Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy kanali. Sahifalar: https://mudofaa.taplink.ws/ Tezkor: https://t.me/mudofaalive Murojaat: 15-30

Subscribers 93.8K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 18.3%17.1K avg views
Posting 19.9/day last 5 hours ago
Reactions per 1K views 5.8 👍 🔥 👏
  1. 🔉Yo‘l qoidalariga amal qiling – xavfsizlikni ta’minlang! ⭐️ Yo‘l harakati xavfsizligi har bir haydovchining mas’uliyatli munosabatidan boshlanadi. Belgilangan tezlik me’yoriga rioya qilish, svetofor ishoralariga amal qilish, yo‘l belgilariga e’tiborli bo‘lish va transport vositalari orasidagi xavfsiz masofani saqlash har bir haydovchining muhim vazifasidir. 🗃 Ayniqsa, quvib o‘tish va qayta tizilish vaqtida ehtiyotkorlikni oshirish, piyodalar o‘tish joylarida tezlikni pasaytirish hamda rulda telefondan foydalanmaslik lozim. Chunki yo‘l qo‘yilgan kichik xato ham og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. 🔗 Unutmang: yo‘l harakati qoidalari shunchaki talab emas, balki inson hayotini himoya qiluvchi muhim mezondir. Qoidalarga rioya qiling, mas’uliyatli haydovchi bo‘ling! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  2. ⭐️Yoshlar bilan ishlashda manzilli yondashuv va mas’uliyat oshirilmoqda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi hamda okrug tasarrufidagi harbiy qismlar komandirlari ishtirokida alohida ishlash talab etiladigan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  3. ⭐️Qashqadaryoda yangi avtodrom ishga tushirildi Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotiga qarashli yangi avtodrom foydalanishga topshirildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  4. 🔉Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti — zamonaviy bilim, ilg‘or texnologiyalar va yuksak harbiy salohiyat uyg‘unlashgan maskan. ⭐️Bu yerda kursantlar uchun yaratilgan barcha sharoitlar ularning nafaqat puxta bilim olishi, balki jismonan chiniqishi, ma’nan kamol topishi va kasbiy mahoratini yuksaltirishiga xizmat qiladi. 🔗Universitet haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun videorolikni tomosha qiling! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  5. edited

    🎬#KINO_TIME #ANONS 🇺🇿"Muqaddas burch": Vatan chaqirig‘iga javob bergan yigitlar hikoyasi Vatan himoyasi – har bir yigit uchun sharaf, sadoqat va fidoyilik timsoli. 2012-yilda suratga olingan "Muqaddas burch" badiiy filmi Vatanga muhabbat, harbiy xizmat, do‘stlik, sadoqat va oilaviy qadriyatlar kabi ezgu tushunchalarni yagona hikoya ichida mujassam etadi. Film yosh yigitlarning Vatan oldidagi burchi, harbiy xizmatning mashaqqatli va shu bilan birga sharafli jihatlarini ta’sirchan ochib beradi. Ekranda mardlik, matonat va fidoyilik fazilatlari mayda lavhalar orqali jonlanib, tomoshabinni befarq qoldirmaydi. Asar el-yurt tinchligi yo‘lida xizmat qilishning mohiyati, Vatanga sadoqat va o‘z burchini sharaf bilan ado etish haqida chuqur mushohada yuritishga undaydi. 🎥 Yillar osha qalblardan joy olgan sevimli kinoasarni yana bir bor tomosha qilishga tayyormisiz? 🕐 Yakshanba kuni, soat 13:00 da 🔗 Mudofaa vazirligining rasmiy Telegram kanalida Eski xotiralarni yangilang, sevimli qahramonlar bilan qayta uchrashing va Vatanga sadoqat ruhini yuragingizda his eting! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  6. ⭐️Nukus garnizonida jurnalistlar uchun press-tur o‘tkazildi Unda televideniye, radio, bosma nashrlar va internet jurnalistikasi vakillari ishtirok etib, harbiy xizmatchilar uchun “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida yaratilgan ta’lim olish va kasb-hunar egallash imkoniyatlari hamda bu yo‘nalishda erishilayotgan natijalar bilan tanishdi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  7. ⭐️Askarlar uchun yaratilgan ta’lim imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi Oliy Majlis Senatining ishchi guruhi Namangan va Andijon garnizonlaridagi harbiy qismlarda bo‘lib, o‘rganishning uchinchi kunida muddatli harbiy xizmatchilarning kasb egallashi, oliy ta’limga tayyorlanishi hamda xizmat joyidan turib tahsil olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  8. ⭐️“Ma’naviyat qalqoni” – kitobxonlik va ma’rifat sari muhim qadam Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va madaniyat departamentining anjumanlar zalida “Ma’naviyat qalqoni” Respublika kitobxonlik tanlovining vazirlik bosqichi bo‘lib o‘tdi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  9. ⭐️Mardlik, matonat va g‘alaba sari: yoshlar shijoati sinovda Termiz umumqo‘shin dala poligonida ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan “Vatan tayanchi” harakati a’zolari o‘rtasida “Shijoat maydoni” majmuaviy amaliy harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  10. ⭐️Kreativ tafakkur va innovatsion yondashuv Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug fakultetida “Ta’limda kreativ fikrlash hamda innovatsion g‘oyalarni tatbiq etish strategiyalari” mavzusida metodik soat tashkil etildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  11. ⭐️Mudofaa vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati muhokama etildi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yildagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq Mudofaa vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining majlisida ko‘rib chiqildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  12. viral

    #mardlar_sözi ⭐️Intizom — bu erinchoqlikni har tong qayta yengish. Bugun ham buyruqni aniq bajar, formangni pokiza tut, vaqtingni qadrla. Kichik ishlardagi tartib katta janglarda g’alaba keltiradi! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  13. viral

    #mardlar_sözi ⭐️Bugungi qiyin mashg’ulotni esla — uddalading-ku! Har yengilgan to’siq seni yangi pog’onaga ko’taradi. Bugun qilgan ishing bilan o’zingni qutla va ertangi sinovga tayyor bo’l! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  14. repost

    #Öz_ustingda_ishla Men hech qachon bo‘lmaganman, doimo meni kutishadi. Meni hech kim hech qachon ko‘rmagan. Yashayotgan va nafas olayotgan har bir mavjudot menga tayanadi. Xo‘sh, men kimman?

  15. +3

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi. Davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qoʻydi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев завершил рабочий визит в город Астану и отбыл в Ташкент. Главу нашего государства проводил Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев. #Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev

  16. ⭐️Harbiy tibbiyot xodimlari bayram tantanasida e’zozlandi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  17. O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. — Состоялась встреча Президента Узбекистана и Короля Иордании. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev

  18. Aqaba jarayoni uchrashuvi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uchrashuv oʻtkazdi. — На полях встречи в рамках Акабского процесса Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Королем Иордании Абдаллой II ибн аль-Хусейном. #Mirziyoyev #uchrashuv #Iordaniya #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev

  19. edited viral

    ⭐️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti sizga ulkan kelajak eshiklarini ochadi! 🔗Universitet haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun videorolikni tomosha qiling! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  20. ⭐️Millat fidoyilari xotirasi – mangu e’zozda “Ma’rifat haftaligi” doirasida Andijon viloyati Baliqchi tumanida Vatan himoyasi yo‘lida jon fido etgan jasur yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, ularning oila a’zolaridan hol so‘rash hamda ularga ehtirom ko‘rsatishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  21. Older posts