Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Subscribers 96.1K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 17.7%17K avg views
Posting 20.4/day last 9 minutes ago
Reactions per 1K views 5.8 👍 🔥 👏

⭐️Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilmoqda. Muloqot davomida Yangi Toshkentni zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlantirish, aholini sifatli uy-joy bilan ta’minlash, davlat boshqaruvi idoralarini yangi hududga ko‘chirish, investitsiyalarni keng jalb etish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qator muhim tashabbus va vazifalar belgilandi. Yil yakuniga qadar 20 ming xonadon foydalanishga topshiriladi. Yangi Toshkentda turar joylar qurilishini jadallashtirish va aholi uchun zamonaviy yashash sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur vazifa hududning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bilan bir qatorda, uy-joyga bo‘lgan talabni qondirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Vazirlik va davlat tashkilotlarini Yangi Toshkentga ko‘chirish ishlari boshlanadi. Davlatimiz rahbari tomonidan Bosh vazirga tegishli idoralarni yangi hududga ko‘chirish jarayonini boshlash topshirildi. Yer maydonlarini ajratishda ochiqlik va raqobat tamoyillari kuchaytiriladi. Yangi Toshkentda “Swiss challenge” tamoyili asosida yer ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bunda dastlabki investorning tashabbusi ochiq e’lon qilinib, boshqa manfaatdor tadbirkorlarga ham yaxshiroq shartlarni taklif etish imkoniyati yaratiladi. Agar muqobil takliflar kelib tushmasa yoki boshqa ishtirokchilar yaxshiroq shartlarni taklif etmasa, yer maydoni dastlabki tashabbuskorga ajratiladi. Xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy obyektlar qurilishini rag‘batlantirish choralari ko‘riladi. Yangi Toshkentda tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini amalga oshirishini qo‘llab-quvvatlash, zarur xizmatlar tarmog‘ini kengaytirish hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish maqsadida infratuzilma to‘lovlarini qayta ko‘rib chiqish belgilandi. Yangi Toshkent ekologik barqarorlik tamoyillari asosida rivojlantiriladi. Davlat rahbari shahar haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi zarurligini alohida ta’kidladi. Bu yerda quriladigan obyektlarga “yashil bino” standartlari qo‘llaniladi. Poytaxt tumanlari tadbirkorlari uchun ham yangi imkoniyatlar yaratiladi. Investitsiyaviy imkoniyatlardan kengroq foydalanishni ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahrining har bir tumaniga Yangi Toshkent hududidan 100 gektardan yer maydoni biriktirildi. Xorijiy investorlar va yirik kompaniyalar bilan hamkorlik kengaytiriladi. Vazirlarga xorijiy hamkorlar hamda yirik kompaniyalar bilan o‘tkaziladigan har bir uchrashuvda Yangi Toshkentning imkoniyatlarini taqdim etish va ularni qo‘shma investitsiya loyihalariga jalb qilish vazifasi yuklatildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

Views over time

05K10K15K12 Oct 06:2814 Nov 02:1615.3K12 Oct 06:28: 0 views14 Nov 02:16: 15,300 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
12 Oct 2026, 06:280
14 Nov 2026, 02:1615.3K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.