⭐️Mudofaa vazirligi sportchilari kurash bo‘yicha jahon chempionatida 5 ta medal qo‘lga kiritdi 2026-yil 4–9-noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Dunyoning kuchli polvonlari ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida Mudofaa vazirligi sportchilari ham yuksak mahorat va qat’iyat namoyon etdi. Chempionat yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza, jami 13 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. 🔗E'tiborlisi, mazkur musobaqada Mudofaa vazirligi sportchilari 4 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Oltin medal sohiblari: kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Ahror Ziyodullayev — 81 kg; kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Jahongir Mamatraximov — 100 kg; kichik serjant Bekmurod Oltiboyev — +120 kg; Qurolli Kuchlar xizmatchisi Xilola Ortiqboyeva — 52 kg. Kumush medal sohibi: Qurolli Kuchlar xizmatchisi Sherali Jo‘rayev — 120 kg. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishishini tilab qoladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com