🔉 Ozoda Sobirjonova va Najmiddin Qosimxo‘jiyev — Parij gran-prisi sovrindorlari! O‘zbekistonlik taekvondochilar Parijda o‘tayotgan nufuzli xalqaro turnirda ikkita medalni qo‘lga kiritdi. 9–11-oktyabr kunlari Fransiyaning Parij shahridagi «Palais des Sports Marcel Cerdan» sport saroyida taekvondo WT bo‘yicha G6 toifasiga kiruvchi «Paris 2026 World Taekwondo Grand Prix» xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchilari munosib natijalarga erishdi. 🥉 Ozoda Sobirjonova — bronza medal sohibi! Ayollar o‘rtasida -67 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Mudofaa vazirligi sportchisi, kichik serjant Ozoda Sobirjonova yarim final bosqichida vengriyalik, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Viviana Martonga qarshi dayanga chiqdi. Murosasiz kechgan bellashuvda 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan hamyurtimiz musobaqani bronza medali bilan yakunladi. 🥈 Najmiddin Qosimxo‘jiyev — kumush medal sohibi! Erkaklar o‘rtasida -68 kg vazn toifasida ishtirok etgan Qurolli Kuchlar xizmatchisi Najmiddin Qosimxo‘jiyev final bosqichigacha muvaffaqiyatli yetib bordi. Hal qiluvchi bellashuvda koreyalik Mun Jinhoga qarshi kurash olib borgan sportchimiz yakunda kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bugun yana bir hamyurtimiz dayanga ko‘tariladi! Xususan, -80 kg vazn toifasida Mudofaa vazirligi sportchisi, KBHX oddiy askar Jasurbek Jaysunovning bellashuvlari kutilmoqda. Hamyurtlarimizga navbatdagi bahslarda omad va yangi g‘alabalar tilaymiz! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com