Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy kanali. Sahifalar: https://mudofaa.taplink.ws/ Tezkor: https://t.me/mudofaalive Murojaat: 15-30

Subscribers 95.9K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 17.7%17K avg views
Posting 20.3/day last 8 minutes ago
Reactions per 1K views 5.8 👍 🔥 👏
  1. repost
    +3

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda bunyod etilgan inshootlarni ishga tushirish va yangi obyektlarning qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi. — Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии ввода в строй сооружений и начала строительства новых объектов в Новом Ташкенте. #Mirziyoyev #marosim #YangiToshkent #start Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  2. ⭐️Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilmoqda. Muloqot davomida Yangi Toshkentni zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlantirish, aholini sifatli uy-joy bilan ta’minlash, davlat boshqaruvi idoralarini yangi hududga ko‘chirish, investitsiyalarni keng jalb etish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qator muhim tashabbus va vazifalar belgilandi. Yil yakuniga qadar 20 ming xonadon foydalanishga topshiriladi. Yangi Toshkentda turar joylar qurilishini jadallashtirish va aholi uchun zamonaviy yashash sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur vazifa hududning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bilan bir qatorda, uy-joyga bo‘lgan talabni qondirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Vazirlik va davlat tashkilotlarini Yangi Toshkentga ko‘chirish ishlari boshlanadi. Davlatimiz rahbari tomonidan Bosh vazirga tegishli idoralarni yangi hududga ko‘chirish jarayonini boshlash topshirildi. Yer maydonlarini ajratishda ochiqlik va raqobat tamoyillari kuchaytiriladi. Yangi Toshkentda “Swiss challenge” tamoyili asosida yer ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bunda dastlabki investorning tashabbusi ochiq e’lon qilinib, boshqa manfaatdor tadbirkorlarga ham yaxshiroq shartlarni taklif etish imkoniyati yaratiladi. Agar muqobil takliflar kelib tushmasa yoki boshqa ishtirokchilar yaxshiroq shartlarni taklif etmasa, yer maydoni dastlabki tashabbuskorga ajratiladi. Xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy obyektlar qurilishini rag‘batlantirish choralari ko‘riladi. Yangi Toshkentda tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini amalga oshirishini qo‘llab-quvvatlash, zarur xizmatlar tarmog‘ini kengaytirish hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish maqsadida infratuzilma to‘lovlarini qayta ko‘rib chiqish belgilandi. Yangi Toshkent ekologik barqarorlik tamoyillari asosida rivojlantiriladi. Davlat rahbari shahar haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi zarurligini alohida ta’kidladi. Bu yerda quriladigan obyektlarga “yashil bino” standartlari qo‘llaniladi. Poytaxt tumanlari tadbirkorlari uchun ham yangi imkoniyatlar yaratiladi. Investitsiyaviy imkoniyatlardan kengroq foydalanishni ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahrining har bir tumaniga Yangi Toshkent hududidan 100 gektardan yer maydoni biriktirildi. Xorijiy investorlar va yirik kompaniyalar bilan hamkorlik kengaytiriladi. Vazirlarga xorijiy hamkorlar hamda yirik kompaniyalar bilan o‘tkaziladigan har bir uchrashuvda Yangi Toshkentning imkoniyatlarini taqdim etish va ularni qo‘shma investitsiya loyihalariga jalb qilish vazifasi yuklatildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  3. ⭐️Jasurbek Jaysunov — Parij gran-prisining kumush medal sohibi! Fransiya poytaxti Parij shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Paris 2026 World Taekwondo Grand Prix” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Mudofaa vazirligi sportchisi, oddiy askar Jasurbek Jaysunov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz final bosqichiga qadar muvaffaqiyatli yetib bordi. Hal qiluvchi bellashuvda braziliyalik Enrike Markesga qarshi tatamiga chiqqan Jasurbek Jaysunov 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani kumush medal bilan yakunladi. 🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchilarimizni ushbu yutuq bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda omad yor bo‘lishini tilab qoladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  4. ⭐️Sharqiy harbiy okrug boshqaruv apparatida Qurolli Kuchlar tizimida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovining okrug bosqichi bo‘lib o‘tdi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  5. ⭐️“Ma’naviyat qalqoni” tanlovining okrug bosqichi g‘oliblari aniqlandi Sharqiy harbiy okrug boshqaruv apparatida Qurolli Kuchlar tizimida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovining okrug bosqichi bo‘lib o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  6. ⭐️️Sohibqiron haykali poyida “Vatan tayanchi” ko‘krak nishonlari topshirildi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sport markazi hamkorligida Serjantlar tayyorlash oliy maktabida “Armiya sporti — yoshlar tanlovi!” shiori ostida vatanparvarlik-harbiy sport festivali bo‘lib o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  7. 10 SAVOLGA 10 JAVOB | MUHIM 5 QOIDA 📺 Video orqali quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin: 1️⃣ Maktab o‘quvchisi harbiy tayyorgarlikdan o‘tishi majburiymi? 2️⃣ Oliy harbiy ta'lim muassasasiga kirish uchun nomzod qayerda tayyorgarlik ko‘rishi mumkin? 3️⃣ Oliy harbiy ta'limga qabulda umumiy OTMlardan farqli maxsus imtihonlar bo‘lishi mumkinmi? 4️⃣ "Vatan tayanchi" a'zolari uchun oliy harbiy ta'limga kirishda imtiyozlar bormi? ➡️Va boshqa savollar 🔗Keyingi videoroliklarda huquqiy ma'lumotlar berishda davom etamiz! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  8. +2

