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 18.3%17.1K avg views
Posting 19.9/day last 4 hours ago
Reactions per 1K views 5.8 👍 🔥 👏
  1. ⭐️Dunyo armiyasi Bir xil maqsad, uyg‘un harakat, bir maromdagi qadamlar... Faxriy qorovul safi — harbiy intizom va yuksak mas’uliyatning ko‘zgusi. 🔗Ushbu videorolik orqali dunyo mamlakatlarida faxriy qorovullar saf tortishining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishing! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  2. ⭐️Mudofaa vazirligi sportchilari kurash bo‘yicha jahon chempionatida 5 ta medal qo‘lga kiritdi 2026-yil 4–9-noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Dunyoning kuchli polvonlari ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida Mudofaa vazirligi sportchilari ham yuksak mahorat va qat’iyat namoyon etdi. Chempionat yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza, jami 13 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. 🔗E'tiborlisi, mazkur musobaqada Mudofaa vazirligi sportchilari 4 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Oltin medal sohiblari: kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Ahror Ziyodullayev — 81 kg; kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Jahongir Mamatraximov — 100 kg; kichik serjant Bekmurod Oltiboyev — +120 kg; Qurolli Kuchlar xizmatchisi Xilola Ortiqboyeva — 52 kg. Kumush medal sohibi: Qurolli Kuchlar xizmatchisi Sherali Jo‘rayev — 120 kg. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishishini tilab qoladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  3. edited

    Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumaniga tashrif buyurib, “NURA Electric” elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi faoliyati bilan tanishadi hamda elektrotexnika tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan tadbirkor va investorlar bilan muloqot o‘tkazadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Юкоричирчикский район Ташкентской области, где ознакомится с деятельностью завода электротехнической продукции «NURA Electric» и проведет диалог с предпринимателями и инвесторами электротехнической отрасли. Facebook|Instagram|X

  4. viral

    #mardlar_sözi ⭐️Ota-bobolarimiz bu yurtni qilich va jasorat bilan himoya qilgan. Bugun bu sharafli yuk sening yelkangda. Uni mag’rur ko’tar, chunki sen buyuk ajdodlarning munosib vorisisan! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  5. viral

    #mardlar_sözi ⭐️Uzoqdagi uyda kimdir hozir sen haqingda o’ylab, duo qilmoqda. Ularning mehri — eng mustahkam qalqoning. Shu mehrga munosib bo’lish uchun ertaga yana yaxshiroq xizmat qil! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  6. repost

    #Öz_ustingda_ishla Buyuk tabib Abu Ali ibn Sino umrining oxirida shunday fikrga kelgan: Ibn Sino kasalni davolashdagi birinchi dori-darmon deb uni bilgan. Agar u bo‘lmasa, har qanday giyoh, malham va dori bir pul. Savol: Ibn Sino kasalni davolashda nimani birlamchi degan?

