📞Bir qo‘ng‘iroq bilan pulingizdan ayrilmang! “Yaqiningiz kulfatga uchradi”, “Bankdan qo‘ng‘iroq qilyapmiz”, “Pulingizni xavfsiz hisobga o‘tkazing” — firibgarlar shu kabi bahonalar bilan sizni shoshiltirishga va ishontirishga urinadi. 🚨 Qo‘rqitish, tez qaror qabul qilishga undash va maxfiy kodlarni so‘rash — xavf belgilaridir! 🔗O‘zingizni himoya qilish uchun: ✅ Shoshilmang — shubhali suhbatni yakunlang; ✅ Yaqiningiz yoki bankning rasmiy raqamiga o‘zingiz qo‘ng‘iroq qiling; ✅ SMS kod, PIN, CVV va parollarni hech kimga bermang; ✅ Begona hisobga pul o‘tkazmang, shubhali havolalarni ochmang. 🖼 Infografikada firibgarlikning 5 ta keng tarqalgan usuli va ulardan himoyalanish choralari keltirilgan. 📣 Yaqinlaringizga ham ulashing — ogohlik ularni firibgarlikdan asrashi mumkin! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com