⭐️Jasurbek Jaysunov — Parij gran-prisining kumush medal sohibi! Fransiya poytaxti Parij shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Paris 2026 World Taekwondo Grand Prix” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Mudofaa vazirligi sportchisi, oddiy askar Jasurbek Jaysunov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz final bosqichiga qadar muvaffaqiyatli yetib bordi. Hal qiluvchi bellashuvda braziliyalik Enrike Markesga qarshi tatamiga chiqqan Jasurbek Jaysunov 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani kumush medal bilan yakunladi. 🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchilarimizni ushbu yutuq bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda omad yor bo‘lishini tilab qoladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com