    🔉 Ozoda Sobirjonova va Najmiddin Qosimxo‘jiyev — Parij gran-prisi sovrindorlari! O‘zbekistonlik taekvondochilar Parijda o‘tayotgan nufuzli xalqaro turnirda ikkita medalni qo‘lga kiritdi. 9–11-oktyabr kunlari Fransiyaning Parij shahridagi «Palais des Sports Marcel Cerdan» sport saroyida taekvondo WT bo‘yicha G6 toifasiga kiruvchi «Paris 2026 World Taekwondo Grand Prix» xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchilari munosib natijalarga erishdi. 🥉 Ozoda Sobirjonova — bronza medal sohibi! Ayollar o‘rtasida -67 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Mudofaa vazirligi sportchisi, kichik serjant Ozoda Sobirjonova yarim final bosqichida vengriyalik, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Viviana Martonga qarshi dayanga chiqdi. Murosasiz kechgan bellashuvda 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan hamyurtimiz musobaqani bronza medali bilan yakunladi. 🥈 Najmiddin Qosimxo‘jiyev — kumush medal sohibi! Erkaklar o‘rtasida -68 kg vazn toifasida ishtirok etgan Qurolli Kuchlar xizmatchisi Najmiddin Qosimxo‘jiyev final bosqichigacha muvaffaqiyatli yetib bordi. Hal qiluvchi bellashuvda koreyalik Mun Jinhoga qarshi kurash olib borgan sportchimiz yakunda kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bugun yana bir hamyurtimiz dayanga ko‘tariladi! Xususan, -80 kg vazn toifasida Mudofaa vazirligi sportchisi, KBHX oddiy askar Jasurbek Jaysunovning bellashuvlari kutilmoqda. Hamyurtlarimizga navbatdagi bahslarda omad va yangi g‘alabalar tilaymiz! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  9. ⭐️Jizzaxda yosh merganlar bellashdi Jizzax garnizonidagi harbiy qismda kichik o‘smirlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida o‘q otish sporti bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi tashkil etildi. Unda viloyatning barcha tumanlaridan 100 nafardan ortiq o‘quvchi-yosh ishtirok etib, o‘z mahorati, aniqligi va merganlik salohiyatini namoyish etdilar. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  10. ⭐️Yoshlar Vatanning ertangi tayanchi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi majmuada “Vatan tayanchi” harakatiga joriy yilda qabul qilingan yoshlarga maxsus ko‘krak nishonlari va a’zolik guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  11. ⭐️Xizmatchi va zotdor itlarning kanikross bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi “Vatanparvar” tashkilotining Respublika texnik va amaliy sport turlari markazida xizmatchi va zotdor itlarning kanikross bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Umumjamoa hisobida Mudofaa vazirligi jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  12. ⭐️ Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanidagi yoshlar uchun “Jaloliddin izdoshlari bilan bir kun” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  13. ⭐️Jaloliddin izdoshlari bilan bir kun Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanidagi yoshlar uchun “Jaloliddin izdoshlari bilan bir kun” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  14. ⭐️️Vatan himoyasi — yuksak sharaf, unga sadoqat bilan xizmat qilish esa mardlik namunasidir Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan hamda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni davom ettirish istagini bildirgan harbiy xizmatchilar ishtirokida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  15. ⭐️Sport — matonat, intizom va vatanparvarlik timsoli O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sport markazi hamkorligida Serjantlar tayyorlash oliy maktabida “Armiya sporti — yoshlar tanlovi!” shiori ostida vatanparvarlik-harbiy sport festivali bo‘lib o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  16. ⭐️️Keksalar haftaligi doirasida harbiy faxriylar va nuroniylar e’zozlandi Yurtimizda keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning hayotiy tajribasi va boy ma’naviy merosini qadrlash maqsadida “Keksalar haftaligi” doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  17. ⭐️️Toshkent harbiy okrugida “Ma’naviyat qalqoni” tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida harbiy xizmatchilar va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyati hamda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovining Toshkent harbiy okrugi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  18. ⭐️Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismlardan birida Sharqiy harbiy okrug tasarrufidagi qism va muassasalar o‘rtasida robototexnika bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  19. ⭐️️Aql, texnika va strategiya uyg‘unligi Sharqiy harbiy okrug Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismlardan birida okrug tasarrufidagi qism va muassasalar o‘rtasida robototexnika bo‘yicha “Okrug qo‘mondoni kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  20. ⭐️Harbiy ta’lim yoshlar nigohida Serjantlar tayyorlash oliy maktabida yoshlarning harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning boy harbiy merosi ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  21. Older posts