  7. viral

    📞Bir qo‘ng‘iroq bilan pulingizdan ayrilmang! “Yaqiningiz kulfatga uchradi”, “Bankdan qo‘ng‘iroq qilyapmiz”, “Pulingizni xavfsiz hisobga o‘tkazing” — firibgarlar shu kabi bahonalar bilan sizni shoshiltirishga va ishontirishga urinadi. 🚨 Qo‘rqitish, tez qaror qabul qilishga undash va maxfiy kodlarni so‘rash — xavf belgilaridir! 🔗O‘zingizni himoya qilish uchun: ✅ Shoshilmang — shubhali suhbatni yakunlang; ✅ Yaqiningiz yoki bankning rasmiy raqamiga o‘zingiz qo‘ng‘iroq qiling; ✅ SMS kod, PIN, CVV va parollarni hech kimga bermang; ✅ Begona hisobga pul o‘tkazmang, shubhali havolalarni ochmang. 🖼 Infografikada firibgarlikning 5 ta keng tarqalgan usuli va ulardan himoyalanish choralari keltirilgan. 📣 Yaqinlaringizga ham ulashing — ogohlik ularni firibgarlikdan asrashi mumkin! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  8. ⭐️ "VATANPARVAR" ko‘rsatuvi soat 18:00 da! 🗃 Vatan himoyachilarining mardligi, jasorati va fidoyiligi haqida hikoya qiluvchi "VATANPARVAR" ko‘rsatuvini bugun soat 18:00 da "Yoshlar" telekanalida tomosha qiling! 🔗Vatanga sadoqat — qalbdan boshlanadi! ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  9. 🎬#KINO_TIME #Muqaddas_burch #MilliyKino #Vatanparvarlik 🇺🇿"Muqaddas burch" ⭐️Marhamat, "Muqaddas burch" nomli sevimli kinoasarni tomosha qiling, unutilmas lahzalarni yodga oling va qalbingizda Vatanga muhabbat tuyg‘usini yanada mustahkamlang! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  10. #ShifokorMaslahati #Salomatlik #Profilaktika #SoğlomHayot ⭐️SHIFOKOR MASLAHATI Videorolikda harbiy shifokorimiz ortiqcha vaznning yuzaga kelish sabablari hamda uning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar bilan o‘rtoqlashadi. Mutaxassis sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish va harakatchanlikni oshirish borasida amaliy maslahatlar beradi. 🔗Unutmang, salomatlikka e’tibor kasallikning oldini olishdan boshlanadi! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  11. ⭐️Baxtli kelajak majburiyatdan emas, erkin tanlovdan boshlanadi! Har bir yoshning ta’lim olish, orzu-maqsadlariga erishish va o‘z taqdirini mustaqil belgilash huquqi bor. Oila — bosim yoki majburlash bilan emas, mehr, hurmat va o‘zaro rozilik bilan quriladi. Farzandlarimizning taqdiriga befarq bo‘lmaylik! Ularni majburiy nikohdan asraylik, baxtli kelajagiga yo‘l ochaylik! 🔗Unutmang, baxtli oila majburlashdan emas, chin rozilik va erkinlikdan boshlanadi! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  12. 🏆 «ENG ILG‘OR OKRUG» NOMINATSIYASI Bu yil qaysi harbiy okrug eng faollik ko‘rsatdi? G‘olibni sizning ovozingiz aniqlaydi. 🗳 Ovoz berish tartibi: 1️⃣ Okrugni tanlang 2️⃣ «Start» tugmasini bosing 3️⃣ Rasmiy kanallarga obuna bo'ling 4⃣ Ovozingizni tasdiqlang ⚠️ Bir foydalanuvchi faqat bir marta ovoz bera oladi. ⏳ Ovoz berish 20-noyabrgacha davom etadi. Okrugingizni qo‘llab-quvvatlang 💪 #Okrug #Ovozberish.

  13. 🫡 Mudofaa vazirligi faoliyatini rasmiy, tezkor va ishonchli yoritib boradigan ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarni bir vaqtda, bir joyda kuzating! Hoziroq obuna bo‘ling 🛫 https://t.me/mudofaavazirligi 🔗 Rasmiy sahifalarni barchasi 👉 shu yerda 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  14. ⭐️Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni muborak bo'lsin! Inson hayoti va salomatligini asrash, o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatish hamda aholini sifatli dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz. 🔗Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  15. #mardlar_sözi ⭐️Kun davomida qilgan har bir to’g’ri ishing seni haqiqiy askarga aylantirmoqda. Buni hech kim ko’rmasa ham, sen bilasan. Vijdoning tinch, demak, uyqung ham tinch bo’ladi! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  16. ⭐️“Termiz” umumqo‘shin dala poligonida harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  17. repost

    #Öz_ustingda_ishla Ularning asl vatani Arabiston sahrolari bo‘lgan, keyinchalik dunyoning barcha davlatlariga tarqalgan. Ular suv toshqinlarini keltirib chiqarishi mumkin, butun bir shaharda chiroqlarni o‘chirib qo‘yishi mumkin. XX asrda insoniyat urushlardan ko‘ra ulardan ko‘p jabr ko‘rgan. Muhim jihati — o‘tkir farosatga egaligida. Savol: Gap nima haqida ketmoqda?

  18. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga tabrik — Поздравление работникам сферы здравоохранения Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev

  19. Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik — Поздравление победителям и участникам спортивных соревнований Президентской Олимпиады Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev

  20. Older posts